E nuritdinov
Teri va uning ajratuv vazifasi Ter bezlari. Ter chiqarish
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Teri va uning ajratuv vazifasi Ter bezlari. Ter chiqarish Ter bezlari teri ostidagi kletchatkada joylashgan bo'lib, tana ustida nobaravar taqsimlangan. Ter bezlari ter chiqaradi. Ular: 1) moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan parchalanish mahsulotlarini chiqarib tashlaydi; 2) termoregulatsiyada ahamiyati bor, chunki badandan ter bug'lanishi issiqlik chiqarish omili hisoblanadi; 3) osmoregulatsiyada, ya'ni suv va tuzlarni chiqarib tashlash yo'H bilan osmotik bosimni doim bir xil saqlashda ahamiyati katta. Ter bezlari teri ostidagi qo'shuvchi to'qima kletchatkasida joylashgan, uiar badanga bir tekis tarqalmagan. Ular qo'1-oyoq kaftida, qo'ltiqda ko'p bo'ladi, umumiy miqdori 2 mln ga teng. 1 sm2 terida 400-500 ter bezi bor. Terda 98% suv va 2% qattiq modda bor; shundan 0,4-1% anorganik va 0,31% organik birikmalardir, terda siydikchi], siydik kislota, ammiak, gippur kislotasi, indikan bo'ladi. Bulardan tashqari, terda azotsiz organik birikmalar ham bor. Masalan, qandli diabet bo'lgan bemorlarda ter bilan glukoza ham chiqadi. Terning reaksiyasi salgina ishqoriy; badanda ter parchalanadi va undagi yog'lardan uchuvchan yog' kislotalari hosil bo'ladi, shu bois ter nprdon bo'lib qoladi. Terda qattiq moddalar siydikdagiga nisbatan kam; terning solishtirma og'irligi 1,005-1,010. Harorat qulay bo'lgan sharoitda bir kecha-kunduzga o'rta hisob bilan 0,5-0,6 1 ter chiqib turadi. Shuncha ter bilan 2 g osh tuzi va 1 g azot chiqib ketadi. Ter to'xtovsiz chiqib turadi, lekin badandan chiqishi bilan bug'lanib. ketadi. Tashqi muhit harorati yuqori bo'lgan sharoitida ter ajarilishi kuchayadi. Jadal jismoniy ish vaqtida moddalar almashinuvi kuchayganidan, issiqlik juda ko'p hosil bo'ladi. Organizmga ko'p miqdorda suyuqlik kirganidan keyin ham ter ko'p ajaraladi. Ruhiy qo'zg'alish va emotsional holatlar natijasida (jahl chiqish, qo'rquv, og'riqda) tanadan ter chiqadi. «Qo'rqqanidan sovuq_ ter bosdi» degan ibora shu bilan izohlanadi («sovuq ter» deyilishiga sabab shuki, ter chiqishi bilan bir vaqtda tomirlar torayadi, natijada 'teri qonni kam olib, soviydi). Bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'i ter ajratilishiga ta'sir , ko'rsata olishi shundan ko'rinib turibdi. Ter bezlarining sekretor asablari simpatik asablardir. Badaning har bir qismidagi ter bezlari orqa miyaning muayyan segmentidan innervatsiya oladi. Ter bezlarining asablari anatomik jihatdan simpatik asab tizimiga mansub bo'lsa ham, ularning ter bezlaridagi oxirlari parasimpatik asab oxirlari kabi xolinergik bo'ladi, ya'ni qo'zg'alganda asetilxolin chiqaradi. Ter bezlariga innervatsiya beradigan simpatik tugunlar olib tashlangandan so'ng ham odam emotsional holatlarda terlayveradi. Ter ajralishining spinal (orqa miyadagi) markazlaridan tashqari, uzunchoq miyada asosiy markazi bor. Bu markaz esa o'z navbatida moddalar almashinuvining gipotalamusdagi oliy vegetativ markazlari bilan 115 bog'langan. Yuqorida ko'rsatilgandek, ter ajralishiga bosh miya po'stlog'i ham ta'sir ko'rsatib turadi. Ter refleks yo'li bilan ajraladi. Atrofdagi muhitning yuqori harorati ta'sir etganda teridagi issiq sezuvchi retseptorlarining qo'zg'alishi tufayli ter ajralish refleksi paydo bo'ladi. Siydik va ter ajralishga jismoniy ishning ta'siri Jismoniy mehnat va jismoniy mashqlar moddalar almashinuvi jarayonlariga ta'sir etib, ularni kuchaytiradi. Jismoniy ish vaqtida tana haroratining fiziologik me'yorida saqlanishi uchun ortiqcha issiqlikni organizmdan chiqarish asosan terlash orqali bo'ladi. Bundan tashqari mushak faoliyatida moddalar almashinuvining qator mahsulotlari: sut kislotasi, karbonat angidridi, fosfor kislota, kreatinin va boshqalar qonga o'tadi. Ularning ba'zilari buyraklar va ter bezlari orqali organizmdan chiqariladi. Jismoniy mehnat natijasida organizmdagi umumiy qonning bir qismi mushaklarga oqishi sababli ichki a'zolarga, shu jumladan buyraklarga ham qon kelishi kamayadi. Bu siydik ajralishining kamayishiga. undagi turli moddalar konsentratsiyasining ortishiga olib keladi. Siydikning solishtirma og'irligi ortadi, reaksiyasi o'zgaradi. Ayniqsa bajaraladigan mushak ishining shiddati, muddati, og'ir-yengilligi va boshqa omillar siydik tarkibi va reaksiyasining o'zgarishiga har xil ta'sir ko'rsatadi. Masalan, adrenalin gormoni ta'sirida glikogen parchalanishining kuchayishi bilan qonda glukoza miqdori me'yoridan ortganida siydik tarkibida glukoza paydo bo'ladi. Jismoniy mehnat bajarishda siydik tarkibida sut kislotasining miqdori ortadi. Ayniqsa, suv muhitda yuqori tezlikdagi og'ir ishlarni bajarishda malpigiy koptokchalari epiteliysining o'tkazuvchanligi ortishi natijasida siydik tarkibida oqsil, ba'zida esa hatto eritrotsitlar kuzatiladi. Quruqlikda, ayniqsa tashqi muhitning yuqori harorati sharoitlaridagi jismoniy ishlarni bajarish ter bezlari funksiyasining kuchayishi bilan kuzatiladi. Buyrak orqali ajratiladigan moddalarning ko'pchiligi ter bezlari orqali organizmdan chiqariladi. Ter tarkibida kreatinin, siydikchil, ammiak, sut kislotasi, tuzlar konsentratsiyasi ortadi. Jismoniy ishda nafas a'zolari ishining tezlashishi kuzatiladi. Bu moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlaridan karbonat angidridning organizmdan chiqarilishini tezlashtiradi. Ter bezlari yaxshi rivojlanmagan hayvonlarda, masalan itlarda organizmdan ortiqcha suv ajratilishi va tana haroratining me'yorida ushlanish ko'p jihatdan so'lak ajralishi va nafas a'zosi ishiga bog'liq bo'ladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling