E nuritdinov
Suv-tuz almashinuvi boshqarilishining asab mexanizmlari
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Suv-tuz almashinuvi boshqarilishining asab mexanizmlari
Tegishli to'qimalarda osmotik konsentrasiya oshganda miyaning gipotalamik sohaning «suv markazi» qo'zg'alib, chanqoqlik hissi tu iladi. K.M.Bikov va uning shogirdlari tomonidan suv - tuz almashinuvi boshqarilishiga katta yarim sharlari ishtiroki borligi aniqlangan. Itlarda sharfli reflektor yo'l bilan diurez (siydik hosil bo'lishi va chiqishi) ning oshishi tajjribada isbotlangan. Hatto bosh miyada ovqat markaziga xshash suv ichisri markazi borligi taxriiin qilinadi. Bu markaz bosh miya yarim sharlar po'stloq osti tizilmalari va gipotalamusning har xil bo'limlarida joylashgan neyronlar yi indisidan iborat. Suv-tuz almashinuvining yoshga bo liqlik xususiyatlari Suv miqdori tanada individual rivojlanish jarayonida sekin-asta zgarib boradi. Masalan, ikki oylik odam embrionida suv miqdori 97% tana o irligiga teng, tu ilgan bola tanasida 66-75%, emizikli bolalarda 62-70%, kattalarda esa 60-75%, qarilarda undan ham past. Suvga talab kishi yoshiga bog'liq. Agar har bir kg tana og'irligiga kattalar bilan bolalarning suvga bo'lgan talabi solishtirilsa, bolalarning talabi kattalarga nisbatan ko'proq bo'ladi. Masalan, emizikli chaqaloqning suvga talabi bir sutkada har bir kg og'irlik hisobiga 100-105 ml bo'lsa, kattalarniki'30-40 ml ni tashkil qiladi. Mineral moddaJar balansi ham yoshga bog'liq. O'suvchi tana uchun kalsiy katta 101 ahamiyatga ega. Yangi tug'ilgan bolalarda plazmadagi kalsiy miqdori ona qoniga bog'liq bo'lmay, gipokalsemiya o'lchamidan to giperkalsemiya o'lchamigacha bo'lgan darajaga yetib boradi. Bu esa bolaning yangi tug'ilgan paytida kalsiy gomeostazi boshqarilishining o'ziga xos dinamikasini ko'rsatadi. Kalsiyning metabolizmini endokrin boshqariluvining bir me'yorda stabilizatsiya holatiga kelishi 18 yoshlarda sodir bo'ladi. O'suvchi organizm uchun mineral elementlardan: temir, magniy, mis, rux, kobalt, brom va ftor ayniqsa katta ahamiyatga ega. Bola organizmi uchun ayniqsa hamma elektrolitlarning to'g'ri nisbatda bo'lishi ahamiyatlidir. Suv-tuz almashinuvining yoshga bog'liqlik xususiyatlari asab-endokrin boshqarilishning ontogenetik farqlari bilan ma'lum darajada tushuntiriladi.Organizmda natriy hujayra oraliq suyuqligidagi bosimning doimiyligini saqlab turishda, membrana biopotensiallarning paydo bo'lishida va kislota-ishqoriy muvozanatni saqlab turishda ishtirok etadi. Natriyning asosiy deposi-suyaklar to'qjmalari hisoblanadi. Kaliy-hujayralar ichidagi suyuqlikning osmmik bosimini bir maromga | saqlab turishida ishtirok etib, atsetilxolinning- ishlab chiqishini tezlashtiradi." To'qimalarda glikogenning sintezlanishi va saqlanib turishi kaliy ishtirokida o'tadi. Kaliy ionlarining organizmda tanqisligi organizmda anabolilik jarayonlarga to'sqinlik qiladi. ....... Xlor ham hujayra oraliq suyuqJigining asosiy anioni hisoblariib, osmotik bosim doimiyligining boshqarilishida ishtirok etadi. Kalsiy va fosfor asosan suyak to'qimalarida bo'ladi (90% dan ko'proq). Qon va uning plazmasida kalsiy asosiy biologik ko'rsatkich rolini o'ynaydi, uning ozgina bo'lsa-da kamayishi organizmdagi murakkab oqibatlarning sababi bo'ladi. Masalan, qonda kalsiy miqdorining kamayishi mushaklarning ixtiyorsiz qisqarishi va tutqanoqlari (titroq) sababchisi bo'lib, uning oqibatida nafas to'xtab qolishi va hatto o'Hm ham sodir bo'lishi ehtimoli bor. Qonda kalsiy konsentratsiyasining ortishi asab va mushak qo'zg'aluvchanligining pasayishiga olib keladi, yengil chala falaj,' ixtiyoriy harakatlarning susayishi yoki qisman yo'qolishi, ba'zi paytlarda shol holati hamda buyraklarda tosh hosil bo'lishi kuzatiladi. Kalsiy suyaklarning hdsil bo'lishi uchun eng zaruriy makroelement hisoblanadi. Fosfor turli moddalarning almashinuvida ishtirok etib, mikroergik birikmalar tarkibiga kiradi (masalan ATF). Fosforning suyaklarda to'planishi katta ahamiyatga ega. Temir organizmda turli kompleks tuzlari sifatida mavjud. U gemoglobin va mioglabin tarkibiga kirib, to'qirha nafas olish jarayonida ishtirok etadi. Bundan tashqari, temir ko'p oksidlanish-barqarorlanish jarayonlarining fermentlari tarkibiga ham kiradi. Temirning organizmdagi tanqisligi gemoglobin sintezini izdan chiqaradi, shuning uchun gemoglobin miqdorining kamayishi anemiya (kamqonlik) xastaligining sababi bo'ladi. Katta yoshdagi odamlar bir -kecha-kunduz davomida 10- 30 mkg temir iste'mol qilishi kerak. Yod organizmda kam miqdorda bo'ladi. Lekin yod qalqonsimon bezining gormonlari-tiroksin va triyodtironin tarkibiga kiradi. Shu sababli uning organizmda yetishmasligi qariyb hamma moddalarning almashinuviga ta'sir yetkazadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling