E-qaror gov uz 51-7-0-F/23


Download 269.06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi269.06 Kb.
#1476536
Bog'liq
51-7-0-F 23.pdf VILOYAT HOKIMINING FARMONI



e-qaror.gov.uz
51-7-0-F/23
1
2023 - yil 16 - mart
51-7-0-F/23
Samarqand viloyat hokimligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal
xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 194-sonli qarori ijrosini ta’minlash
haqidagi viloyat hokimi o‘rinbosarining 2023-yil 11-martdagi bildirgisi hamda Samarqand
Gidrometeorologiya boshqarmasining ma’lumotnomasini inobatga olib,
1. Viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov), Samarqand viloyati Uy-joy kommunal
xizmat koʻrsatish boshqarmasi (B.Negmatov), “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali
(A.Muxammadiyev)ning Samarqand viloyati hududidagi ijtimoiy soha obyektlari hamda turar-joy
binolarida isitish mavsumini tugatish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Viloyat hududidagi ijtimoiy soha obyektlari hamda turar-joy binolarini isitish davri 2023-
yilning 16-mart kunidan boshlab yakunlansin.
3. Viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi (B.Negmatov), “Issiqlik
manbai” davlat unitar korxonasi (N.Gazibekov)ga:
10 kun muddatda “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasiga qarashli isitish qozonlari,
issiqlik uzatish tarmoqlarini xatlovdan o‘tkazib, 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash
chora-tadbirlarini belgilash;
20 kun muddatda issiqlik energiyasini qabul qiladigan ko‘p qavatli uy-joylardagi mavjud
isitish tarmoqlarini 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash chora-tadbirlarini belgilash
hamda shu asosda joriy va mukammal ta’mirlash ishlarini 2023-yil 1-sentabriga qadar yakunlash
vazifasi yuklatilsin.
4. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi (Sh.Sultonov), viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi
(D.Jumaniyozov), viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi
(Gʻ.Norkulov) va viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi (Z.Jo‘rayev)ga tizimga qarashli
ijtimoiy soha obyektlaridagi mavjud qozonxonalar, qozonlar issiqlik uzatish tarmoqlari va isitish
pechlarini 10 kun muddat ichida xatlovdan o‘tkazib, aniqlangan kamchiliklarni joriy yilning 15-
avgustiga qadar bartaraf etish choralarini ko‘rish;
bunda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-sentabrdagi
“Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joylar fondini 2022/2023-


e-qaror.gov.uz
51-7-0-F/23
2
yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
522-sonli qaroriga asosan dasturga kiritilgan ijtimoiy soha muassasalaridagi isitish qozonlarini
zamonaviy energotejamkor qozonlarga almashtirish choralarini ko‘rish kabi vazifalar yuklatilsin.
5. “O‘zneftgazinspeksiya” Samarqand hududiy bo‘limi (I.Maxsumov),
“O‘zenergoinspeksiya” Samarqand hududiy bo‘limi (B.Siddiqov) va Sanoat xavfsizligi davlat
qo‘mitasi Samarqand hududiy boshqarmasi (Z.Sharapov)ga 2023-2024-yillar kuz-qish davrida
viloyatda ijtimoiy soha obyektlari hamda turar joy binolarini barqaror ishlashiga hozirlash
bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
6. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov
zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi
E.Turdimov

Download 269.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling