E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Energiya balansi 
Moddalar  almashinuvi  va  energiya  o'zgarishi  ;  bir-biridan  ajratib  bo'lmaydigan 
jarayonlardir. Energiya almashmasa, modda o'zgarmaydi va moddalar almashinmasa 
energiya  hosil  bo'lmaydi  van  almashmaydi.  Organizmda  ro'y  beradigan  'eher'getlk 
jarayonlar natijasida asosan- issiqlik  energiyasi hosil bo'ladi' Tanada  ajralib  chiqqan 
issiqlik  energiyasini  aniqlab,  ma'lum  ish  bajarishga  ketadigan  mexanik  energiyani 
issiqlik  birligiga  aylantirish  asosida  hisoblab,  organizm  tomonidan  qancha  energiya 


 
103 
sarflaganini  aniqlash  va  almashinuv  jarayonlarini  qay  darajada  ekanligini  bilish 
mumkin.  Organizmda  modda  va  energiya  almashinuv  jarayonlari  tabiiyotning  eng 
buyuk  qonuni-materiya  va  energiyaning  saqlanish  qonuniga  muvofiq  ravishda  sodir 
bo'ladi.  Tirik  organizmda  materiya  va  energiya  yaratilmaydi  va  yo'qolib  ketmaydi, 
ular faqat o'zgaradi, yutiladi va ajralib chiqadi. 
Organizm  tashqi  muhitga  issiqlik  va  mexanik  ish  tarzida  energiya  ajratib  chiqaradi. 
Shuning  uchun  energiya  balansini  aniqlash  uchun  organizm  qabul  qilgan  ovqat 
mahsulotlaridan  qancha  energiya  olishi  va  qancha  energiya  sarf  qilishini  aniqlash 
talab qilinadi. 
Energiya 
hosil 
bo'lishini 
aniqlash 
uchun 
ovqat 
mahsulotlari' 
tarkibida 
qancha  kaloriya  borligini  hisoblash  kerak.  Bu  esa  1  g,  modda  yonganda 
ajralib  chiqadigan  issiqlik  miqdoriga  va  issiqlik  koeffitsientiga  teng.  Ovqat 
rnoddasining  issiqlik  koeffitsienti  Bertlo  «bombasida»  yoqib  aniqlangan. 
Lekin  shuni  hisobga  olish  kerakki,  tanada  ovqat  mahsulotlaridan  oksidlanish 
jarayonlarida 
hosil 
bo'lgan 
kaloriya 
miqdori 
ularda 
mavjud 
bo'lgan 
miqdordan 
birmuncha 
kamroq 
bo'ladi, 
chunki 
iste'mol 
qilgan 
ovqat 
moddalarining  hammasi  to'liq  so'rilmaydi,  Ayniqsa,  oqsil  moddalar  tanada 
to'liq oksidlanmaydi (12-jadval). 
Bevosita  kalorimetriyada  organizmdan  ajralib 
chiqadigan issiqlikni sezuvchi maxsus murakkab jihozlar - kalorimetrik kameralardan 
foydalaniladi. Kalorimetrda tekshirish juda aniq natija berishi mumkin. 
Organizmda  oksidlanish  jarayonlari  energiya  manbayi  hisoblanadi,  bu  jarayonlarda 
O2  sarflanadi  va  CO2  hosil  bo'ladi,  shuning  uchun  gazlar  almashinuvini  tekshirish 
asosida, ya'ni yutilgan O2 va ajralib chiqqan CO2 miqdoriga qarab tananing qancha 
energiya sarfiaganini aniqlash mumkin. Bu usul bilvosita kalorimetriya deb ataladi. 
Organizmda  ajralib  chiqqan  CO2  hajmining  yutilgan  O2  hajmiga  nisbati  nafas 
koeffitsienti  (NK)  deb  ataladi.  Oqsillar,  yog'lar  va  uglevodlar  oksidlanganda  nafas 
kqeffitsienti turlicha bo'ladi. 
Avvalo,  tana  karbonsuvlar  iste'mol  qilganda  nafas  koeffitsienti  qancha  bo'lishini 
ko'rib  chiqaylik.  Misol  uchun,  glukoza  olaylik.  Bir  molekula  glukoza 
oksidlanishining umumiy yakunini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 
Q HI206+6O2=6CO2+6H?O 
Reaksiya  tenglamasidan  ko'rinib  turibdiki,  glukoza  oksidlanganda  necha  molekula 
CO2 hosil bo'lsa, o'shancha molekula O2 sarf qilinadi (yutiladi). 
Organizmda  bo'lib  o'tadigan  oksidlanish-qaytarilish  jarayonlari  natijasida  gazlarning 
o'zlashtirilishi  va  ajralib  chiqishiga  oid  sarhisob  olib  borish  Avogadro  qonuniga 
bo'ysinadi. 
Xususan,  glukoza  oksidlanganda  nafas  koeffitsienti  (CO2  ning  O2  ga  nisbati)  1  ga 
teng  bo'ladi.  Boshqa  karbonsuvlar  oksidlanganda  ham  nafas  koeffitsienti  shuncha 
bo'ladi. Yog'lar va oqsillar oksidlanganda nafas koeffitsienti 1 dan kam bo'ladi, ya'ni 
yog'lar  oksidlanganda  bu  raqam  0,7  ga,  oqsillar  oksidlanganda  NK-  0,8  ga  teng 
bo'ladi.  Odam  aralash  ovqatlar  iste'mol  qilib  turganida  NK-  0,85-0,9  ga  atrofida 
bo'ladi. 
Nafas koeffitsientini aniqlash orqali O2 ning issiqlik ekvivalentini bilish mumkin. O2 
ning  kalorimetrik  ekvivalenti  deganda  bir  litr  O2  qabul  qilinganda  ajralib  chiqqan 
issiqlik  miqdori  tushuniladi.  O2  ning  kalorimetrik  ekvivalenti  moddalar 
almashinuviga bog'liq. 


 
104 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling