Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: inqirozli oilalar uchun ijtimoiy psixologik xizmat mazmuni asoslarini o’rganish.
Tadqiqotning obyekti: inqirozli oilalar uchun ijtimoiy psixologik xizmat mazmunining psixologik mohiyati, xususiyatlarini mustaqil tadqiqot sifatida bitiriuv malakaviy ish shaklida o’rganish.
Tadqiqotning predmeti: inqirozli oilalar uchun ijtimoiy psixologik xizmat mazmunining ta’limdagi muhim psixologik masalaligining mustaqil ilmiy tahlili.
Bititiruv malakaviy ishning vazifasi;
- O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishida oilaning o’rni maslasini o’rganish;
- Oiladagi turmush tarzi va uning ziddiyatlarini o’rganishning ahamiyatini tadqiq qilish;
- Oilaviy munosabatlarning ilmiy metodologik asoslarini tahlil qilish;
- Oilada er xotin munosabatlarning shakllanishi va uning psixologik jihatlariini ilmiy asoslash;
- Oilaviy munosabatlarning buzilishi va ularning oqibatlarini ochib berish;
-Inqirozli oila a’zolari uchun ijtimoiy psixologik xizmat mazmunini tadqiq qilish.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy metodologik asosini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, farmonlari, qarorlari, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar mahkamasining pedagogik ta’limga doir qarorlari, O’zbekiston Respublikasida amal qiladigan uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimining nazariy asoslari, qonuniyat va tamoyillari, o’ziga xos yo’nalishlari ta’lim-tarbiya jarayonining shakllanishi, psixologiya fani taraqqiyoti bosqichlarini o’rgatuvchi psixologik fanlar bo’yicha to’plangan materiallar, psixologiya fani xuloslarini mujassamlashtirgan ilmiy manbalar, psixologiya yo’nalishidagi monografik asarlari, zamonaviy ta’lim-tarbiya vositalari va psixologik metodlarini o’z ichiga olgan ilmiy manbalar tashkil qiladi.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi; mavzuning ilmiy psixologik ilmiy manbalar asosida muallif tomonidan mustaqil o’rganilganligi, mavzu dorasida ushbu dolzarb psixologik muommoning tahlil qilinganligi, bitiruv malakaviy ishning xulosa va tavsiyalaridan, muallifning shaxsiy mulohozalaridan psixologlar, maktab o’qituvchilari tomonidan talabalar, o’quvchilar orasida olib boriladigan psixologik yo’nalishdagi tadbirlarda, foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |