E nuritdinov


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/158
Sana08.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#239554
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   158
Bog'liq
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005 (1)

 
Qo'zg'alish 
 
        Qo'zg'aluvchan  hujayralar  uchun  ta'sirlovchilarning  ta'siriga  o'ziga  xos  javob 
beradigan qobiliyati bor,ularda maxsus fiziolo-gik jarayon -qo'zg'alish ro'y beradi. 
         Qo'zg'alish  fizikaviy  va  kimyoviy  jarayonlar  va  funksional  o'zgarishlar 
yig'indisida 
namoyon 
bo'ladigan 
murakkab 
to'lqin-simon 
biologik 
reaksiyadir.Qo'zg'alish  jarayonida  hujayra  mem-branasining  bioelektrik  jarayonlari 
o'zgaradi,  hujayra  fiziolgik  tinchlik  holatidan  shu  hujayraga  xos  fiziologik  faol 
holatiga  o'ta-di:  mushak  qisqaradi,bez  hujayrasi  sekret  chiqaradi,asab  impuls-lari 
paydo bo'ladi. 
         Qo'zg'aluvchan hujaylarda uning sitoplazmasi bilan tashqi muhit o'rtasida, ya'ni 
hujayra  yuzasidagi  membrananing  ikkala  tomonida  biopotensiallari  doim  farq 
qiladi.Hujayra  membranasi  shu  tariqa  qutblangan  (polarizatsiyalangan)-ichki  yuzasi 
tashqi  yuzasiga  nisbatan  manfiy  zaryadli.Shu  potensiallar  farqini  mem-brana 
potensiali deb atashadi. Bu farq bir necha o'n millivoltga mos keladi. 
        Har qanday organizm va uning barcha hujayralari ta'sirla-nuvchan bo'ladi, ya'ni 
tashqi  muhit  ta'sir  etganda  o'z  struktura-sini  o'zgartirish,  aktiv  faoliyat  ko'rsatish,bu 
faoliyatni  kuchay-tirish  yoki  susaytirish  bilan  javob  beradi.Turli  ta'sirlarga  javoban 
organizm  va  hujayralari  strukturasining  o'zgarishini  biologik  reaksiyalar,ularni 
vujudga keltiradigan va yuzaga chiqaradigan ta'sirlarni esa ta'sirlovchi yoki stimullar 
deb yuritishadi. 
        Tashqi  muhitning  yoki  organizrn  ichki  holatining  bar  qan-day  o'zgarishi 
yetarlicha  katta  bo'lsa,  yetarlicha  tez  ro'y  bergan  bo'lsa  va  uzoq  davom  etsa,tirik 
hujayraning yoki butun organi-zmning ta'sirlovchisi bo'la oladi.
 . 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling