Abdulla oripov otashin publitsist


Download 0.62 Mb.
Sana21.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1375669
Bog'liq
56-maktab A. Oripov bayonnoma


Baxmal tumani Xalq ta’limi tasarrufidagi 56-umumiy o`rta ta`lim maktabida 21- mart Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “ABDULLA ORIPOV – OTASHIN PUBLITSIST” hamda “ASSALOM NAVRUZ” mavzusida o`tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
19.03.2021 BarlosQFY


Qatnashdilar:
Maktab direktori A.To‘rayev, MMIBDO` oO‘.Abduraxmonov, maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi Sh.Rahmonov kutubxona mudiri O.Sattorov va barcha sinf rahbarlar, 3-D sinf o’quvchilaridan 33-nafar o’quvchilar, 10-D sinf o’quvchilardan 25-nafari, jami 58 nafar o’quvchilar


Kun tartibi:


1 . Maktabda 21- mart Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “ABDULLA ORIPOV – OTASHIN PUBLITSIST” hamda “ASSALOM NAVRUZ” tadbirini keng nishonlash to'g'risida
2. Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “ABDULLA ORIPOV – OTASHIN PUBLITSIST” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Eshitildi:
So`zga maktab MMIBDO` M. Maxmudova so`zga chiqib u o`z nutqida, 21-mart bahor bayrami qo’shaloq bayram, ya’ni yangilanish, yasharish fasli navbahor bayrami hamda Abdulla Oripovning 80-yillik tavalludi haqida 3-D sinf tomonidan tayyorlangan tadbir kechasini ochib berdi. Abdulla Oripov hayoti va ijodiga to’xtaldi, ya’ni Abdulla Oripov – otashin publitsist. Ijodkorning publitsistik maqolalari hamda suhbatlarida Vatan va millatning buguni, istiqboli bilan bog‘liq dolzarb muammolar yechimiga doir qimmatli fikrlari yoritilganligi, xalqimizning murakkab va shonli kechmishi, milliy istiqlol qadri, mustaqillikni mustahkamlash, barcha jabhalardagi islohotlar mohiyati, shaxs va jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish singari muhim masalalar ijodkor publitsistikasi bosh mavzularini tashkil etishini, Abdulla Oripov XX va XXI asrlar o‘zbek she’riyatining fenomenal namoyandasi edi. Adabiyotga nurli istiqbolidan darak bergan “Mitti yulduz” (1965) to‘plami bilan kirib kelgan shoirning hayoti davomida “Onajon”, “O‘zbekiston”, “Yurtim shamoli”, “Najot qal’asi”, “Hakim va ajal”, “Jannatga yo‘l”, “Surat va siyrat”, “Yillar armoni”, “Sen bahorni sog‘inmadingmi”, “Munojot”, “Haj daftari. Hikmat sadolari”, “Mustaqillik qo‘shig’i”, “Shoir yuragi”, “Ezgulik”, “Umr manzillari”, “Everest va ummon”, “Sohibqiron”, “Ishq sahrosi” kabi ellikdan ortiq to‘plamlari chop etilganligi,Abdulla Oripovning “Hakim va ajal”, “Jannatga yo‘l”, “Ranjkom”, “Sohibqiron” va “Istiqlol manzaralari” dostonlari shoirning yirik badiiy polotnolar yaratish bobida ham ulkan salohiyatga ega ijodkor ekani dalilidir deb aytdi.
U nafaqat ijodkor, balki davlat arbobi sifatida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarning qonuniy asoslarini takomillashtirish ishida faol ishtirok etganligi, Abdulla Oripov – mohir tarjimon. Uning Aleksandr Pushkin, Taras Shevchenko, Sergey Baruzdin, Lesya Ukrainka, Yenyo Xeltai, Yegishe Charens, Qaysin Quliyev, Maxsutiy Ganjaviy, Xarivanshray Bagchan, Kresti Merilaas, Adhat Sino‘g‘il, Xalil Rizo, Nikolay Tixonov, Ibroyim Yusupov singari turli millatlar shoirlari asarlaridan qilgan tarjimalari bugungi avlodni jahon adabiyotining nodir namunalari bilan tanishtirishi barobarida yosh ijodkorlar uchun ijodiy tajriba maktabi sifatida ham ahamiyatlidir. Uyg‘onish davrining buyuk shoiri Dante Aligerining “Ilohiy komediya” asari tarjimasi shoir tarjimonlik faoliyatining cho‘qqisi, deyish mumkinligi,Abdulla Oripov ijodi xalqaro miqyosda ham munosib e’tirof qozongan. Asarlari jahonning rus, ingliz, nemis, arab, fors, yapon, koreys, bolgar, turk, ukrain, tojik, turkman, ozarbayjon singari ko‘plab tillariga tarjima qilinganligi, 2007 yili “WIPO Creativity Award” oltin medali bilan mukofotlanganligi haqida ma’lumot berdi.
Kutubxona mudiri M. O. Sattorov so’zga chiqib Abdulla Oripovning she’riy to’plamlaridan namunalar ni aytib o’tdi. Abdulla Oripov umrining oxirigacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faxriy raisi sifatida adabiyotimiz ravnaqiga munosib xizmat qilganligi, uning betakror, g‘oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlari avlodlar qalbidan joy olib, ularni eng go‘zal fazilatlar ruhida tarbiyalaganligi, dunyo ma’naviy xazinasining durdonalari bo‘lib qolaverishi haqida to’xtaldi.
Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy ko’rinishlar namoyish etildi.
Tadbir maktab o’qituvchilarining fikrlarini bildirishi orqali yakunlandi
Maktabda tashkil etilgan Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “ABDULLA ORIPOV – OTASHIN PUBLITSIST” hamda “ASSALOM NAVRUZ” tadbirda maktabning 3-D -sinf o`quvchilari Abdulla Opirovning ijodidan yod olgan she`rlarini ifodali o`qib berishdi.Tadbir juda ham qiziqarli tashkil qilindi.Bugungi tadbir o`quvchilar ongida katta ta`surot qoldirdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib yig'ilish
Q A R O R Q I L A D I :



  1. Tadbir davomida berilgan axborotlar ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Maktabda Abdulla Oripov ijodini keng qamrovda o’quvchilarga o’rgatib borish ona tili va adabiyot fan o’qituvchilariga hamda sinf rahbarlariga yuklatilsin.

Yig'ilish raisi: A.To‘rayev

Kotib: J.Toshbekov




Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling