E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

Siydik chiqarish 
 
Siydik  burama  kanalchalardan  o'tgandan  keyin  chiqarish  yo'llari  orqali  buyrak 
jomlariga tushadi, buyrak jomlaridan esa, siydik yo'llari orqali qovuqqa keladi. Siydik 
qovuqda  to'planib  turadi  va  hyech  bir  o'zgarmaydi.  Siydik  uzluksiz  hosil  bo'ladi, 
qovuq esa to'lgan sayin bo'shab turadi. 
Qovuqdan  siydik  chiqarish  kanali  boshlanadigan  joyda  ikkita  sfinkter  bor  (haiqa 
shakiidagi  mushak  tutamlari  shunday  deb  ataladi).  Odatda  ular  qisqarib,  qovuqdan 
chiqish  teshigini  jips  yopib  turadi.  Sfinkterlardan  biri  qovuqdan  chiqish  yo'lini 
berkitib  turadi  va  qovuq  sfinkteri  deb  ataladi,  ikkinchi  sfinkter  esa,  siydik  chiqarish 
kanalini  yopib  turadi  va  siydik  chiqarish  kanalining  sfinkteri  deb  ataladi.Siydik 
chiqarilmayotgan 
vaqtda 
sfinkterlar 
yopiq 
turganligidan 
siydik 
qovuqda 
to'planaveradi. Siydik qovuqdan siydik yo'llariga qaytib chiqa olmaydi, chunki siydik 
qovuqqa  (siydik  pufagiga)  qiyshiq  yo'nalishda  kiradi;  qovuq  siydik  bilan  to'lganda 
devoridagi mushak qavati siydik yo'llarining teshigini bosadi va yopib qo'yadi. 
Qovuqqa  simpatik  va  parasimpalik  asablardan  tolalar  keladi.  Simpatik  asablar 
qo'zg'alganda  siydik  yo'llarining  harakati  (perstaltikasi)  kuchayadi,  qovuq  devorlari 
bo'shashadi,  sfinkteri  esa  yanada  qattiqroq  qisadi;  shunday  qilib,  simpatik  asabning 
qo'zg'alishi  qovuqda  siydik  to'planishi  uchun  qulay  sharoit  tug'diradi.  Parasimpatik 
asablarning qo'zg'alishi simpatik asablarning qo'zg'alishida ko'riladigan hodisalarning 
aksini  vujudga  keltiradi.  Qovuq  devorlari  parasimpatik  asablar  ta'sirida  qisqaradi, 
sfinkteri bo'shashadi va siydik qovuqdan haydalib chiqadi. 
Siydik  chiqarish-refleks  yo'li  bilan  bo'ladigan  hodisadir.  Qovuqdagi  siydik 
bosimining  ortishi  tufayli  markazga  intiluvchi  asablarning  oxirlari  ta'sirlanadi. 
Qovuqqa siydik kirgan sayin undagi bosim oshadi va devorlari cho'ziladi. Qovuqdagi 
bosimning suv ustuni hisobi bilan 12-15 sm gacha ko'tarilishi va qovuq devorlarining 
cho'zilishi  qovuq  devoridagi  asab  oxirlariga  (markazga  intiluvchi  asab  oxirlariga) 
ta'sir  etadi.  Retseptorlarda  qo'zg'alish  paydo  bo'ladi,  bu  qo'zg'alish  markaziy  asab 
tizimiga o'tadi, u yerdan esa mark'azdan qochuvchi harakatlantiruvchi asabfar orqali 
qovuqqa  kelib, uning  qisqarishiga, shu  bilan  birga  sfmkterlarning  bo'shashiga  sabab 
bo'ladi. Natijada siydik chiqariladi. 
Refleks  yo'li  bilan  siydik  chiqarish  markazi  orqa  miyaning  dumg'aza  bo'limidadir. 
Markaziy  asab  tizimining  oliy  bo'limlari:  uzunchoq  miya,  o'rta  miya  va  bosh  miya 
po'stlog'i o'sha markazning reflektor faoliyatiga ta'sir etadi. Markaziy asab tizimining 
shu  bo'limlaridan  keluvchi  qo'zg'alish  orqa  miyadagi  siydik  chiqarish  markaziga 
borib, siydik chiqarishga refleks yo'li bilan ta'sir etadi. 
Odam  siydikni  tuta  oladi  yoki  qovug'i  yetarli  to'lishmaganda  va  siydik  chiqarish 
refleksi  bo'lmaganda  ham  siydik  chiqara  oladi.  Siydik  chiqarishga  bosh  miya 


 
114 
po'stlog'i ta'sir  etadi. Bosh  miya  po'stlog'idan  siydik  chiqarish kanalining  sfinkteriga 
impulslar  kelib,  uni  bo'shashtiradi.  Yosh  bolalar  asta-sckin,  ulg'aygan  sayin  siydik 
tutadigan  bo'lib  qoladi.  Katta  yoshli  bolalar  va  o'rta  yashar  kishilarning  beixtiyor 
siydik chiqarishi, shuningdek kechasi siydik tuta olmasligi markaziy asab tizimining 
xastaligidan darak beradi. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling