Edu xat blanka cdr


Download 6.43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2023
Hajmi6.43 Kb.
#1761448
Bog'liq
Ўқув жараёни бўйича Кундузги



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MINISTRY OF HIGHER EDUCATION, SCIENCE AND INNOVATIONS
OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
100174, Toshkent sh., Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 7-uy. Tel.: (998) 71-203-32-23, e-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: www.edu.uz
06.10.2023-yil
2/18-10/23-son
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim,
fan va innovatsiyalar boshqarmalariga
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 15-sentabrdagi
“2023/2024 o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga abiturientlarni o‘qishga qabul
qilish to‘g‘risida”gi 424-sonli buyrug‘iga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili uchun
kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha test sinov natijalari
bo‘yicha o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarda kunduzgi ta’lim shaklida
o‘quvchilar qabul qilingan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv jarayonini
2023-yil 9-oktabrdan boshlanishini tashkil etishingiz so‘raladi.
Kollej va texnikumlarda kunduzgi ta’lim shaklida kasb va mutaxassisliklar
bo‘yicha ishchi o‘quv reja va o‘quv jarayoni grafiklarini vazirlik tomonidan tavsiya
etilgan uslubiy tavsiya va yo‘riqnomalarga muvofiq ishlab chiqilishini hamda o‘quv
jarayonini tashkil etilishini qat’iy nazoratga olinishingiz lozim.
Vazirning
birinchi o‘rinbosari
K.Karimov
Ijr.: E.Ergashev
Tel.: 71 207-16-78
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: BC52223495

Download 6.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling