Educational Research in Universal Sciences issn: 181-3515 volume


Educational Research in Universal Sciences


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#1000608
1   2   3   4
Bog'liq
41-44

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 6 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz  Multidisciplinary Scientific Journal November, 2022 
42
 
Jumladan, taniqli adabiyotshunos Otauli shunday yozadi: “Agar Qodiriy “Baxtsiz 
kuyov” dramasini “Padarkush” dramasi ta’sirida yozgan, lekin, afsuski, bu asar 
badiiyatini birinchi o‘zbek dramasidan oshirolmagan bo‘lsa-da, birinchi o‘zbek 
romani... “Yorqinoy” dramasi (Cho‘lpon asari - I.B.) ta’sirida dunyoga keldi va bu asar
o‘z badiiyati, mavzu ko‘lami va xalq og‘zaki ijodidan ruhlanish kuchiga ko‘ra nainki, 
mazkur drama, balki birinchi arab romanlari (masalan, Jo‘rji Zaydonning tarixiy 
asarlari!), birinchi usmonli turk romanlari (masalan, Rashod Nuri Guntekinning 
“Choliqushi” asari), birinchi tatar romanlari (masalan, Ismoilbek Gʻaspiralining 
“Dorulrohat musulmonlari” asari)dan ha ustun bo‘lib chiqdi! Bu asar, mana to‘qson 
yildirki, o‘zining badiiy jihatdan yetukligini butun jahonga ko‘z-ko‘z qilmoqda. Jahon 
adabiyotidagi ko‘pgina adiblar bu asardan ijodiy ruhlanganlari bejiz emas. Masalan, 
qozoq adibi Muxtor Avezov, qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatov, qoraqalpoq adibi 
To‘lepbergen Kayipbergenov, turkman adiblari Berdi Kerboboyev va Xidir Deryayev, 
tojik adibi Jalol Ikromiy...”
1
(Otauli. Otabek va Kumush dostoni. Badia. –T., “Mashur 
–press”. 2019. –B.6). 
O‘rganilayotgan mavzuning konseptual negiziga aloqador ilmiy manbalarni 
atroflicha tadqiq qilish shuni ko‘rsatadiki, badiiy adabiyotning yaralishi va 
davomiyligini ta’minlaydigan yetakchi xususiyatlaridan biri bo‘lmish vorisiylik
bizningcha, turli ko‘rinishlarda o‘zini namoyon etadi. 
Butun borliq muayyan va qat’iy qonuniyatlar asosidagina mavjud bo‘ladi va 
yashashda davom etadi. Bu jarayon ritmik sikl maromiga tushgan bo‘lib, takrorlanib 
turishni taqozo qiladi. U sabab va oqibat bog‘lanishlari asosidagi takrorlar 
natijasidagina qudrat kasb etadi. Zotan izchil va muntazam takroriylik hayotiy 
bardavomlikning omilidir. Masalaning diqqatga molik jihati shundan iboratki, 
takroriylik dialektikasi o‘zgarishsiz qaytarilaverishni anglatmaydi. Binobarin, tabiat 
va jamiyat hodisalaridagi takrorlar bag‘rida vujudga keladigan betakror yangilanishlar 
orqali mohiyat muayyan darajada o‘zgaradi va rivojlanib boradi.
Umuman olganda, an’ana ham takroriylikda betakrorlik qonuniyatiga amal 
qilgani uchun adabiy vorisiylik yuzaga keladi. Bu qonuniyat adabiy jarayondagi 
muayyan an’analar va ularning yangilangan holda (novatorlik bilan) qo‘llanilishi 
natijasida amal qiladi. Ushbu masalaning eng murakkab tomoni adabiy jarayonning 
T.: 2012; Qurbonov T. Odil Yoqubovning portret yaratish mahorati: Filol. fan. nomz... diss. -T.: 1997; Rahimov Z. 
Odil Yoqubovning «Ko‘hna dunyo» romani poetikasi: Filol. fan. nomz... diss. -T.: 2000; Isayeva Sh. O‘zbek tarixiy 
romanlarida xarakter ruhiyatini tasvirlash usullari: Filol. fan. nomz... diss. -T.: 2001; Karimov B. XX asr o‘zbek 
adabiyotshunosligida talqin muammosi (qodiriyshunoslik misolida): Filol. fan. d -ri... diss. -T.: 2002; Pirnazarova M. 
Hozirgi o‘zbek romanlarida uslubiy izlanishlar (O. Muxtor, X. Do‘stmuhammad, U. Hamdam, T. Rustam romanlari 
misolida): Filol. fan. nomz... diss. -T.: 2006. Rasulov A. Ilmi g‘aribani qo‘msab... -T.: “Ma’naviyat”, 1998.; 
Yo‘ldoshev Q. Modernizm: ildiz, mohiyat va belgilar. // Yoshlik, 2014, № 9. – B. 26-33; Sodiqov S. Roman va 
tanqid. -T.: “Fan”, 2008; Quronov D. Adabiy o‘ylar. -T.: “Turon zamin ziyo”, 2016; To‘rayev D. Davr va ijod 
mas’uliyati. -T.: “«Yangi asr avlodi»”, 2005; Karimov B. Ruhiyat alifbosi. -T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU, 
2016; Ulug‘ov A. Qalb qandili. -T.: “Akademnasr”, 2013; Jo‘raqulov U. Hududsiz jilva. -T.: “Fan”, 2006



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling