Edu xat blanka cdr


Download 8.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.03.2023
Hajmi8.56 Kb.
#1245314
Bog'liq
CамДу



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MINISTRY OF HIGHER EDUCATION, SCIENCE AND INNOVATIONS
OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
100174, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 7-uy. Tel.: (998) 71-203-32-23, e-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: www.edu.uz
Samarqand davlat
universitetiga
Vazirlik, Sizning 2023-yil 16-fevraldagi 10-763-son xatingiz yuzasidan
quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Oliy
ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda
stipendiyalar
tayinlash
va
to‘lash
tartibini
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 59-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 13-bandida
1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalarga Avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha
fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’i nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan
o‘zlashtirayotgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori
(oshirilgan) miqdorlarda hamda 15-bandida to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim
bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga
avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’i
nazar to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan yetim bolalar va ota-ona
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga bazaviy stipendiya
miqdorida stipendiya tayinlanishi va to‘lanishi belgilangan.
Shuningdek, 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi
talabalarga akademik qarzdorligi mavjud bo‘lganda stipendiya tayinlanmaydi.
To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum
bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi va 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalarga
akademik qarzdorligini bartaraf etganidan so‘ng keyingi oyning birinchi kunidan
boshlab stipendiya tayinlanishi va to‘lanishini ma’lum qilamiz.
Vazir o‘rinbosari
S. Buzrukxonov
Ijrochi: Y.Pardayev, K.Artikov, J.Кurbonov
Tel:(71) 246-01-79,
27.02.2023-yil
4/21-4/4-510
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: IQ81165166

Download 8.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling