E nuritdinov
Energiya almashinuvi. Energiyaning hosil bo'lishi va sarflanishi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Energiya almashinuvi. Energiyaning hosil bo'lishi va sarflanishi Yuqorida aytilganidek, moddalar almashinuvida, ya'ni oqsillar, yog'lar, karbonsuvlarning kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida energiya hosil bo'ladi. Bu energiya organizmda barcha fiziologik jarayonlarning to'xtovsiz davonn 105 etishi uchun sarflanadi. ' Energiya almashinuvida adenozintrifosfat kislotasi (ATF) markaziy o'rin egallaydi. Turli makroergik birikmalardan hosil bo'lgan ATF o'z navbatida ularning sintezida asosiy rol o'ynaydi. Turli organik moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo'lgan energiya ATF shaklida saqlanib, zaxira bo'lib turadi. ATF organizmning har bir hujayrasida bo'ladi. Uning eng ko'p miqdori skelet mushaklardauchraydi - 0,2-0,5% hujayraning har bir faoliyati to'g'ridan-to'g'ri ATP ning parchalanish vaqtiga mos keladi. Ma'lum bir masofaga yugurish (masalan, 100 metrga) mushaklar faqat ulardagi zaxiraviy ATF energiyasi hisobidan ishlaydi. Parchalangan ATP molekulalari yana boshqatan qayta qisqarishni ta'minlash uchun qayta tiklanishi kerak. Bu jarayon karbonsuvlar va boshqa moddalar parchalanishi natijasida ajralib chiqqan energiya hisobidan amalga oshadi. Shunday qilib, organizm, to'qimalar, a'zolar ; va; hujayralarning funksional faoliyati uchun ATF yagona va universal energiya'manbai bo'Hb xizmat qiladi. Organizmning energiyasi moddalaiv •alrnashinuvi, mushaklarning faoliyati va ovqatningo'ziga xos- ta'siri uchun sarflanadi. Organizm tomonidan sarf qilingan energiya miqdorini bilib turib, undan tashqariga chiqariladigan issiqlik miqdorini ham aniqlash mumkin. Energiya sarfini o'lchash usullari (bilvosita va bevosita kalorimetriya). Nafas koeffltsienti ' Organizmda ajralgan energiya qaysi ishga sarflanmasin, oxir-oqibat u issiqlik energiyaga aylanadi. Bu issiqlikni bilvosita va bevosita kalorimetriya usullari yordamida aniqlab, organizmdagi energiya alrnashinuvi to'g'risida-tasavvur olish mumkin. Bevosita kalorimetriya usulida organizmdan ajralib chiqadigan issiqlikni sezuvchi maxsus germetik apparatlar - kalorimetrik kameralardan foydalaniladi. Bu usul organizm faoliyati natijasida hosil bo'ladigan va tashqariga chiqadigan issiqlikning miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi. Odamni maxsus kalorimetrik kameraga joylashtirib, 'unmg tanasidan muhitga beradigan issiqlik miqdorini o'lchaydi. Kamera ichining yuqori qismida bir nechta naycha o'rnatilgan bo'lib, ularda suv aylanib turadi. Tajriba o'tkazilayotgan odam mu'tadil nafas olishi uchun maxsus naycha orqali kislorod ballonidan kameraga havb kiritib turiladi. Nafas orqali chiqarilgan havo maxsus naycha ofqali kamera tashqarisida joylashtirilgan baklardagi kimyoviy moddalardan o'tkazilib, undagi karbonat angidriddan tozalanadt. Kalorimetrik kamerasi naychalari orqali oqib o'tgan suvning miqdorini aniqlab, harorati o'lchanadi. Bir kecha-kunduzda shu suvni isitishga sarflangan issiqlik energiyasining miqdori kamerada tajriba^ olib borilayotgan odamdan ajralganligi aniq bo'ladi. Bu energiya miqdori kilojoullar (kDj) da ifodalandi. Bu usul ancha murakkab bo'lib, undan maxsus ilmiy-tekshirish institutlarida foydalaniladi. Shuning oqibatida tibbiyot amaliyotida bilvosita kalorimetriya usuli qo'llanib kelmoqda. Buning ma'nosi shundaki, dastlab o'pka ventilatsiya hajmi aniqlanib, so'ngra nafas bilan qabul qilingan kislorod va ajralib chiqqan karbonat angdrid miqdoriga qarab, organizmda qancha energiya hosil bo'lganligi va sarflanganligi aniqlanadi. Nafasdan chiqqan karbonat angidrid hajmining yutilgan kislorod hajmiga nisbati, ya'ni CO2 nafas nisbati nafas koetfitsienti deyiladi. Nafas koeffitsientini aniqlaborganizmda oksidlanadigan moddalar haqida ma'lumot olish 106 mumkin. Nafas olish va chiqarish sarflangan kislorod va chiqarilgan karbonat angdrid miqdorini aniqlash uchun Duglas - Xolden niqob qopidan va M.N.Shaternikovning respirasion kamerasidan foydalaniladi. Odam organizmida 1 g oqsil oksidlanishi va parchalanishiga 0,97 1 kislorod sarflanib, 4,1 kkal energiya hosil bo'ladi; 1 g yog' oksidlanishiga 2,03 kislorod sarflanib, 9,3 kkal energiya; 1 g uglerod oksidlanishiga 0,81 kislorod sarflanib, 4,1 kkal energiya hosil bo'ladi. Demak, Duglas - Xolden niqob-qopi yordamida nafas olish orqali qabul:qilingan kislorod miqdorini aniqlab, bu kislorod yordamida organizmda qancha energiya hosil bo'lganligi va sarflanganligi hisoblab chiqariladi. Karbonsuvlar oksidlanishida nafas koeffitsient 1 ga teng, chunki 1 molekula glukozaning angdrid gaz va suvgacha oksidlanishi uchun 6 molekula kislorod sarflanib, 6 molekula karbonat angidrid gazi chiqariladi: C6Hl2O6+6b2=6CO2+6H2O+kkal. Oqsil oksidlanishida nafas koeffitsienti 0,8 va yog'lar oksidlanishida nafas koeffisenti 0,7 ga teng. Yog'lar va oqsillarda molekulalararo kislorod miqdori karrTbo'lgani sababli, ularning oksidlanishida ko'p kislorod zarur bo'ladi: 1 g oqsil -'0,97 1, 1 g yog' - 2,03 1. Gazlar almashinuvi - organizm bioenergetikasining ko'rsatkichi Organizmga yutilgan kislorod oqsil, yog' va karbonsuvlarning oksidlanishiga sarf bo'ladi. Bu moddalardan 1 g oksidlanib parchalanganda har xil miqdorda kislorod sarflanadi va turli miqdorda issiqlik ajraladi. 1 g karbonsuv oksidlanganda organizmda 4,1 kkal issiqlik ajralib chiqadi va buning uchun 0,830 1 kislorod 1 g oqsil oksidlanganda ham 4,1 kkal issiqlik ajraladi, lekin bunda kislorod ko'proq sarflanadi va h.z. Organizmda 1 1 kislorod sarflanganda yuzaga chiqadigan issiqlik miqdori kislorodning kaloriya ekvivalentligi deb ataladi. Shunday qilib, organizmda qaysi moddalar - oqsil, yog' va karbonsuvlar oksidlangani ma'lum bo'lsa iste'mol qilingan jami kislorod miqdoriga qarab qancha energiya sarflanganini hisoblab chiqish mumkin. Gazlar almanishuvini tekshirish tajribalarida nafas koeffitsienti tanada qaysi oziq moddalar oksidlanganini ko'rsatib bera oladi. Karbonsuvlarning oksidlanishida kislorodning kaloriya ekvivalenti 21,13 KDJ (5,05 kkal), oqsillar - 20,1 KDJ (4,8 kkal), yog'lar - 19,62 (4,686 kkal)ga teng. Odamda energiya sarflanishi quyidagicha aniqlanadi. Odam og'izga qo'yilgan mushtuk orqali 5 daqiqa davomida nafas oladi. Mushtuk rezinali to'qimadan yasagan bo'lib, xalta bilan ulangan, uning klapanlari orqali odam erkin nafas olib nafas chiqaiadi. Soatga qarab, odamning nafas chiqarish hajmini aniqlab, gazoanaliztorning shkalasiga qarab nafas olish va nafas chiqarish havosi tarkibidagi kislorod va angidrid gazining miqdori aniqlanadi. So'ngra qabul qilingan kislorod va tashqariga chiqarilgan karbonat angidrid gazining hajmlarini hisoblab, nafas koeffitsientini topadi. Yuqorida ko'rsatilgan jadval orqali, nafas . koeffitsienti ko'rsatkichiga kislorodning kaloriya ekvivalenti va energiyaning sarflanishini tekshiriladi. Asosiy almashinuv va uning ahamiyati Organizm tamomila tinch turganda, nahorda, ya'ni ovqatlanishdan 12-:; 16 soat keyin va 18-20° haroratda sarf qiladigan energiyaning rriiqdori asosiy almashinuv deb ataladi. • Asosiy almashinuvni aniqlash uchun tekshiriladigan odam: 107 1) mushaklari tinch turadigan holatda bo'lishi (mushaklarihi 'bo'sh qo'yib yotishi), hayajonlantiruvchi omillar ta'sir etmasligi; 2) ocfTbo'lishi,, ya'ni ovqat yegandan 12-16 scat keyin tekshirili'sHi; 3) komfort harprat -18-^0° S, ya'ni sovuq -seziltriaydigan, titratmaydigan va organizmni qizitib yubormaydigan sharoitda bo'lishi kerak. _, Asosiy almanishuvni aniqlash uchun bilvosita kalorimetriya usuli qo'llaniladi, ya'ni gazlar almashinuvi tekshiriladi. Katta yoshli sog'lom, kishining asosiy almashinuvi har bir kilogtanirn og'irligiga o'rta hisob bilan ! soatga 1 kaloriyadan to'g'ri keladi. Masalan, 70 kg og'irlikdagi odamning asosiy almashinuvi 70x24=1680 katta kaloriyaga terig bo'ladi. Bu organizmning hayot faoliyati uchun sarf bo'ladigan energiya miqdoridir. Asosiy almashinuv odamning jinsiga, yoshiga, bo'yiga va og'irligiga bog'liq. Erkaklarda asosiy almashinuv bir xil og'irlikdagi xotinlardagiga nisbatan ortiqroq bo'ladi. Bolalarda tananing 1 kg vazniga to'g'ri keladigan asosiy almashinuv miqdori katta yoshli kishilardagiga nisbatan ortiqroq, lekin yosh ulg'aygan sayin issiqlik kamroq hosil bo'la boshlaydi. Bu hoi 20 yoshgacha davom etadi. 20 yoshdan 40 yoshgacha issiqlik hosil bo'lishi o'zgarmaydi, 40 yoshdan keyin esa issiqlik yana kamroq hosil bo'la boshlaydi. Emizadigan bolalarda I kg vazniga to'g'ri keladigan asosiy almashinuv bir kecha- kunduzda 209-222 KDJ (50-53 kkal/kg)ga teng. Ularning, .vazn og'irligiga qarab asosiy almashinuv kuchayadi. Sog'lom odamlar asosiy almashinuvining ko'rsatkichi 4,2 KDJ (1 kkal/soat)ni tashkil etadi. Uyqu vaqtida energiya almashinuv tezligi siyraklik davriga nisbatan 8-10% kamayadi, chunki uyqu vaqtida mushaklar maksimal darajada bo'shashadi. Tana haroratining ko'tarilishi energiya almashinuviga ancha katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, odamning tana harorati 1°S ko'tarilsa, energiya sarfi o'rta hisob bilan 10-11% ortadi. Iqlimiy sharoit ta'sirida ham asosiy almashinuv miqdori o'zgaradi: Tropiklarda o'rta geografik kengliklardagiga nisbatan 10-20% kam va shimolda sovuq vaqtida ortiq bo'ladi. kifoyalanish noto'g'ri bo'ladi. Organizm uchun ovqatning tarkibi, ya'ni oqsillar, yo lar va karbonsuvlarningiborligi, ularning sifati va nisbati juda muhimdir. Ovqat ratsionini tuzganda oqsil minimumini emas, balki oqsil optimumini, ya'ni organizm ehtiyojlarini to'la qondiruvchi oqsil miqdorini nazarda tutish kerak. Shundagina organizm kayfiyati yaxshi, ish qobiliyati yuqori, yuqumli kasalliklarga chidamliligi yetarli darajada bo'ladi, bolalarning esa sish ehtiyojlari ham qondiriladi. Katta yoshdagi odam bir kecha-kunduzda rta hisob bilan 80-100g oqsil iste'mol qilib tursa, mu'tadil fiziologik sharoitda organizmning yengil ish vaqtidagi'ehtiyojlarini to'la qondiradi. rtacha o irlikdagi ishda qariyb 120 g, o ir jismoniy mehantda esa qariyb 150-160 g oqsil iste'mol qilish zarur. Shundan kamida 30% i hayvon oqsillari bo'lishi zarur. Bolalarning I kg vazniga hisob qilingan oqsil miqdori ularning o'sish ehtiyojlarini nazarda tutib biroz oshirilishi kerak. 1-3 yoshdagi bolalarga bir kecha-kunduzda 55 g oqsil, 4-6 yoshdagi bolalarga 72 g, 7-9 yoshdagi bolalarga 89 g oqsil kerak, 10-15 yoshdagi bolalar bir kecha-kunduzda 100-106 g dan oqsil iste'mol qilishi zarur. Ovqat rasionida kamida 60 g yog' bo'lishi zarur, chunki yog'da eruvchi vitaminlar va 108 hujayra tuzilishiga zurur lipoidlar yog'lar tarkibiga kiradi. Odam bir kecha-kunduzda 300 kkal sarflaganda qariyb 100 g yog' iste'mol qilishi zarur. ; Ovqatda karbonsuvlar, mineral tuzlar va yetarli miqdorda vitaminlar bo'lishi kerak. Odam ovqatdagi karbonsuvlarning bir kecha-kunduzlik miqdori 400-500 g bo'lishi kerak. Mineral tuzlarning o'rta hisob bilan 60-80% o'zlashtiriladi. Aralash ovqatning 82-90% o'zlashtiriladi. Ovqat ratsionini tuzish Ovqat ratsionini tuzganda, unda yetarli miqdorda oqsil, karbonsuv va yog'lar bo'lishini nazarda tutish lozim. Bu bilan birga bu moddalarning bir qismi hayvon mahsulotlaridan bo'lishi kerak. Ovqat moddalari oksidlanganda ajralib chiqadigan kaloriyalar miqdori organizmning sarf qilgan issiqligini qoplashi lozim. Ovqatda yangi sabzovot yoki mevalar bo'lishi shart. Bular asosiy vitamin manbalaridir. . • .; Ovqatning o'zlashtirilishi va shu kabilar hisobga olinishi lozim.; Ovqat mazali qilib tayyorlanishi kerak. Ozoda qilib, chiroyli dasturxon yasash, ovqatni o'xshatib tayyorlash ishtahani ochadi, hazm a'zolarining ishini kuchaytiradi va ovqatning yaxshiroq hazm bo'lishiga, binobarin, yaxshiroq o'zlashtirilishga yordam beradi. Odam odatda aralash ovqatlarni iste'mol qiladi. Sunday ovqatlarda oziq moddalar va ovqatga maza kiritadigan ekstraktiv moddalar bo'ladi. Ovqatga bunday maza kirituvchi moddalar go'shtda va boshqa ba'zi bir mahsulotlarda ko'p bo'ladi, shuning uchun ham go'sht sho'rvasi va suyuq osh hazm bezlariga ta'sir etib, ularning zo'r berib ishlashiga sabab bo'ladi. Ovqat ratsionini to'g'ri tuzish uchun muayyan mahsulotlardagi oqsillar, yog'lar-va karbonsuvlarning miqdorini va kaloriya qimmatini bilish kerak. 15-javdal turli mahsulotlarning tarkibi va kaloriya qimmati haqida tasavvur beradi. Ko'pchilik kishilar me'daga ovqat kirganda kelib chiqadigan to'yish sezgisiga ahamiyat beradilar. Me'da oziq moddalari kam, lekin katta hajmli ovqat bilan to'lsa, odam o'zini to'ydim deb his qilishi murnkin. 15-jadvalda keltirilgan ma'lumotlarni hisobga olib, ilmiy asosda rasion tuzish mumkin. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling