E-qaror gov uz Vi-42-3-10-144-K/22
Download 205.06 Kb. Pdf ko'rish
|
VI-42-3-10-144-K 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Q A R O R Q I L A D I
e-qaror.gov.uz
VI-42-3-10-144-K/22 4 qayta tiklandi. Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalardan 4-chorak davomida quyidagicha sarflandi. Daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi mablag‘lari hisobidan: tuman hokimligiga, profilaktika inspektorlari va post patrul xizmati xodimlarini shtat birliklarini saqlash ish haqi to‘lovlari uchun 217,0 mln so‘m; tuman hokimligiga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” uchun 300,7 mln so‘m; tumandagi MFYlarga qurilish mahsulotlarini hamda elektr ta’minoti uchun beton ustunlarini xarid qilish xarajatlari uchun 85,0 mln so‘m; tumandagi MFYga tabiiy gaz quvurlarini xarid qilish uchun 25,0 mln so‘m; tuman hokimligi va hokimlikga qarashli boshqa bo‘limlarning xodimlarini rag‘batlantirish xarajatlari uchun jami 291,1 mln so‘m; tuman hokimligiga Chinoz tumanidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga olingan uylar uchun mebel jixozlarini xarid qilish xarajatlari uchun 19,0 mln so‘m; tuman hokimligiga “Ko‘zi ojizlar” jamiyati Chinoz tumani bo‘linmasiga 2021-yil uchun sarf-xarajatlari uchun 5,5 mln so‘m va boshqa xarajatlar uchun sarflandi. Budjet to‘g‘risidagi qonunning 20-moddasiga asosan tuman mahalliy budjetning 2022-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldik mablag‘lari 5 mlrd 47 mln 900 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lib ilovada keltirilgan maqsadlar uchun yo‘naltirish nazarda tutilmoqda. Chinoz tumani mahalliy budjetining 2021-yilgi ijrosi hamda 2022-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini sohalar bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida Chinoz tumani hokimligi Moliya bo‘limi mudiri M.Abdullaevning hisobotini eshitilib, bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni inobatga olib, хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi Q A R O R Q I L A D I: 1. Chinoz tumani mahalliy budjetining 2021-yilgi ijrosi hamda 2022-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini sohalar bo‘yicha taqsimoti to‘g‘risida Chinoz tumani hokimligi Moliya bo‘limi mudiri M.Abdullaevning bergan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. Ta’kidlab o‘tilsinki, 2021-yilgi budjet ijrosi bo`yicha tuman mahalliy budjeti daromadlari 47 mlrd 670 mln so‘m aniqlangan rejaga nisbatan 6 mlrd 401 mln so`m oshgan holda, mahalliy budjetning xarajatlar ijrosi esa 128 mlrd 207 mln so‘m miqdorida bajarilishi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Chinoz tumani mahalliy budjetining ijrosi 2021-yil davomida 17-son shakl ma’lumotnoma- bildirishnomalarni inobatga olgan holda kiritilgan barcha o‘zgartirishlar bilan tasdiqlansin. 3. Chinoz tumani mahalliy budjetning 2022-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldik mablag‘larini yo‘naltirish ilovaga asosan tasdiqlansin. 4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Sh.Ro‘zi-Qoriev hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqaritish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari U.Yuldashev zimmasiga yuklatilsin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling