E nuritdinov
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)
Daltonizm (rang ko'rlik)
136 Odamda ko'zning muayyan bir nuqsoni bor, bu ranglarni qisman yoki tamomila sezmaydigan bo'lib qolishdir (rang ko'rlik). Bunday nuqson (daltonizm) yoki rang ajratolmaslik ham deyiladi. Bunday kasallikka uchragan kishi hyech qanday kasallik belgisini sezmaydi. Uning ko'ziga hamma narsa faqat bir tusda - kul rang bo'lib" ko'rinadi. Daltonizmni birinchi marta ingliz kimypgari Dalton aniqlagan, shuni uchun bu kasallikka shunday nom berilgan. Daltoniklar odatda qizil va yashil ranglarni ajratmaydilar. Daltonizm ancha tarqalgan kasallikdir. Erkaklarning taxminan 8% va ayollarning 0,5% bu kasallikka mubtalodir. Rang ajratolmaslikning ikki turi-protanopiya va deyteranopiya ko'proq uchraydi. Aslida qizil rangni ajratolmaydigan kishilar - protanoplarni daltoniklar deb atashadi, ularning nazarida spektr qizil tomondan qisqargan, to'lqin uzunligi 490 mmk bo'lgan qismi (ko'k-havo rang nurlar) esa rangsiz tuyuladi. Yashil rangni ajrata olmaydigan kishilar-deyteranoplar yashil ranglarni to'qqizil, kul rang, sariq ranglarga aralashtirib yuborishadi; havo rangni binafsha rangdan ajratisha olmaydi. Ularning nazarida spektr qisqargan emas, balki rangsiz nuqta spektrning qizil tomoniga yaqin bo'ladi (500 mmk ga yaqin). Binafsha rangni ajrata olmaydigan kishilar-tritanoplarga spektr binafsha tomonidan qisqargan tuyuladi. Lekin tritanopiya kam uchraydi. Tamomila rang ajrata olmaslik ham uchraydi, bunda narsalar xuddi rangsiz rasmga o'xshaydi. E.Gering nazariyasi daltonizmni to'r pardada tegishli modda yo'qligi'bilan izohlaydi, ammo uning turlari - protanopiya va deyteranopiyani tushuntirib bera olmaydi. Yung-Gelmgols nazariyasiga muoffiq, rang ko'rlik hodisalari qizil, yashil yoki binafsha rangga reaksiya ko'rsatadigan tegishli elementlar to'r pardada yo'qligi bilan izohlanadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling