E nuritdinov


OVQAT    HAZM    QILISH    FIZIOLOGIYASI


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

OVQAT    HAZM    QILISH    FIZIOLOGIYASI 
 
        Me'da  -  ichak  yo'lining  funksiyalari.Odam  organizmida  hazm-bu  murakkab 
fiziologik jarayon hisoblanadi,ovqat fizik va kim-yoviy o'zgarishlar natijasida mayda 
zarrachalarga parchalanib,me'da va ichakdan qon va limfa tomirlariga so'riladi. 
Me'da-ichak  yo'lining  funksiyalari  jumlasiga:  motor  (harakat),  sekretor  (tashqi 
sekretsiya), inkretor (ichki sekretsiya), ekskretor, so'rish funksiyalari kiradi. 
Motor,  sekretor  va  so'rish  funksiyalari  hazm  tizimining  asosiy  funksiyalaridir.Hazm 
tizi-mining  mushaklari  motor  yoki  harakat  funksiyasini  bajaradi,  shu  tufayli  ovqat 
chaynaladi,  yuti-ladi,hazm  yo'li  bo'ylab  harakatlanadi  va  hazm  bo'lmagan  ovqat 
qoldiqlari chiqarib yuboriladi. 
Sekretor  funksiya  shundan  iboratki,bunda  tegishli  bez  hujayralari  hazm 
shiralarini:so'lak,  me'da  shirasi,me'da  osti  bezining  shirasi  va  o't-safroni  ishlab 
chiqaradi. 
Me'da  va  ichaklar  shilliq  pardalari  orqali  hazm  bo'lgan  va  parchalangan  oziq 
moddalar bevosita qon va limfaga so'riladi. 
Me'da-ichak yo'lining tuzilishi.Hazm a'zolarining barcha funksiyalari murakkab asab 
va gumoral boshqarish mexanizmlariga bo'ysunadi. 
Odam  organizmining  energiya  va  qo'ruvchi  (plastik)  materiallar  bilan  ehtiyojini 
uzluksiz qondirib turish uchun ovqat hazm qilish tizimi katta ahamiyatga ega, chunki 
ular tufayli ichki muhit muntazam shakllanib turadi. 
Tuzilishi  va  funksiyalari  nuqtayi  nazardan  ovqat  hazm  qilish  tizimi  ikki:  effektor 
(bajaruvchi)  va  regulator  (boshqaruvchi)  qismlardan  tashkil  topgan.  Birinchi  qism  - 
qisqarish  (silliq  mushaklar  hujayralari),  sekretsiya  (bezlarning  sekretor  hujayralari), 
membrana gidrolizi va tashilishi (ichak hujayralari - enterositlar)ni amalga oshiriladi. 
Ikkinchi qism esa asab va endokrin elementlardan tashkil topgan bo'lib, hazm tizimi 
faoliyatini neyro-gumoral boshqarilishida ishtirok etadi. 
Hazm  tizimining  effektor  qismi.  Hazm  tizimining  bajaruvchi  (effektor)  elemenflari 
ovqat  hazm  qilish  yo'li  va  bezlar  yig'indisi  tuzilmasini  tashkil  etib  (so'lak  bezlari, 


 
74 
me'da osti bezi, jigar va h.z) me'da ichak yo'li tushunchasi bilan ifodalanadi. 
Me'da  -  ichak  yo'li  funksiyalari  hazm  tizimi  faoliyatining  eng  oxirgi  jarayonlarini 
ro'yobga  chiqarishga  qaratilgan.  Ovqat  moddalarining  gidrolizi 
-oqsillar, 
karbonsuvlar 
va 
yog'larni 
monomerlar 
darajasiga, 
ya'ni 
aminokislotalar, 
monosaxaridlar, monoglitseridlar, glitserin va yog' kislotasigacha parchalanib, ularni 
hazm  yo'lidan  organizmning  ichki  muhiti  (to'qimalar  va  hujayralar)  gacha  yetkazib 
berishdan  iborat.  Ovqatning  hazm  bo'lishi,  oxirgi  mahsulotlargacha  parchalanishi 
fizik-kimyoviy o'zgarishlar tufayli yuzaga chiqadi va shu bilan birga u ovqatni to'liq 
hazm  qilish  va  so'rilish  ma'nosini  ifodalaydi.  Bu  o'zgarishlar  me'da-ichak  yo'lining 
sekretor va motor funksiyalari orqali amalga oshiriladi. 
Me'da-ichak  yo'lining  sekretor  hujayralari  oqsillar,  karbonsuvlar  va  nuklein 
kislotalarni  gidrolitik  parchalanadigan  fermentlarni  ishlab  chiqaradi.  Ovqat 
moddalarining  gidrolizi  me'da-ichak  bo'shlig'ida  boshlanib,  ichaklar  hujayralarining 
membranalarida, ya'ni hazm va so'rilish jarayonlari sodir bo'ladigan joyga tugaydi. 
Ovqatni me'da-ichak yo'lida harakatlanishi, uning aralashishi, gidrolitik fermentlarga 
duch  kelishi  va  organizmdan  chiqib  ketishi  (ekskretsiyasi)  hazm  nayining  motor 
(harakatlantiruvchi) funksiyasi tufayli amalga oshiriladi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling