Education, upbringing and application of innovative technologies in the field of physical education and sport: problems and solutions
Download 1.09 Mb.
|
1-To\'plam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annatosya
- Kalit so’zlar
Файзиева О.Л.
УзМУ катта уцитувчи Annatosya: Ushbu maqola Oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya darslarida sog‘ligida muammosi bor talabalar uchun mo‘ljanangan. Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi o‘qituvchilarining maxsus tibbiy guruh talabalari bilan ishlash tajribasi na’munaviy mundarijasida keltirilgan. Jismoniy tarbiya darsida mashg‘ulotlar olib borish usullari har bir kasallik turiga qarab alohida mashqlarni yuklash, antropometrik o‘lchov ko‘rsatmalari, talabaning jismoniy etuklikka erishishining shakillanishiga qaratilgan. Uslubiy qo‘llanma ushbu guruhdagi talabalar uchun juda muhim ahamiyatga ega. Annatosya: This article is intended for students with health problems in physical education classes of higher education institutions. The experience of working with students of the special medical group of the teachers of the physical education and sports department is presented in the content of this article. The methods of training in the physical education class are aimed at loading individual exercises depending on tne tupe of disease,anthropometeic, measurement instructions, and the formation of the student’s physical maturity. This article is very important for tnisgroup of students. Kalit so’zlar: Muammoli ta’lim, xavfsizlik qoidalari, tirqishsiz, sog‘lomlashtirish, moslashtirish. Key words: problem-based education, safety rules, nocrack, wellness, adaption. Muammoli ta’lim, xavfsizlik qoidalari, tirqishsiz, sog‘lomlashtirish, moslashtirish. Jamiyatimizda sog‘lom turmish tarzini shakllantirish, aholiningayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommoviy sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi kuchi va imkoniyatlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash,mardlik vatanparvarlik,ona vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirishga yo‘naltirilgan bu qarori jamiyatimizda juda kata o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. OTM da jismoniy tarbiya o‘z sog‘ligi uchun ongli ravishda qayg‘ura oladigan shaxsni tarbiyalash, inson faoliyatidagi qarashlar, qadriyatlar, e’tiqodlar tizmini shakllantirish, jumladan, jismoniy etuklikka, jismoniy barkamollikka erishishga qaratilgan. Bu bitiruvchilarning tayyogarligiga qo‘yilgan malaka talablarida xam o‘z ifodasini topdi. “Sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tassavvur hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish o‘quv va ko‘nikmalariga ega bo‘lshi lozim”. Pedagog nazoratida - jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanganligini, organizmning funksional holatini, asosiy tizimlarni holatini, jismoniy yuklamalarning organizmga ta’sirini, organizm tomonidan berilayotgan javob reaksiyalarini baholashni o‘rgatib boradi. Bu talablarni amalga oshirishning didaktik prinsiplardan biri - talabalarning jismoniy tarbiya va sport faniga ongli munosabatini shakllantirishdir. Talabalar jismoniy faolligini oshirish-talabalarning ongini faollashtirishning yana bir muhim sharti shundaki, OTM da talaba dastlabki, 2 yillik ta’lim davrida uning kelajakdagi kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan muhim ma’lumotlami oladi. Bunda talabaning aqliy mehnati ko‘proq bo‘lib kamxarakatliylik shakillanib boradi natijada bu o‘z navbatida talabaning salomatligi va ishga layoqatining kamayishi, charchoqning ortishiga olib keladi. Shu tarzda, talabaning ruxiy zuriqish bilan bog‘liq aqliy mehnati organizmga katta talablar qo‘yadi va jiddiy kasalliklarga sabab bo‘ladi. OTMlardagi jismoniy tarbiyaning jiddiy muammolardan biri maxsus bo‘limlardagi talabalar sonining ortishidir. O‘zbekistan Milliy universitetida 1-2 bosqich talabalari orasida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdagi ma’lumotlarga ko‘ra (2017-2018 o‘quv yili), ko‘rikdagi 15% talabalarning sog‘ligida muammolar mavjud. Aynan shu turdagi talabalarning sog‘ligini tiklash ko‘p vaqt talab etadi, chunki ularning kun tartibida jismoniy mashg‘ulotlarga diyarli vaqt ajratilmaydi. Sport bo‘limidagi talabalar bo‘sh vaqtining 5-7% sport mashg‘ulotlariga bag‘ishlasa, maxsus tibbiy bo‘lim talabalarida bu ko‘rsatkich esa 4-5 barobar kamligi aniqlanib kelinmoqda. Zamonaviy ilg‘or usulda ta’lim tizimini qayta shakllantirishning bosqichida OTM da ta’lim jarayonini tartibini o‘zgartirish ko‘rib chiqilmoqda. Talabalarning kursni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Kursni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, kompyuter dasturlari, elektron materiallar, amaliy darslarda mos ravishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi. Akademik mashg‘ulotlar soatlari qisqartirilib, talabalarning mustaqil mashg‘ulotlariga ko‘proq vaqt ajratilmoqda. Bundan maqsad esa talabalar o‘zi yoqtirgan mashg‘ulotlari bilan vaqtini yanada ko‘proq shug‘ullanish imkonini yaratadi. Talabalarni jismoniy tarbiya va sport sohasidagi asosiy tushunchalar, maxsus nazariy bilimlar, jismoniy rivojlanish, tayyorgarlikni o‘stirishga oid bilim ko‘nikma va malakalarni oshirishga yordam beruvchi vosita va metodlarini, o‘z-o‘zini jismoniy mukammallashtirish, ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va ulardan mustaqil foydalanishga o‘rgatish. Talabalar salomatligini mustahkamlash va ularning jismoniy kamol topishi va chiniqib o‘sishlariga ko‘maklashish; harakatning asosiy jismoniy sifatlari (tezkorlik, kuch-quvvat, chidamlilik, chaqqonlik, epchillik) ni har tomonlama rivojlantirish; Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar. Jismoniy madaniyat va sport fanini o‘zlashtirish natijasida talaba; jismoniy tarbiya va sport fanining asosiy tushunchalarini, nazariy hamda jismoniy rivojlanish va tayyorgarlikni o‘stirishga qaratilgan amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni oshirishga qaratilgan vosita va metodlarni bilishi; ommaviy sport sog‘lomlashtirish ishlarini va sport musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish, guruhdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya va sport shakllarini rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. Tizimli yondashuv - Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim, jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘likligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv - Individning jarayonli sifatlarini shakllantirish, ta'lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va tezlashtirish, o‘quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Dialogik yondashuv - Bu yondashuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish - Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasida demokratik, tenglik, hamkorlik kabi o‘zaro sub’ektiv munosabatlarga, faoliyat maqsadi va mazmunini birgalikda shakllantirish va erishilgan natijalarni baholashga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Muammoli ta’lim -Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish asosida ta’lim oluvchilarning o‘zaro faoliyatini tashkil etish usullaridan biridir. Bu jarayon ilmiy bilimlarni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini aniqlash, dialektik tafakkurni va ularni amaliy faoliyatda ijodiy qo‘llashni shakllantirishni ta’minlaydi. O‘qitish uslublari va texnikalari - Amaliy (kirish, mavzuiy, ma’lumot, ko‘rgazmali (vizuallashgan), anjuman, aniq vaziyatlarni echish), munozara, muammoli uslub, pinbord, aqliy hujum, tezkor-so‘rov, savol-javob, amaliy ishlash usullari. O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot, ko‘rgazmali, hamkorlik va o‘zaro o‘qitishga asoslangan frontal, jamoaviy va guruhlarda o‘qitish. Kommunikatsiya usullari: talabalar bilan tezkor qaytar aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar turlarini o‘z ichiga oladi. Tibbiy guruhlar o‘rtasida jismoniy tarbiya, sport sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini tashkil etish. Ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari kasb hunar kollejlari hayotida katta o‘rin egallaydi. Birinchidan, talabalar, aspirantlar, o‘qituvchilar va institut xodimlarini jismoniy tayyorgarligini rivojlantirib, foydali ko‘nikma va malakalarini tarbiyalab, ularning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanganishiga zamin yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinlarning tayyorgarligi va qiziqishni hisobga olib, bellashuvlar sharoitini tug‘diradi. Har xil tayyorgarlikdagi sport musobaqasi qatnashuvchilarning musobaqa qoidalarini bajarib ballar, ochkolar to‘plashi shu institutda jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari o‘zining yo‘nalishiga qarab, o‘quv mashg‘ulot, tashviqot va targ‘ibotchi, sport musobaqalariga bo‘linadi. Sport musobaqalari katta foyda beruvchi tashkiliy-ommaviy, sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport tadbirlaridan biridir. Badantarbiya elementlari belgilari o‘zga tadbirlar bilan birga to‘g‘ri ishlatilsa odamlar sog‘lig‘ini mustahkamlaydi, umrini uzaytiradi va kayfiyatini yaxshilaydi. Inb Sino qayd qilib o‘tgan badantarbiya turlariga o‘zaro tortish, musht bilan turtish, kamondan o‘q otish, tez yurish, nayza otish, irg‘ib osilish, bir oyoqda sakrash, qilichbozlik va nayzabozlik, otda yurish, ikki qo‘lini silkitish, bir vaqtda oyoq uchlarida turib qo‘llarini oldiga va orqaga cho‘zib tez harakat qilish mashqlari kiradi. Mana, ko‘rib turibsizki, buyuk olim Ibn Sino tavsiya qilgan badantarbiya mashqlarining turlari bugun bizga etib kelibgina qolmay, balki shu turlardan halqaro musobaqalar o‘tkazilib kelinayapti, ushbu harakat o‘yinlari Osiyo va Olimpiada o‘yinlari dasturidan ham o‘rin olgan. Jismoniy tarbiya mutaxassislari yosh avlodni jismoniy tarbiyalash va jismoniy rivojlantirish mehnatga va hayotga tayyorlash hamda aholini sog‘lomlashtirish vazifalarini bajaradilar. Shuning uchun ular o‘z sohalarini etuk mutaxassislari va mohir sportchilar bo‘lishlari kerak. Ular jismoniy tarbiya jarayonida harakatlarga o‘rgatish, harakat malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda jismoniy mashqlar texnikasiga o‘rgatishda o‘zlari nazariy va amaliy jihatdan yuksak darajada tayyorgarligi bilan o‘rnak bo‘lishlari kerak. Shu bilan birga tarbiyachi mutaxassislar ahloqiy va ma’naviy etukligi shug‘ullanuvchilarga har qanday yordamga tayyorligi ularda iroda va ruhiy fazilatlarni tarbiyalashda mohir do‘st ekanligi bilan ajralib turishlari kerak. Tarbiya jarayonining ko‘p qirraliligi va murakkabligi jismoniy tarbiya mutaxassisi zimmasiga ko‘p mas’uliyat yuklaydi. Jismoniy tarbiya mutaxassislarining pedagogik mahorati ham jismoniy tarbiya jarayonlari kabi ko‘p qirralidir. Tarbiya vazifalarini hal qilish uchun jismoniy tarbiya o‘qituvchisi milliy istiqlol g‘oyasi talablariga muvofiq holda ahloqiy va estetik tarbiyalangan boTishi kerak. Sport hakamlari ham pedagogik mahoratni egallagan boTishi kerak. Yomon hakamlik qilish natijasida nizolar paydo bo‘lib, musobaqa qatnashchilarida nafrat uyg‘otadi va natijada murabbiyning barcha tarbiyaviy ishlari barbod boTishiga olib keladi. Sport hakamlarining pedagogik ta’sir ko‘rsatishdagi muvaffaqiyatlari o‘z vazifalarini bevosita uddalay olishlariga bog‘liq. Sport hakamlari sportchilarni qo‘pollik va ahloqsizligini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Ular ham murabbiy vazifasini bajarishlari kerak. Tajriba bilimi yuksak malakasi pedagogik mahorati va yaxshi hulqi bilan faqat sportchilarga emas tomoshabinlarga ham namuna bo‘la oladigan hakamlar musobaqalarda yuksak sport madaniyatini tarqatuvchi boTadilar. Bunday hakamlikda musobaqa qatnashchilarining sport etikasi talablarini buzish uchun urinishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Hakamlarning tashqi qiyofasi ham muhim ahamiyatga ega. Ularning tashqi qiyofasi sportchilarni bellashuvga safarbar etishi yoki hafsalalarini pir qilishi mumkin. Talabalar va o‘smirlar jismoniy tarbiya jarayonida o‘smirlar musobaqasida bu narsaga katta e’tibor qaratish kerak. Jismoniy tarbiya mutaxassislarini tarbiya jarayonini boshqarish malakasi mukammal boTishi zamonaviy talablardan tarbiya jarayonini boshqarish uchun jismoniy tarbiya mutaxassislari mamlakatda va xorijda jismoniy tarbiya bo‘yicha ilg‘or tajribalardan habardor boTishi va ularni egallagan boTishi kerak. Shuningdek tarbiya jarayonida quyidagi tamoyillarga ahamiyat berish kerak. Tarbiya jarayonini milliy istiqlol g‘oyasi yo‘nalishida boTishi. Shug‘ullanuvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq holda har biriga individual yondashish. Shug‘ullanuvchilar oldiga yuksak talablar qo‘yish va ularni xurmat qilish Tarbiya jarayonini jonli faol, quvnoq shaklda o‘tkazish. Pedagogik talablar bilan tarbiyaviy ta’sir boTishini ta’minlash. Jismoniy harakatlarga o‘rgatish jarayoni shug‘ullanuvchilarning ma’naviy xislatlarini tarkib toptirish va uni hayot, jamiyat, ehtiyoji bilan mehnat faoliyati bilan bog‘lab olib borish zarur, jismoniy tarbiya jarayoni shug‘ullanuvchilarni yangi jamiyat qurish uchun kurashda faol ishtirok etishga ruhlantirish lozim. Shug‘ullanuvchilarni milliy istiqlol g‘oyasi ruhida tarbiyalash uchun qanday yashayotgani, nima haqida o‘ylashi, kimlar bilan do‘stligi ishlab chiqarishda qanday ishlashi, o‘quv yurtida qanday o‘qishi, oilada, jamoat joylarda o‘zini tutishi bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazishi va boshqalami jismoniy tarbiya mutaxassislari to‘liq bilishi kerak. Talabalarni jismoniy tarbiya, sport sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida jismoniy rivojlanishlarini nazorat qilish. Oliy ta’lim muasssalarida tibbiy nazorat jarayonida “Jismoniy rivojlanish” atamasi har bir talabaning sog‘ligini nazorat qilish maqsadida qo‘llaniladi. Biroq katta yoshdagi odamlar uchun “Jismoniy rivojlanish” tushunchasi rivojlanish mezoni bo‘la olmaydi, balki ayni paytda organizmning mustahkam va jismoniy kuchi zaxirasining mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Bunda “Jismoniy holat” atamasini ishlatish to‘g‘riroq hisoblanadi. Chunki jismoniy sifatlari va jismoniy tayyorgarlikni o‘rganish maqsadida antropometriya hajmi kengaytirilmoqda. Antropometriya yordamida olingan kattaliklar bir yoki bir necha uslublar yordamida jismoniy rivojlanishni baholash maqsadida qo‘llaniladi. Ular standart va korrelyatsiya uslublaridir. Organizm funktsional tarmoqlarining holati nafas olishni tekshirish yordamida aniqlanadi. Quyidagi tajribalar bunga misol. Shtanga tajribasi: talaba o‘tirgan holatda 5 soniya dam oladi, keyin chuqur nafas olib, nafas chiqaradi, nafasni to‘htatadi va yana nafas oladi, nafasni ushlab turiladi, nafas ushlab turish 30-50 soniyani tashkil qiladi. Genchi tajribasi: talaba to‘la nafas chiqarib, nafas olgandan so‘ng, yana chuqur nafas chiqarib va nafas olmaydi, nafas olishdan o‘zini ushlab turadi. Normada sog‘lom, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanmaydiganlar uchun nafasni ushlab turish vaqti 20-30 soniy. Nafas olishni ushlab turish organizm kislorodga to‘yinmaganda qarshilik qobiliyatini va anaerob mahsuldorlik qay darajada ekaniga bog‘liq. Shuning uchun nafas olishni uzooq ushlab turish irodani o‘stirishga yordam beradi. Fiziologik o‘zgarishning jismoniy zo‘riqishga ta’sirini aniqlash uchun stanadrt testlardan foydalaniladi. Yuqori darajali jismoniy kuchlanishda bir jismoniy ishni aniq belgilangan tartibda yuqori darajali jismoniy kuchlanishda bajarish qobiliyatiga jismoniy ish qobiliyati deyiladi. Jismoniy ish qobiliyati odam organizmi faoliyatining ko‘rsatkichidir. U harakat faoliyatini hamma tarmog‘ini boshqarishga qatnashadigan faollikka bog‘liq. Shifokor nazorati tajribasidan ma’lum, jismoniy ishlar yurakning qisqarish tezligi bilan moslashtiriladi. Jismoniy ishning katta-kichikligi aerob ishlab chiqarishning energiya almashinuvida muhim korsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Garvard step-testi: qizlar uchun 45 sm, yigitlar uchun 50 sm balandlikdagi zinapoyaga talaba chiqib-tushadi. Chiqib-tushish tezligi metronom bilan o‘lchanadi. Har bir davr 4 qadamdan iborat. Bajariladigan ish vaqti yigitlar uchun 5 daqiqa, qizlar uchun 4 daqiqa. Ish tugagandan so‘ng talaba stulda o‘tirib pulsini hisoblaydi 2-3-4- daqiqadan tiklanish tezligi o‘lchanadi, shunda puls asli holatiga yaqin holatga qaytsa bu talaba jismoniy tayyorgarlikka ega. Agar Garvard step-testini bajargan talabada charchash alomati paydo bo‘lsa, test bajarilishi to‘xtalib, ish bajarilgan vaqt daqiqada hisobga olinib, ko‘rsatilgan formula bo‘yicha hisoblanadi. Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga qaratilganlikgi tamoyili. Yuqorida aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki inson sihat-salomatligini mustahkamlash g‘oyasi jismoniy madanyatning butun tizimiga singip ketgandir. Inson sihat - salomatligi uchun kurash xukumat tizimi diqqat markazida bo‘ladi. Jismoniy tarbiya - sog‘lomlashtirish yo‘nalishining tamoyilllaridan quydagi qoidalari kelib chiqadi: Jismoniy tarbiya bilan shug‘llanuvchilarning sihat - salomatligini mustahkamlash uchun davlat oldidagi javobgarlik. Jismoniy madanyat tashkilotlariing jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, murabbiylar (shifokordan farqli ularoq) odatda sog‘lom kishilar bilan ish ko‘radilar. Ular gimnastika, sport o‘yinlari va turizm bilan shug‘ullanuvchilaming sihat - salomatligini saqlash uchungina emas, balki ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun ham davlat oldida javobgardirlar. Shifokor va pedagog nazoratining majburiyligi hamda birligi. Jismoniy mashqlar shunday vositaki, ular to‘g‘ri qo‘llanilgan sharoitlardagina sog‘lomlashtiruvchi samara beradi. Jismoniy mashqlarni noto‘g‘ri nunoqlik bilan qo‘llash sihat - salomatlikka putur etkazishi mumkin. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilaming yoshi, jinsi, biologic xususiyatlarini va sihat - salomatligini hisobga olish zarur. Muntazam ravishda olib boriladigan shifokor va pedagog nazorati ularning ana shu xususiyatlarini qat’iy hisobga olib borishni ko‘zda tutadi. Shuni unutmaslik kerakki, hatto yahshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘qituvchi ham, mashg‘ulotlarda qatnashuvchining o‘zi ham jismoniy mashqlarning ta’siri ostida kishining organizmida yuz beradigan o‘zgarishlarni to‘la - to‘kis va o‘z vaqtida sezmasligi mumkin. Unga shifokor yordam beradi. FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarori. Toshkent-2017yil 3iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Jismoniy tarbiya va sport soxasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368-sonli qarori. Toshkent-2018 yil 5 mart. M.Sh.Turkmenova “Talabalarni jismoniy rivojlanishida sog‘lom turmush tarzini shakillantirish” o‘quv qo‘llanma , Toshkent 2021 yil, 132 bet. R.Qudratov, I.D.G‘aniboev, I.R.Soliev, A.M.Baratov Engil atletikachilarning maxsus mashqlari, - T.: 2011 y. A.A.Usmanxodjaeva, O.N.Visogorseva Shifobaxsh jismoniy tarbiy. o‘quv-uslubiy majmua.Toshkent-2013 y. G.A Makarova «Sport shifokorlari uchun amaliy qo‘llanma». Rostov-Donu, 2002 yil M.Sh.Turkmenova Imkoniyati cheklangan talabalarni jismoniy mashqlarni bajarishga jalb etish, uslubiy qo‘llanma, Toshkent 2021yil ТАЛАБАЛАРНИНГ ТИББИЙ МАЛАКАЛАРИНИ ОШИРИШДА ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ДАРСЛАРИНИНГ АНАМИЯТИ Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling