Ecologiya MurodovSh lot doc
Kichik (biologik) aylanish uzluksiz va davriy, biroq
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya
Kichik (biologik) aylanish uzluksiz va davriy, biroq organik birikmalarning sintez jarayonida qatnashuvchi va keyinchalik uning yemirilishini fazo va vaqtda elementlarning notekis aylanma harakatini ifodalaydi. Ikkinchi xususiyati – energetika miqyosida. Yer Quyoshdan tushayotgan 28% ga yakin energiyani qaytaradi va taxminan 46% issiqlikka aylanadi. Energiyaning qolgan eng katta qismi katta aylanishga to’g’ri keladi: suvning bug’lanishiga va yog’ingarchilikka 24%, shamol, to’lqin va oqim energiyasining paydo bo’lishiga 1% (boshqa ma‘lumotlar bo’yicha 0,2% ga yaqin) sarflanadi. Kichik aylanishga (fotosintez) bor-yo’g’i 0,8 – 1,0 % qoladi. Shunday bo’lsada, bu ko’pmi yoki oz? Taqqoslash uchun ko’rsatib o’tamizki, Yerga tushayotgan energiya 10 -4 yillik quyosh radiatsiyasidan oshmaydi. Biroq oddiy tropik tsiklon mavjud bo’lganda, 10 kun ichida ajraladigan energiya miqdori AQSh kabi davlatni 600 yil (Prox, 1983) elektroenergiyaga bo’lgan talabini qondirish uchun yetishi mumkin. Yerda har yili 100 ga yaqin shunday tsiklonlar bo’ladi. Shunday qilib, 1%-bu yetarli darajadan ko’p. Biroq ushbu foizning 99% dan ko’prog’i trofik zanjirlarda «yo’lda» yo’qoladi, ya‘ni trofik zanjirlardan o’tishda va avtotroflarga energiyaning qaytishi, dastlabki miqdoriga nisbatan 0,25% dan oshmaydi. Demak, mavjud moddiy aylanishlarni to’liq ta‘minlashga erishganligi uchun energetik aylanishlar bo’lmaydi. Uchinchi xususiyat – kichik aylanishda moddalar yo’qotilishi. Biosferadagi bu minimal yo’qolish, biogeotsenozlar 51 70 www.qmii.uz/e-lib www.qmii.uz/e-lib cheklashga ega ekanligini ko’rsatdi (Odum, 1975). Birinchidan, bu faqat turg’un holat moddalarning (va energiyaning) kirishi va chiqishi o’rtasidagi muvozanat mavjud bo’lganda qo’llaniladi. Ikkinchidan, omillarning o’zaro munosabatida qo’shimcha qoidalar aniqlangan bo’lib, ekologik bashorat qilish va loyihalashda: organizm ma‘lum chegarada yetishmagan moddalarni yoki boshqa harakatdagi omillar, funktsional va kimyoviy yaqin moddalar yoki boshqa omillar (omillarning o’zaro munosabati) almashtirish qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling