I. Kirish Teri tuzulishi haqida qisqacha malumot
Download 0.84 Mb.
|
teri tuzulishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Kirish 1.Teri tuzulishi haqida qisqacha malumot 2.Teri qavatlari 3.Teri kasalliklari 4.Dermatologiya sohasida sih olib borgan olimlar
- Foydalanilgan adabiyotlar 1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Anatomiya FANIDAN MUSTAQIL ISH Bajardi: Muxtorova Sh.A. Tekshirdi: Majidova D Toshkent-2022 Teri tuzulishi va funksiyasi Reja: I. Kirish 1.Teri tuzulishi haqida qisqacha malumot 2.Teri qavatlari 3.Teri kasalliklari 4.Dermatologiya sohasida sih olib borgan olimlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Tcr bezlari teri ostidagi kletchatkada joylashgan boiib, tana ustida nobaravar taqsimlangan. Тег bezlari ter chiqaradi. Ular: 1) moddalar almashinuvi natijasida hosil boigan parchalanish mahsulotlarini chiqarib tashlaydi; 2) termoregulatsiyada ahamiyati bor, chunki badandan ter bugianishi issiqlik chiqarish omili hisoblanadi; 3) osmoregulatsiyada, ya’ni suv va tuzlami chiqarib tashlash yoii bilan osmotik bosimni doim bir xil saqlashda ahamiyati katta. Ter bezlari teri ostidagi qo‘shuvchi to‘qima kletchatkasida joylashgan, ular badanga bir tekis tarqalmagan. Ular qoi-oyoq kaftida, qo‘ltiqda ko‘p boiadi, umumiy miqdori 2 mln ga teng. 1 sm2 terida 400-500 ter bezi bor. Terda 98% suv va 2% qattiq modda bor; shundan 0,4-1% anorganik va 0,31% organik birikmalardir, terda siydikchil, siydik kislota, ammiak, gippur kislotasi, indikan boladi. Bulardan tashqari, terda azotsiz organik birikmalar ham bor. Masalan, qandli diabet boigan bemorlarda ter bilan glukoza ham chiqadi. Terning reaksiyasi salgina ishqoriy; badanda ter parchalanadi va undagi yogiardan uchuvchtm yog‘ kislotalari hosil boiadi, shu bois ter nordon boiib qoladi. Terda qattiq moddalar siydikdagiga nisbatan kam; teming solishtirma og‘irligi 1,005-1,010. Harorat qulay boigan sharoitda bir kecha-kunduzga o ‘rta hisob bilan 0,5-0,6 1 ter chiqib turadi. Shuncha ter bilan 2 g osh tuzi va I g azot chiqib ketadi. Тег to‘xtovsiz chiqib turadi, lekin badandan chiqishi bilan bugianib kctadi. Tashqi muhit harorati yuqori boigan sharoitida ter ajarilishi kuchayadi. Jadal jismoniy ish vaqtida moddalar almashinuvi kuchayganidan, issiqlik juda ko‘p hosil boiadi. Organizmga ko‘p miqdorda suyuqlik kirganidan keyin ham ter ko‘p ajaraladi. Ruhiy qo‘zg‘alish va emotsional holatlar natijasida (jahl chiqish, qo‘rquv, og‘riqda) tanadan ter chiqadi. «Qo‘rqqanidan sovuq ter bosdi» degan ibora shu bilan izohlanadi («sovuq ter» deyilishiga sabab shuki, ter chiqishi bilan bir vaqtda tomirlar torayadi, natijada teri qonni kam olib, soviydi). Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i ter ajratilishiga ta’sir ko‘rsata olishi shundan ko‘rinib turibdi. Ter bezlarining sekretor asablari simpatik asablardir. Badaning har bir qismidagi ter bezlari orqa miyaning muayyan segmentidan innervatsiya oladi. Тег bezlarining asablari anatomik jihatdan simpatik asab tizimiga mansub boisa ham, ularning ter bezlaridagi oxirlari parasimpatik asab oxirlari kabi xolinergik boiadi, ya’ni qo‘zg‘alganda asetilxolin chiqaradi. Тег bezlariga innervatsiya beradigan simpatik tugunlar olib tashlangandan so4ng ham odam emotsional holatlarda terlayveradi. Тег ajralishining spinal (orqa miyadagi) markazlaridan tashqari, uzunchoq miyada asosiy markazi bor. Bu markaz esa o ‘z navbatida moddalar almashinuvining gipotalamusdagi oliy vegetativ markazlari bilan bog‘langan. Yuqorida ko‘rsatilgandek, ter ajralishiga bosh miya po`stlog‘i ham ta’sir ko‘rsatib turadi. Тег refleks yoii bilan ajraladi. Atrofdagi muhitning yuqori harorati ta’sir etganda teridagi issiq sezuvchi retseptorlarining qo‘zg‘alishi tufayli ter ajralish refleksi paydo boiadi. Siydik va ter ajralishga jismoniy ishning ta’siri Jismoniy mehnat va jismoniy mashqlar moddalar almashinuvi jarayonlariga ta’sir etib, ularni kuchaytiradi. Jismoniy ish vaqtida tana haroratining fiziologik me’yorida saqlanishi uchun ortiqcha issiqlikni organizmdan chiqarish asosan terlash orqali boiadi. Bundan tashqari mushak faoliyatida ’ moddalar almashinuvining qator mahsulotlari: sut kislotasi, karbonat angidridi, fosfor kislota, kreatinin va boshqalar qonga o4tadi. Ulaming ba’zilari buyraklar va ter bezlari orqali organizmdan chiqariladi. Jismoniy mehnat natijasida organizmdagi umumiy qonning bir qismi mushaklarga oqishi sababli ichki a’zolarga, shu jumladan buyraklarga ham qon kelishi kamayadi. Bu siydik ajralishining kamayishiga. undagi turli moddalar konsentratsiyasining ortishiga olib keladi. Siydikning solishtirma og‘irligi ortadi, reaksiyasi o‘zgaradi. Ayniqsa bajaraladigan mushak ishining shiddati, muddati, og‘ir-yengilligi va boshqa omillar siydik tarkibi va reaksiyasining o‘zgarishiga har xil ta*sir ko‘rsatadi. Masalan, adrenalin gormoni ta’sirida glikogen parchalanishining kuchayishi bilan qonda glukoza miqdori me’yoridan ortganida siydik tarkibida glukoza paydo boiadi. Jismoniy mehnat bajarishda siydik tarkibida sut kislotasining miqdori ortadi. Ayniqsa, suv muhitda yuqori tezlikdagi og‘ir ishlami bajarishda malpigiy koptokchalari epiteliysining o ‘tkazuvchanligi ortishi natijasida siydik tarkibida oqsil, ba’zida esa hatto eritrotsitlar kuzatiladi. • Quruqlikda, ayniqsa tashqi muhitning yuqori harorati sharoitlaridagi jismoniy ishlarni bajarish ter bezlari funksiyasining kuchayishi bilan kuzatiladi. Buyrak orqali ajratiladigan moddalarning ko‘pchiligi ter bezlari orqali organizmdan chiqariladi. Ter tarkibida kreatinin, siydikchil, ammiak, sut kislotasi, tuzlar konsentratsiyasi ortadi. Jismoniy ishda nafas a’zolari ishining tezlashishi kuzatiladi. Bu moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlaridan karbonat angidridning organizmdan chiqarilishini tezlashtiradi. Ter bezlari yaxshi rivojlanmagan hayvonlarda, masalan itlarda organizmdan ortiqcha suv ajratilishi va tana haroratining me’yorida ushlanish к о4р jihatdan so ‘lak ajralishi va nafas a’zosi ishiga bog‘liq bo‘ladi. Teri va uning hosilalari Teri (cutis) organizmning tashqi ta’sirdan saqlabgina qolmay, balki muhim sezgi a’zosi vazifasini ham bajaradi. Teri orqali odam haroratni, atmosfera bosimini, og‘riqni va biror narsa tegib turganini sezadi. Bundan tashqari, teri modda almashinuvi, nafas olish va suyuqlik ajratish faoliyatlarida ham ishtirok etadi. Odam terisining umumiy sathi 1,5 - 2 m2 bo‘lib, tana olchamiga bevosita bog‘liq. Odamda teri sezuvchanligi juda yaxshi takomil etgan bo‘lib, sezgi retseptorlari terining hamma yerida bir xil tarqalmagan. Lab, burun va barmoqlaming uchlarida sezgi retseptorlari juda ko‘p. Terida yuza qavat epidermis va chuqur qavat derma tafovut qilinadi. Epidermis (epidermis) ektodermadan takomillashgan bo‘lib, ko‘p qavatli yassi epiteliydan tuzilgan. Epiteliyning tashqi qavati shox qavatga aylanib, ko‘chib yangilanib turadi. Epidermis son, yelka, bilak, bo‘yin, yuz sohalarida yupqa (0,02-0,05 mm), qo‘l va oyoq kafti sohalari ko‘p ta’sirlangani uchun qalin (0,5-2,4 mm) bo‘ladi. Derma (dermis) mezodermadan rivojlanib, tolali biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Unda elastik tolalar va silliq mushak to‘qimasi bo‘lib, terining elastikligini ta’minlaydi. Dermaning qalinligi bilak sohasida 1-1,5 mm bo‘lsa, orqada 2,5 mm bo‘ladi. Derma ikki qavatdan iborat. Epidermisga tegib turgan yuza so‘rg‘ichli qavat (stratum papillare) yumshoq biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan so‘rg‘ichlar (papillae) hosil qiladi. Ulaming ichida qon, limfa tomirlari va nervlar bo‘lib, so‘rg‘ichlar epidermis yuzasida qirralar hosil qiladi, ular o‘rtasida egatlar bor. Bu 406 egatlar qo'l kafti sohasida yaxshi ko‘ringan bo‘lib, har bir odamda o‘ziga xos xususiy atga ega. To‘r qavati (stratum reticulare) zich biriktiruvchi to'qimadan iborat bo‘lib, tarkibida kollogen tolalari ko‘p bo‘ladi. Bu qavat bevosita teri osti yog‘ qatlamiga o‘tib ketadi. Teri osti yog‘ qatlami tanada turli qalinlikda bo‘ladi. Qovoqlar va yorg‘oq terisida yog" qatlami bo‘lmaydi. Peshona burun sohalarida kam bo‘lib, dumba va tavon sohalarida yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Terming rangi uning tarkibidagi pigment miqdoriga bogTiq. Ba’zi sohalarda (yorg‘oq, sut bezi so‘rg‘ichi atrofida, uyatli lablar va anus atrofida) pigment ko‘proq to‘plangan. Sochlar (рШ) terming turli sohalarini turlicha qoplagan. Ular epidermis hosilasi bo‘lib, teri usti qismi va ildizi tafovut qilinadi. Ildizi (radix pili) teri ichida joylashib, sochning o‘suvchi kengaygan qismi soch piyozchasini (bulbi pili) hosil qiladi. Soch ildizi biriktiruvchi to‘qimali xaltachasi (folliculus pili) ichida yotadi. Bu qopcha ichiga moy bezlarining chiqaruv nayi ochiladi. Uni sochni ko‘taruvchi mushak (m. arrector pili) o‘raydi. U qisqarganda moy bezini siqadi va soch tikka turadi. Sochning rangi uning tarkibidagi pigmentga bog‘liq. Soch tarkibida havo pufakchalari paydo bo‘lib, pigment yo‘qolsa soch oqaradi. Timoqlar (unguis) epidermisning dag‘allashishidan paydo bo‘ladi. U timoq o‘mida (matrix unguis) yotadi. Bu timoqning o‘suvchi qismi hisoblanadi. Timoqda timoq kirib turadigan yoriqda joylashgan timoq ildizi (radix unguis), timoq tanasi (corpus unguis) va timoq o‘midan tashqarida joylashgan erkin qirrasi (margo liber) tafovut qilinadi. Timoqning ildizi va yon tomonidan chegaralagan teri burmalami timoq atrofidagi bolish (vallum unguis) deyiladi. Teri hosilalari Ter bezi (glandula sudorifera) oddiy naysimon bez bo‘lib, dermaning chuqur qavatida yotadi. Ulaming uzun chiqaruv nayi teri yuzasiga ter teshigi bo‘lib ochiladi. Ter bezlari terida bir xil 407 tarqalmagan. Ular qo'ltiq osti, chov sohalari, qo‘l va oyoq kaftida ko‘p bo‘lsa, erlik olatining boshchasida va lab jiyaklarida bo‘lmaydi. Ter bezlari suyuqlik bilan birga turli modda almashinuvda hosil bo‘lgan moddalami ajratadi va termoregulatsiyada katta ahamiyatga ega. Yog‘ bezi (glandula sebacea) tuzilishi jihatidan oddiy alveolar bezlar turkumiga kirib, so'rg'ichsimon va to‘r qavat chegarasida yotadi. Ulaming naylari soch qopchasiga ochiladi. Qo'l va oyoq kaftida moy bezlari yo'q. Sut bezi (mamma) juft a’zo bo‘lib, ter bezlaridan takomil etgan sut ishlab chiqarishiga moslashgan. U III-VI qovurg'a sohasida katta ko'krak mushagining ustida joylashgan. Bezning o‘rta qismida sut bezining so'rg'ichi (papilla mammaria) bo‘lib, uchida 10 - 15 ta sut naychasi (ductus lactiferi) bo'ladi. So'rg'ich atrofidagi soha sut bezi so'rg'ichi atrofidagi doirada (areola mammae) va so'rg‘ichda pigment ko'p bo‘ladi. Sut bezining tanasi (corpus mammae) 15- 20 ta sut bezining bo'laklaridan (lobi glandulae mammariae) iborat bo'lib, ular o'zaro yumshoq tolali biriktiruvchi to‘qima va yog' to'qimasi bilan ajragan. Bulami sut bezini ko‘tarib turuvchi boylam (lig. suspensoria mammaria) deb ataladi. Bez bo'laklari murakkab alveolar bez tuzilishiga ega bo'lib, so‘rg‘ichga nisbatan radiar joylashgan. Ulaming chiqaruv nayi sut bezi so‘rg‘ichi uchiga ochiladi. Yangi tug'ilgan qiz bolaning sut bezi uncha takomil etmagan bo‘ladi. U qiz bola balog'atga yetgan davrida kattalashadi. Homiladorlik davrida bez to‘qimasi о‘sib takomillashadi. Dermatologiya teri kasalliklari haqidagi fan bo‘lib, sog‘ va patologik o‘zgargan terining tuzilishi, funksiyasi, teri va ichki a’zolarining turli patologik holatlardagi o‘zaro munosabatini, har xil dermatozlarning kelib chiqish sabablari va rivojlanish jarayonini, teri kasalliklarini aniqlash usullarini, davolash va oldini olish choralarini o‘rganadi. Venerologiya – tanosil kasalliklarining klinik kechishini, epidemiologiyasini, ularni aniqlash va oldini olish choralarini o‘rganadi. 1571-yilda Mercurialis nomli italiyalik olim teri kasalliklari bo‘yicha izlanishlar olib bordi. Malpigi (1628–1694) teri epidermisini muguz va malpigiy qavatlarga bo‘ldi va terida yog‘ bezlari, ter bezlari, soch follikulalari va yog‘ hujayralari borligini aniqladi. XVIII asrda dermatologiya fani shakllandi. XIX asr boshlaridan rivojlanib, ko‘zga ko‘ringan farang, ingliz, rus va amriqo dermatovenerologiya maktablarining teri kasalliklari kelib chiqishi haqidagi ma’lumot va tushunchalari bir-biridan keskin farq qilar edi. Ammo XX asr boshlariga kelib bu tafovut ancha yo‘qoldi va hozirda ayrim ilmiy izlanishlar yo‘nalishlarigina ma’lum darajada farqlansa-da, u yoki bu kasallikning etiopatogenezidagi tushuncha bir xil. Teri kasalliklari, teridagi o‘zgarishlar XVII asrda erkin ifodalangani qo‘lyozmalardan ma’lum. Dermatologiyaning aniq fan sifatida shakllanishi teri toshmalarining tasniflanishi, ya’ni dermatologiya alifbosining yaratilishidan so‘ng kuzatildi. Teri toshmalari ham ma’lum morfologik elementlar bilan ifodalana boshlandi. XVIII asrda umumiy kelishilgan holda toshmalarni ifodalash dermatologiyani mustaqil fan sifatida tan oldirdi. Bu fan teri kasalliklarini o‘rganishning xususiy usullarini aniqladi va umumiy-tushunarli tilda teri toshmalarining nomlarini yozishga, ularning xususiyatlarini aniqlashga hamda tasnifga sharoit tug‘dirdi. Hozirgi davr sog‘liqni saqlash tizimida umumiy amaliyot shifokori asta-sekin asosiy o‘rin egallayapti. Umumiy amaliyot shifokori amaliyotni o‘tash jarayonida turli xil kasalliklarga tashxis qo‘yib davolashi zarur. Mazkur kitobni yaratishdan maqsadimiz shuki, ko‘p uchrovchi teritanosil kasalliklari va ichki a’zolar kasalliklaridagi teri o‘zgarishlari haqidagi ma’lumotlar bilan talabalar va umumiy amaliyot shifokorlarining bilimini boyitishdir. Barcha mutaxassislikdagi shifokorlar – pediatr, allergolog, terapevt, jarroh, umumiy amaliyot shifokori va o‘rta tibbiyot xodimi o‘z mehnat faoliyati mobaynida bemorlar terisidagi patologik o‘zgarishlarga duch keladilar. Shuning uchun ham ular dermatologiya asoslarini bilishlari shart. Teri jarohatlanishi bexosdan, kutilmaganda «topilishi» yoki bemorning asosiy shikoyati sababli aniqlanishi mumkin. Kardiologlar elektrokardiogrammani «o‘qigani»dek, har bir shifokor dermatologiya «alifbo»sini, ya’ni teridagi toshmalarni aniq va to‘g‘ri «o‘qib», bemorni dermatologga yo‘llashi yoki o‘zi davolashi zarur. Dermatologning asosiy quroli – ularning ko‘zidir. Dermatologik tashxis, asosan teri, shilliq pardalarni ko‘zdan kechirishga asoslanadi, faqatgina qanday ko‘rishni va nimani izlashni bilish zarur. To‘g‘ri qo‘yilgan tashxis – samarali davo kaliti. Biz tayyorlagan mo‘jazgina kitobcha turli soha shifokorlariga o‘z amaliyotlari davomida uchraydigan teri kasalliklariga oson tashxis qo‘yishda yordam beradi, degan fikrdamiz. Teri kasalliklari tashxisi oson emas, eng asosiysi, teri toshmalarini kuzata bilish, birini boshqasidan farqlay olish zarur. Shuning uchun ham mazkur kitobda kasalliklarning qisqa klinik ko‘rinishlari, tashxis va davolash prinsiplari ko‘plab jadvallar yordamida bayon etilgan. O‘ylaymizki, mazkur kitobdan amaliyot shifokori yoki tibbiyot talabalari ko‘plab yangi, zarur ma’lumotlar oladilar, mutaxassis der-matologlar esa o‘z bilimlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitadilar. 3 Kitobxon.Com 4 Bemor toshmalar bezovta qilmasa, ularga aytarli darajada e’tibor qilmaydi. Bunday «nomsiz», «noma’lum» kasalliklarni ba’zan oylab kortikosteroidlar, antibiotiklar yoki sitostatiklar bilan davolaydilar. Natijada kosmetik nuqsonlar, bemorlarning uzoq vaqt aziyat chekishlari, jarayonning tarqoqlashishi, qayta tiklanmas o‘zgarishlar, eng asosiysi, ichki og‘ir xastaliklarni kechirib bo‘lmas darajada kechikib tashxis qilish holatlari kuzatiladi. Bir qarashda zararsiz ko‘ringan teri o‘zgarishlari og‘ir kasalliklarning yagona belgisi bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘kimtir dog‘ – rivojlanayotgan melanoma, mayda yaracha esa zaxmning dastlabki belgisi bo‘lishi mumkin. Bu xil teri o‘zgarishlari turli profilaktik ko‘riklarda aniqlanishi mumkin va shart. Aks holda, shifokor muolaja uchun vaqtdan yutqazadi. Bemorning ambulator qabulda yoki shifoxona sharoitida shikoyatidan qat’i nazar, teri va shilliq pardalarining holati shifokor tomonidan ko‘zdan kechirilmog‘i shart. Har qanday o‘zgarishlarga e’tibor berish, toshmalarning qanday elementlardan tarkib topganligini aniqlash, zarur bo‘lganida biopsiya olinishi kerak. Teri holati – tekshirilishi eng qulay hisoblangan a’zo, bir paytning o‘zida ko‘plab zarur ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumot manbai hamdir. T. tashqi (epitelial) va ichki (biriktiruvchi toʻqimali) qavatlardan iborat. Bu qavatlar turli moddalar ishlab chiqaradigan bazal membrana bilan ajralib turadi, epitelial qavatda turli bir yoki koʻp hujayrali bezlar bor. Epiteliy ajratgan qattiq moddalar mollyuskalar va baʼzi jonivorlarda skelet va ximoya elementi vazifasini bajaradi. Epiteliy hujayralari sitoplazmasining qisman oʻzgarishi boʻgʻimoyoqlilar skeleti va parazit chuvalchanglar kutikulasini, yaʼni kimyoviy va mexanik himoya organini hosil qiladi. Umurtqasizlarda T. epiteliysi bir qavat hujayrali, umurtqalilarda koʻp qavat hujayrali. Quruqlikda yashovchi umurtqalilar tashqi qavat hujayralarining butunlay shox qatlamiga aylanishidan epidermisning uzluksiz yangilanib turadigan shox qavati vujudga keladi. Yuqori umurtqalilar T.sining shox qatlami va boʻgʻimoyoqlilarning xitinli zirhi quruqlikda yashash uchun atmosferaning turli temperaturasi va taʼsiriga chidamli boʻlishida muhim rol oʻynaydi. Baʼzi sut emizuvchilar hamda qushlarning tuk va patlari tana haroratini saklab turadi va ularga qattiq sovuqsa ham yashashga imkon beradi. Biriktiruvchi toʻqima qavati yoki derma T.ning kollagen va elastik tolalarini shakllantiradi. Bu tolalar T.ning chidamli va elastik boʻlishiga (mas., umurtqalilar, bosh oyokli mollyuskalarda), shuningdek, baliklarda suyakli va boshqa tangachalar yuzaga kelishi hamda terining suyaklanishiga (sudralib yuruvchilarda) yordam beradi. Xulosa
Odam T.si 3 qavatdan — epidermis (epitelial qavat), oʻrta qavat — xususiy teri qavati (derma) va teri osti yogʻ qavati (kletchatka)dan tarkib topgan (rayem). Epidermisning uzi bazal qavat, tikansimon qavat, donador qavat, yaltiroq va muguz (shox) qavatdan iborat. T.ning ustki muguz qavati juda chuqur joylashgan hujayralardan shakllanadi; unda koʻp nerv tolalari bor. Bu qavat issiqsovuq va tashqi muhitning barcha taʼsirotlariga ancha chidamli, u shikastlanmagan boʻlsa, kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻtkazmaydi. Uning ust qismi bilinarbilinmas qipiqlanib, koʻchib turadi, pust tashlaydi (fiziologik pust tashlash). Xususiy teri qavati, asosan, pishiq biriktiruvchi toʻqima va asosiy moddalardan tashkil topgan boʻlib, unda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari, yogʻ va ter bezlari, shuningdek, soch va tirnoq ildizlari joylashgan. Yogʻ bezlari yuzda, bosh, koʻkrak va yelkada koʻp boʻladi; ular oʻzidan tarkibida yogʻ kislota, oqsil, xolesterin va gormonal yogʻsimon moddalar ajratib chiqaradi, bu T. ustini moylab turadi, elastikligini oshiradi, uni terlab shilinishdan saqlaydi. Yogʻ bilan ter qoʻshilib, T. ustida kislotali muhit hosil qiladi va T.da yiringli kasalliklarni vujudga keltiradigan mikroblarni oʻldiradi. Yogʻ bezlarining ishi maʼlum darajada endokrin sistema faoliyatiga ham bogʻliq. T. notoʻgʻri parvarish qilinsa, u yupqalashib, quruqshab qoladi, mayda ajin tushadi, shoʻralaydi, qizil dogʻlar paydo boʻladi. T.dagi qon va limfa tomirlari bir-biri bilan chalkashib toʻr hosil qilib, terining normal oziqlanishini taʼminlaydi. T.da nerv chigali va nerv tomirlari koʻp. Shular yordamida kishi ogʻriqni, issiqsovuqni, turli kimyoviy taʼsirotlarni, shuningdek, bosimni sezadi. Ayniqsa, barmoqlar, burun uchi, kaft va orqadagi oʻrta chiziq sohasi terisi sezgir boʻladi. T. osti yogʻ qavati yogʻ bilan toʻla katakchalardan iborat, ular biriktiruvchi toʻqimadan vujudga keladi. Bu qavatning qalinligi badanning turli yerida turlicha, mas., koʻz qovoqlarida butunlay boʻlmaydi, lunj, qorin va dumbada qalin boʻladi. T. osti yogʻ qavati nerv va qon tomirlariga boy. T. rangi, asosan, melanin pigmentiga, qon tomirlarining toʻlishiga va epidermis qalinligiga bogʻliq. Turli omillar, mas., quyosh nuri taʼsirida va ayrim kasalliklarda (qarang Pes) T. pigmentatsiyasi oʻzgarishi yoki pigment butunlay boʻlmasligi ham mumkin. T. organizm bilan tashqi muxit oʻrtasida toʻsiq vazifasini oʻtaydi. Organizmni tashqi muhitning noxush omillaridan (kimyoviy, fizik va biologik) himoya qiladi. Muguz qavatning zichligi, ustidagi yogʻ biriktiruvchi toʻqimalarning choʻziluvchanligi, T. osti yogʻ qavatining qalin boʻlishi organizmni turli mexanik taʼsirotlardan, shuningdek, uncha kuchli boʻlmagan ishqrr va kislotalar taʼsiridan saklaydi. Bu kavat elektr tokini yomon oʻtkazadi. T.dagi kislotali muhit mikroblar kirishiga toʻsqinlik qiladi; mabodo shikastlangan teri orkali mikrob kirib qolgudek boʻlsa, unga karshi taʼsir koʻrsatadigan moddalar taʼsiriga uchraydi va shu joyga leykotsitlar yetib kelib, qarshilik koʻrsatadi, shu soha T.sida yalligʻlanish alomatlari paydo boʻladi. T. suv, tuz, oqsil, yogʻ, vitaminlar va gaz almashinuvida ishtirok etadi. Gavda trasini saklashda T. juda katta ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Teri tuzulishi teri tanosil kasalliklari 2. Алматов К.Т. Одам ва ҳайвонлар физиологияси. Тошкент, 2004. 3. www. Ziyonet.uz 4. www.Google.u 5. www.fiziologe.ru Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling