E-qaror gov uz Vi-59-7-4-58-K/23


Download 214.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana13.04.2023
Hajmi214.96 Kb.
#1352715
1   2   3
Bog'liq
VI-59-7-4-58-K 23

e-qaror.gov.uz
VI-59-7-4-58-K/23
2
hamda loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
tuman aholisini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bu borada
kafolatlangan zaxirasini yaratish va ularni bozorga uzluksiz yetkazib berish hamda
narx-navo barqarorligini ta’minlash ishlariga ustuvor darajada e’tibor qaratish;
faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik va kichik biznes subyektlarini
rivojlantirish, yangidan kichik biznes subyektlari tashkil etish hamda tadbirkorlik va
kichik biznes subyektlariga yanada qulay sharoitlar yaratish;
tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish maqsadida, iqtisodiy o‘sish omillarini
belgilab olish va amalga oshirish choralarini ko‘rish;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida mahalliy
tadbirkorlar bilan hamkorlikda investitsiya loyihalari shakllantirish;
2023-2022-yillarga amalga oshirilishi mo‘ljallangan hududiy investitsiya
loyihalarini o‘z vaqtida ishga tushirilishini nazoratga olish va yangi yirik va o‘rta
loyihalarni shakllantirish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish;
suv resurslaridan oqilona foydalanish;
energiya tejamkorligi;
“Yashil makon” umummilliy loyihasi,“Yashil iqtisodiyotni”ni rivojlantirish;
ijtimoiy infratuzilma obyektlari gaz, elektr, suv va yo‘l bilan bog‘liq
muammolarni bartaraf etishga qaratilgan aniq choralarni ko‘rish;
yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-
quvvatlash maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini
oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash;
o‘quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot
ko‘nikmalarini shakllantirish;
davlat xususiy sherikchilik shartlari asosida maktabgacha ta’lim muassasalari
qurilishini tashkillashtirish;
bog‘chalar sonini ko‘paytirish, ulardagi ta’lim va tarbiya sifatini tubdan
yaxshilash bog‘cha qamrovini kengaytirish bo‘yicha xususiy sektorga qo‘shimcha
sharoitlar yaratish;
inson salomatligi, “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” yangi
umummilliy harakatini shakllantirish, aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada
yaqinlashtirish;
onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha yangi tadbirlar
ishlab chiqish;
tumanning har bir sektori kesimida aholi punktlarini arxitektura qiyofasini
o‘zgartirish bo‘yicha og‘ir va muammoli ko‘chalarni “Obod ko‘cha” sifatida tanlab



Download 214.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling