Echiura va sipuncula tiplari
Download 117 Kb.
|
Echiura va Sipuncula tiplari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayirish organlari
- Nerv sistemasi
Qon aylanish sistemasi. Qon tomirlari yo‘qolib ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining qoldig‘i-lakunlar qon tomirlari siqatida xizmat qiladi. Katta tomir (lakun)lar to‘rtta bo‘lib, orqada, qorin tarafda va ikki yon tomonda joylashgan. Selom bo‘shlig‘ining suyuqlig‘i bilan aralashgan qon mazkur lakunlar va ularninng bir-biriga tutashtirgan mayda tomirlarda harakat etiladi. Maxsus nafas olish organlari bo‘lmagani uchun qon teridan o‘tgan kislorodni va hazm bo‘lgan oziqni tarqatishga xizmat qiladi.
Ayirish organlari 17 juft metanefridiylardan tuzilgan. Tana bo‘shlig‘i bo‘lmaganligi uchun bularning voronkasimon qismi yopiq (osti o‘ralgan) – pufaksimon shaklda. Ayirish naychalarining har biri pastda kengayib, siydik pufakchalari hosil qiladi. Bularining har biri alohida tashqariga ochilgan. Zuluklar ikki jinsli 10-12 juft urug‘donlari ikkita uzun urug‘ yo‘liga tutashgan. Ikkita urug‘ yo‘lining har biri oldingi tomondagi buklanagn urug‘ qopchiqlariga ochiladi (bularda sperma saqlanadi). Naychasimon urug‘ qopchiqlariga o‘z navbatida urug‘ chiqarish kanaliga, ular esa bitta-muskulli qo‘shilish organiga tutashgan. Bu organ qo‘shilish vaqtida tashqariga qayrilib chiqadi. Tuxumdonlari bir juft. Kalta tuxum yo‘li bitta tuxum chiqarish naychasi orqali qinga ochilgan. Qin teshigi tananing oldingi-qorin tomonida, qo‘shilish organining pastrog‘ida joylashgan. Bularda ham jinsiy yo‘llarga yaqin, tananing oldingi qismida “kamar segmentlari” bo‘lishi harakterlidir. Bular ham “kamar” vositasida pilla yasab o‘z tuxumini pilla ichiga qo‘yishadi. Nerv sistemasi “bosh miya” (halqum usti nerv tugunlari), u bilan komissuralar orqali tutashgan halqum osti nerv tugunlari va qorin nerv zanjiridan tarkib topgan. Qorin nerv zanjiri bir nechta bir-biri bilan tutashgan tugun (gangliya) lar shaklida tuzilgan bo‘lib, qoirn tomonidagi lakun bo‘shlig‘ida joylashgan. Terisida juda ko‘p mayda sezuv bo‘rtmalari joylashgan bo‘lib, bular terisi sezuv va hid sezuv vazifalarini bajaradi. Bundan tashqari boshning ustki tomonida 4-5 juft mayda ko‘zchalar bo‘ladi. Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling