Adabiyot qoidalari


Download 23.74 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi23.74 Kb.
#1114058
Bog'liq
Fitrat


Mavzu: Abdurauf Fitratning “Adabiyot qoidalari” risolasi
Reja

  1. Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi

  2. Abdurauf Fitrat shoir va nosir adib

  3. Abdurauf Fitrat “Adabiyot qoidalari” risolasi

Abdurauf Abdurahmon oʻgʻli Fitrat madaniyatimiz tarixida shoir va nosir, dramaturg va publitsist, tilshunos va adabiyotshunos, tarixchi va faylasuf, sanʼatshunos va jamoat arbobi sifatida munosib oʻrin olgan. U 1886 yili Buxoroda ziyoli oilasida tugʻilgan. Buxoro, Istanbul madrasalari va dorilfununlarida oʻqigan. Fitrat arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi oʻzlashtirgan. Adibning otasi savdo ishlari bilan shugʻullanib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qolgan. U, asosan, onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida boʻlgan. Sharq adabiyotini yaxshi bilgan Mustafo bibi farzandini Bedil, Navoiy, Fuzuliy, Zebuniso, Uvaysiy kabi benazir shoirlarning gʻazallaridan xabardor qilgan.Qarayman: kimsasizlik yukindan orig‘langan tanda zolimona urulg‘on qamchilarning yarasi bor. Ko‘raman: johilona qilingan emlardan nosulg‘a qaytg‘an yaralarindan qonlar oqib turadur!..Turk uchun qurdig‘ik davlat bitdi, turk otig‘a qurdig‘ik xoqonlik yogʻiygami ketdi. Turkning nomusi, eʼtibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyog‘lari ostida qoldi. Turkning yurti, ulog‘i, o‘chog‘i, Turoni yot qo‘llarga tushdi. Turkning bilgisi, ongi, o‘y-uquvi, ziyrakligi jaholat o‘ljasig‘a ketdi.Fitratning adabiy merosi boy va rang-barang. U adib sifatida badiiy ijodning barcha turlarida qalam tebratibgina qolmay, o‘zbek adabiyotining yangi janr va turlar bilan boyishi, sheʼr tuzilishining isloh etilishi, adabiy realizmning teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan muhim ijtimoiy muammolarning o‘zbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga ulkan hissa qo‘shdi. Fitrat ijodini shartli ravishda uch davrga bo‘lish mumkin: 1-davr 1909–1916-yillarni o‘z ichiga olib, Turkiya taassurotlaridan ilhomlangan holda jadid maʼrifatparvari sifatida ijod qilgan. 2-davr 
1917–1923-yillarni qamrab oladi, bu davrda Fitrat milliy istiqlol g‘oyalari bilan to‘yingan asarlar yozadi. Ijodining 3-davri 1923–1937-yillarga oid bo‘lib, Sho‘ro maxfiy xizmatining doimiy nazoratida bo‘lgan Fitrat asosan ilmiy va pedagogik ishlar bilan shug‘ullanadi.Fitrat zullisonayn adib bo‘lib, adabiyotga shoir va adabiyotshunos sifatida kirib kelgan. Ko‘p o‘tmay u o‘zini dramaturgiya va prozada ham sinab ko‘rdi. U „Munozara“ (dastlabki nomi „Hindistonda bir farangi ila buxorolik bir mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadid xususida qilgan munozarasi“) asarini Turkiyaga borishdan oldin, 1905–1907-yillarda yaratgan. „Sayha“ („Chorlov“, „Naʼra“) (fors tilida), „Sayyohi hindi“ („Bayonoti sayyohi hindi“), „Rahbari najot“, „Tarixi Islom“ asarlarini esa Turkiyada tahsil paytida yozgan va „Munozara“ 1908-yilda, „Sayha“ 1910-yilda, „Sayyohi hindi“ 1913-yilda Istanbulda bosilib chiqqan. „Rahbari najot“ va „Oila“ 1915–1916-yillarda Bokuda nashr qilingan. Bu asarlar o‘sha davrdayoq xalq orasida keng tarqaldi. Horijiy tillarga ham o‘girildi. Masalan, „Munozara“ 1909–1914-yillar orasida turk, ozarbayjon tillarida, „Sayyohi hindi“ rus tilida chop etilgan. Dastlabki sheʼrlari „Oyna“, „Taraqqiy“, „Sadoi Turkiston“, „Turon“, „Hurriyat“, „Buxoroi Sharif“ kabi gazeta va jurnallar sahifalarida eʼlon qilingan.
Asarlari
Fitratning “Adabiyot qoidalari”asari20-asr ning 20-yillarida Fitrat tomonidan yaratildi. Uning "Adabiyot qoidalari" kito-bida badiiy adabiyotning o‘ziga xosligi, ijtimoiy tabiati, adabiy tur va janrlar, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq va mahorat masalalari haqida ilk bor yaxlit ma’lumotlar berilgan. Darslikda o‘z davri Sharq va G‘arb adabiyotioti nazariyasi muammolari yoritildi..O‘zbek tilining ifoda va ohang imkoniyatlari, grammatik-stilistik qurilishi — barmoqni milliy she ’riy sistema sifatida bunyodga keltirilganligi. «Barmoq vazni» butun turklar uchun-da, biz o‘zbeklar uchun-da milliy vazndir, musulmonlardan burun butun turk shoirlar shul «barmoq vazni bilan tizimlar, she’rlar yozar edilar», — deb ta’kidlaydi A. Fitrat. O ‘zbek she’riyatida ikkinchi — aruz sistemasi ham bor. A. Fitrat yozganidek, aruz — arablamikidir. Va shu kabi ko’plab adaiyot rivoji uchun ko’p izlanishlar olib bordi.

Asarni mudhish bir ta’kid, ya’ni asarda Ulfat obrazi tilidan aytilgan «Podshohlik – qon bilan sug‘orilaturg‘on bir og‘ochdir» asosiga qurilgan desak ham bo‘ladi. Chunki toj-u taxt orzusi ko‘zlarni ko‘r, qalblarni nochor qilishi mumkin.


Bunga asardagi bir qancha voqealar ham dalil bo‘la oladi.
Xususan, tarixiy dalillarga ko‘ra, Abulfayzxon taxtga o‘tirish uchun akasining bahridan o‘tgan edi.
Abdurauf Fitrat ijodining ma’lum bir qismini dramatik asarlar tashkil etadi. Ular orasida 1924-yilda chop etilgan «Abulfayzxon» fojiasi alohida o‘rin tutadi.
Abdurauf Fitratning «Abulfayzxon» fojiasi birmuncha keskin voqealarni tasvir doirasiga olgan asarlar sirasiga kiradi.
Xon yon-atrofidagi ikkiyuzlamachi xoinlar dastidan, qolaversa, o‘zining nihoyatda kaltabinligi tufayli mag‘lubiyatga uchraydi. Asarning bosh g‘oyasi ham zulm asosiga qurilgan tuzumning oxir-oqibat inqirozga yuz tutishini ta’kidlashga yo‘naltirilgan.
Ma’lumki, drama Mir Vafo va Qozi Nizomning shaxmat o‘yinlari bilan boshlanadi.
Yozuvchi bu o‘yinni bejiz tanlamagan, shaxmat o‘yini zamirida qaysidir ma’noda fojiada qatnashadigan obrazlarning o‘zaro ziddiyati, qaysi tomonning yutishi va yutqizishiga ramzan ishora ham qilinadi.
Ikkinchi tomondan, ko‘pincha shaxmat o‘yini aqlli va bekorchi odamlarning ishi sifatida ham talqin etiladi.
Shunga ko‘ra, xon ishongan mulozimlarning ahvoli, ularning maishat-u turli o‘yinlar bilan mashg‘ulligiga ishora qilinadi.
Kunlar o‘tgan sayin Abulfayzxonni marhumlar ruhi bezovta qila boshlaydi: qo‘rqinchli tushlar ko‘radi. Xon atrofi borgan sari sotqinlarga to‘lib boradi. Zero, bunga faqatgina uning o‘zi aybdor edi.
Hatto eng ishonchli odamlaridan biri Hakimbiy Eron shohi Nodirshoh bilan do‘stlashadi.
O‘g‘lini yashirin ravishda Nodirshoh huzuriga yuboradi. Hakimbiy bir tarafdan urushmaslik tarafdori bo‘lib ko‘rinsa ham, o‘z yurtini dushman qo‘liga topshirishi, dushman bilan yashirincha til biriktirishi, oxir-oqibat Eron shohining Buxoroni egallab olishi – bul arning barchasi millatparvarlik, vatanparvarlik nuqtayi nazaridan oqlab ham, yoqlab ham bo‘ladigan hodisalar emas.
Hakimbiy obrazida Abulfayzxon bilan birlashmagan, o‘z yurtini dushmanga emin-erkin topshirgan bir kimsa namoyon bo‘ladi.
Hakimbiyni Ulfat orqali Abulfayzxon o‘z huzuriga chaqiradi. Hakimbiy borishdan bosh tortadi va «Jo‘yborga borib Xo‘ja Kalonning uylariga qo‘nsinlar, elning kattalarini chaqirsinlar», deb muzokara uchun joy tanlaydi. Buning sababini ham Hakimbiy nutqidan bilib olish mumkin: «Xonning buyrug‘i Arkdan Mirarabgacha yurmaydir». Bu gap Abulfayzxonning ijtimoiy-siyosiy mavqeyi naqadar zaifligini anglatadi.
Uchinchi parda Nodirshoh va o‘g‘li Rizoqulixon suhbati bilan boshlanadi. Nodirshoh: «Har o‘lkani urushib olmoq siyosat emas. Urush choralarning eng so‘nggisi.
Bir o‘lkani olmoq uchun eng yaxshi chora – shul o‘lkan ing o‘zida do‘stlar topmoq, shularni ishlatmakdir», deya Hakimbiy va uning o‘g‘li Rahimbiyga ishora qiladi. Chunki Hakimbiy Nodirshohdan o‘g‘lini taxtga o‘tqizish va’dasini olib ulgurgan edi.
Fojianing keyingi sahifalarida xonning afsus-nadomatlari, yig‘lash-siqtashlari – umuman, nochor ahvoli beriladi. Yurt boshqaruvini qo‘lga olgan Rahimbiy Abulfayzxonni uy qamog‘ida saqlaydi. Fitrat shu o‘rinda Abulfayzxon bilan Rahimbiyni uchrashtiradi.
Bu epizodda mahkum xon Rahimbiy va uning yaqinlariga qilgan yaxshiliklarini sanaydi. Rahimbiy esa xonni «Davlatimizning buyuk, buyuk teraklarini o‘z qo‘lingiz bilan yiqita berdingiz», deb xonning johilona siyosatini qoralaydi. Har kim o‘z fikrida haqqa o‘xshab ko‘rinadi... Keyinroq Ulfat lahm qazib xon yoniga keladi.
Xon esa qochishga jur’at etolmaydi.
Asarda zamon ahvolidan oshkora norozi, yurt tinchligi uchun kuyingan kishilar Ibrohimbiy obrazi orqali tasvirlanadi.
Ibrohimbiy haqiqat tarafida, u xalq manfaatini ko‘zlaydigan odam. Shuning uchun elga yomonlik qilgan, hukumat ishlariga qaramagan, «kecha-kunduz chog‘ir ichib» yotgan Abulfayzxon siyosatini ham, ish boshiga kelgan Rahimbiyni ham qo‘llab-quvvatlamaydi.
Fitrat o‘z orzu-istaklarini uning tilidan bergandek taassurot qoldiradi. Ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan Ibrohimbiy Rahimbiy o‘n besh yoshli Abdulmo‘minni xon qilib ko‘targanida esa «Men bo‘lg‘onda, Abulfayzxonni tushirgach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otalig‘ini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim», deydi.
Qolaversa, Rahimbiyga qarata shunday bir gapni aytishdan toymaydi: «Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki haqsizlik qilg‘an edi. Siz bu kun undan ortiq haqsizlik qila turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab, siz bilan ham urushar edim. Nima qilaykim, ko‘zim yo‘q. Hay, siz-ku Buxoro taxtini olarsiz. Abdulmo‘minni o‘ldirarsiz. Balkim, meni ham o‘ldirarsiz. Biroq shuni bilib qo‘yingizkim, bu taxt sizning bolalaringizg‘a yuqmag‘usidir». Adolatning qaror topishini har qanday inson xohlaydi.
Download 23.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling