E-qaror gov uz Vi-66-13-7-99-K/23
Download 208.49 Kb. Pdf ko'rish
|
VI-66-13-7-99-K 23
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILADI
e-qaror.gov.uz
VI-66-13-7-99-K/23 2 Tuman prokurori N.Soyipovaning hisobotidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish oltinchi sessiyasi QAROR QILADI: 1. Tuman prokurori N.Soyipovaning 2022-yil davomida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati yuzasidan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2. Tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari, tumandagi barcha korxonalar va tashkilotlar, fuqarolar yig‘inlari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari hamda tuman Kengashining barcha deputatlari o‘z saylov okruglari bo‘yicha jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin. 3. Tuman Ichki ishlar bo‘limi (Z.Suvonqulov)ga: profilaktika inspektorlari tomonidan mahalla raislari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda notinch va noqobil oilalar ro‘yxatini tuzish va oiladagi ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; ilgari sudlangan shaxslarni profilaktik hisobga olish va ular bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazish ishlarini sifatini yanada yaxshi yo‘lga qo‘yish; jinoyat sodir etgan shaxsni yashash joyidagi mahallada muhokama qilishni doimiy tashkil qilib borilishini nazoratga olib borsin. 4. Tuman hokimining o‘rinbosari (S.Xujamiyarov), tuman Ichki ishlar bo‘limi (Z.Suvonqulov), tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi (N.Jalaliddinov), tuman Xalq ta’limi bo‘limi (O.Jangirov) va kasb-hunar maktablari rahbarlari: voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishda asosiy e’tibor, ularning ijtimoiy muhofazasi, sog‘lig‘i, ta’lim-tarbiyasi, bandligi va har tomonlama barkamol voyaga yetishini ta’minlashga oid qonunchilik ijrosini qat’iy ta’minlasin; O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o‘tkazib borsin va natijasi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rsin. 5. Tuman Xalq ta’limi bo‘limi (O.Jangirov), 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori (I.Tursunov)ga: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling