E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Sun'iy nafas oldirish 
 
Zaharlanish,  suvga  cho'kish,  o'pkaga  yot  moddalar  kirib  qolish  hodisalari  natijasida 
yurak ishlab tursa ham nafas olish to'xtab qolishi mumkin. Sunday vaqtlarda odamga 


 
72 
sun'iy  nafas  oldiriladi.  Sun'iy  nafas  oldirish  uchun  avval  nafas  yo'llari  yot 
moddalardan tozalanadi, so'ngra odam o'z holiga nafas ola boshlaguncha sun'iy nafas 
oldiriladi (45-rasm). 
Qon aynalishi buzilishi yoki asabiy hayajon natijasida nafas olish to'xtab qolsa, nafas 
markazini  refleks  yo'li bilan qo'zg'atishga harakat  qilinadi. Buning uchun  sovuq suv 
sepiladi, ko'krak ustiga ho'l latta qo'yiladi, teri ishqalanadi, ammiak hidlatiladi. Agar 
bu narsalar yordam bermasa, biror latta bilan tilni ushlab, har 3-4 soniyada uni tortib 
va bo'shatib turish yoki sun'iy nafas oldirish kerak bo'ladi. 
Sun'iy nafas oldirish tabiiy nafas to'xtaganda yoki bemorning hayotini tahlika ostida 
qoldirish darajasigacha buzilganda sun'iy nafasga ehtiyoj tug'iladi. Sun'iy nafas suvga 
cho'kkan,  bug'ilgan,  elektr  toki,  issiq  va  oftob  urgan  hamda  zaharlangan  vaqtda 
amalga  oshiriladigan  birinchi  yordamdir.  Sun'iy  nafas  berishdan  oldin ozor  chekkan 
kishining  og'iz  burni  sulak,  shilliq  va  boshqalardan  tozalanadi.  Harakatlanishiga 
halaqit  beradigan  kiyim  kechagi  yechib  qo'yiladi,  «og'izdan  og'izga»  yoki'«og'izdan 
burunga» nafas berishda doka yoki boshqa yupqa gazlamadan foydalaniladi. Bemor 
chalqanchasiga  yotqizilib  kuragi  ostiga  yostiqsimon  narsa  qo'yiladi  va  nafas  berish 
bilan  birga  yurak  tashqi  tomonidan  massaj  qilinadi:  Og'izga  nafas  berilganda  burun 
yopib turiladi, burunga nafas , berilganda og'iz- yopib turiladi va har nafas bergandan 
so'ng  og'izdan  yoki  burundan  og'iz  olinadi  va  у  ana  takrorlanadi.Suvga  cho'kkan 
kishiga yordam berish uchun yordam berayotgan kishining tizzasiga suvda cho'kkan 
kishi qorni bilan yotqiziladi, yuqori nafas yo'llari va medadan suv oqib tushishi uchun 
boshi  pastga  osiltirib  qo'yiladi.  Suv  chiqarib  yuborilgandan  kcyin  darhol  yuqoridagi 
sun'iy nafas oldirish usuli amalga oshiriladi. 
 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling