Education in Malaysia


Download 1.82 Mb.
bet39/124
Sana15.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1484351
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124
XXI asr oilasi har bir fuqaroning kuch va iqtidorini o’z halol va safarbar mehnati orqali ro’zg’orning iqtisodiy takomilini ta’minlash, shu orqali jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining samaradorligi va qudratini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar makonidir. Oila iqtisodini barqarorlashtirishda oilaviy tadbirkorlik, ijara, oilaviy ishlab chiqarish, kasanachilik shakllaridan oqilona foydalanadi va oila byudjetini yaxshilash, turmush tarzini farovonlashtirish uchun zamonaviy texnika va texnologiyalardan, maishiy xizmat shahobchalari xizmatidan unumli va o’rindi foydalanadi;
XXI asr oilasi o’z fuqarolarida yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish orqali insonlarga berilgan huquq va erkinliklarga ongli munosabatini ta’minlovchi, bunda milliy, umuminsoniy va demokratik tamoyillar ma’no-mohiyatini yetkazuvchi ijtimoiy institutdir;
XXI asr oilasi o’zining intellektual salohiyati, aql-zakovati va iqtidori bilan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanish orqali innovasion kashfiyotlar va yuksak texnologiyalarni oila barqarorligiga yo’naltiruvchi, sog’lom ijodiy muhitni ta’minlovchi makondir.

TAKLIFLAR
Birinchidan, bugungi kunda davlat ijtimoiy siyosatining muhim jabhalaridan biri aholi nufuzi, sifati masalasidir. Aholi sifati deganda, asosan aholi salomatligi darajasi, bolalar va onalar salomatligi darajasi, o’rtacha umr ko’rish darajasi, reproduktiv ustanovkalari, aholi ma’lumoti va ish bilan bandligi darajasi, milliy qadriyatlar va an’analar saqlanganligi kabi qator tavsiflar tushuniladi. Ya’ni, ta’kidlash joizki. mamlakatimiz ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishshini jadallashtirishning muhim sharti aholi sifatini oshirishdir.
Ikkinchidan, bunga erishish uchun davlatimizda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda, lekin ularning samaradorligini oshirish ilmiy asoslangan milliy siyosat asosidagina ta’minlanishi mumkin. Bunda aniq ilmiy ma’lumotlar, jumladan, aholining tarkibi, stratifikasion xususiyatlari, milliy tarkib albatta inobatga olinishi lozim.
Uchinchidan, O’zbekiston aholisining milliy tarkibi aholi o’rtasida amalga oshiriladigan siyosatning tarkibiy qismi bo’lib, davlatimizdagi demografik vaziyatni ilmiy – asosli baholash va uning monitoringini olib borishga asoslanadi va bu faoliyatni muntazam takomillashtirish lozim.
To’rtinchidan, mamlakat mustaqilligining 20 yili mobaynida amalga oshirilgan ishlar ana shu xalqning yaratuvchanlik yo’lida yagona g’oya atrofida birlashayotganligining isboti bo’lib, bu ishlarning ko’lami O’zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi e’tirofiga sabab bo’ldi. Demokratik ko’nikma va fuqarolik fazilatlari tarbiyalanadigan muhim maskanlardan biri – oiladir.
Beshinchidan, oilaga doir inqirozli muammolarni o’rganish, ilmiy tadqiq qilish o’ta dolzarb xisoblanadi. Ayniqsa, muammolar yechimini topishda yurtimizdagi demografik vaziyat bilan bog’liq holda ish olib borish maqsadga muvofiqdir. Chunki mustaqillik yillaridagi mamlakatni modernizasiya qilish jarayonlarida oila taraqqiyotining barcha jabhalarida o’zgarishlar kuzatilmoqda va o’z-o’zidan yangicha demografik vaziyat yuzaga kelmoqda.
Oltinchidan, oila siyosatining uzoqni ko’zlagan, istiqbolli yo’nalishi jamiyatda oila institutini mustahkamlashga qaratilgandir. Bunday siyosatning fuqarolar tomonidan anglanishi ularda oila-nikoh munosabatlariga nisbatan cheksiz mas’uliyat hissini, o’zi qurgan oilaga nisbatan g’urur va uni qadrlash psixologiyasini shakllantirishiga e’tiborini muntazam qaratish maqsadga muvofiqdir.
Yettinchidan, XXI asr oilasi konsepsiyasini yaratish va uni hayotga joriy etishdan ko’zlangan asosiy maqsad – milliy an’analar, urf-odatlar, umuminsoniy kadriyatlar va jamiyat taraqqiyoti istiqbollarini hisobga olgan oila va uning ijtimoiy muhofazasiga aloqador tashkilot va jamoatchilik muassasalari uchun, oila borasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi olimlar va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga mas’ul bo’lgan ta’lim va tarbiya masakanlari, ota-onalar uchun o’zbek mentaliteti, xalqimizning o’lmas madaniy meroslari, milliy qadriyatlarni inobatga olgan va uning ertasini belgilovchi metodologik hamda nazariy-amaliy qarashlar majmuini yaratishga e’tiborini qaratish kerak.


Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling