Efir moylarining fizik xossalari


Download 1.41 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1545976
Bog'liq
AAAAAAA


EFIR MOYLARINING FIZIK XOSSALARI
Efir moylari ko’pincha rangsiz yoki ba’zan turli rangdagi (yashil, och sariq, to’q ko’k, qizil, qo’ng’ir), o’ziga xos hidi va o’tkir mazasi bor uchuvchan tiniq suyuqlik. Uning zichligi suvdan yengil, ba’zan og’ir bo’lishi mumkin. Juda yengil efir moyining zichligi 0,8 ga, eng og’iriniki esa 1,182 ga teng.
Ko’pchilik efir moylari tarkibida assimetrik uglerod atomi bo’lgani sababli, yorug’lik tekisligini o’ngga yoki chapga og’diradi. Efir moylarining qaynash harorati qat’iy emas. Uni tashkil etgan komponentlar turli haroratda qaynab, ayrim – ayrim ajralib chiqaveradi. Efir moylari barcha organic erituvchilarda yaxshi eriydi, yog’lar bilan har xil miqdorda aralashadi, suvda erimaydi. Suv bilan chayqatilgandahidi va ma’zasi suvga o’tadi. Bu usulda olingan xushbo’y aromatik suvlar, masalan Aqua Rosae, Aqua Foeniculi, Aqua Menthae va boshqalar tibbiyotda ishlatiladi.
Efir moylari neytral yoki kuchsiz kislotali muhitga ega. Ular sovutilsa, kristall qismi ajralib chiqadi. Ana shu qismi stearopten (ko’p ishlatiladi), qolgan suyuq qismi esa eleopten deb ataladi.
EFIR MOYLARINING KIMYOVIY TARKIBI
Efir moylari organik moddalar aralashmalaridan iborat bo’lib, tarkibiga barcha to’yingan va to’yinmagan birikmalar, alifatik, siklik va aromatik uglevodorodlar, spirtlar, yog’ kislotalar, fenollar, murakkab efirlar, aldegidlar, ketonlar, laktonlar va tarkibida azot hamda oltingugurt bo’lgan boshqa organic birikmalar kiradi.
Tarkibida kislorod bo’lgan birikmalar va ularning efirlari efir moylariga xushbo’y hid beradi. Seskviterpenlar efir moylarining yuqori haroratda qaynaydigan fraksiyasini tashkil etadi.
Efir moyining kimyoviy tarkibi o’simlik yoshiga, ekiladigan joyning iqlimiga va o’sish davriga qarab o’zgaradi.
EFIR MOYLARINI ANALIZ QILISH USULLARI
Efir moylarini analiz qilishdan maqsad uning o’simliklar tarkibidagi miqdorini, xosslarini, fizik va kimyoviy konstantalarini hamda moy tarkibidagi ahamiyatga ega bo’lgan qismlar miqdorini aniqlashdir.
O’SIMLIKLAR TARKIBIDAGI EFIR MOYI MIQDORINI ANIQLASH ( XI DF BO’YICHA)
O’simliklar tarkibidagi efir moyi miqdorini aniqlash uchun 1000 ml hajmdagi tagi dumaloq kolbaga 10-20 g maydalanadigan o’simlik organidan solib, ustiga 300 ml suv quyiladi va kolba ustiga sharikli sovutgich tik holda o’rnatiladi. Sovutgichning pastki uchiga Ginzberg asbobini osib qo’yib, kolba qizdiriladi. Ginzberg asbobi U shaklidagi shisha naycha bo’lib, bir uchi ingichka va qisqaroq. Ikkinchi uchi esa uzunroq, keng va millimetrlarga bo’lingan. Kolbadagi suyuqlik qaynagandan so’ng, suv bug’lari efir moyi bug’lari bilan sovutgichga ko’tariladi va u yerda suyuqlikka aylanib, Ginzberg asbobining qisqa uchidan kolbaga oqib tushaveradi. Agar asbob ichidagi efir moyining miqdori 10-20 daqiqa ichida o’zgarmasa (ko’paymasa), kolbani qizdirish to’xtatiladi. Kolba sovigandan so’ng asbobni olib, efir moyi necha ml ekanligi aniqlanadi va foiz miqdori quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:

bunda: x – o’simlikdagi efir moyining hajm og’irlikdagi foiz miqdori;
V - Ginzberg asbobidagi efir moyining ml hajmi;
m – tahlil uchun olingan o’simlik organing miqdori;
a –mahsulotning namligi;
Masalan, tahlil qilinganda 10 g yalpiz bargidan 0,2 ml efir moyi ajralib chiqdi. Bargning namligi 14% deylik absolyut quruq bargdagi moyning hajm og’irlikdagi foiz miqdori esa

Agar aniqlanayotgan efir moyining zichligi 1 dan yuqori bo’lsa, Ginzberg asbobi ham shunga qarab moslashtiriladi.
EFIR MOYINING XOSSALARINI ANIQLASH
Efir moylarining xossalariga ularning tashqi ko’rinishi –rangi, tiniqligi, hidi va mazasi kiradi. Agar efir moyiga past sifatli moy yoki boshqa birikma aralashsa, uning tashqi ko’rinishi, hidi va mazasi albatta o’zgaradi.
Efir moyining tashqi ko’rinishi, rangi va tiniqligi quyidagicha aniqlanadi (XI DF bo’yicha): diametric 2-33 sm bo’lgan rangsiz, tiniqshisha slindrga 10 ml moy solib, o’tuvchi nurda standart efir moyi bilan solishtirib ko’riladi. Standart efir moyi ham xuddi shunday idishga solingan bo’lishi kerak.
Efir moylari hidini aniqlash (XI DF bo’yicha) uchun uzunligi 12 sm, kengligi 5 sm bo’lgan filtr qog’ozga (chetiga tegizmasdan) 0,1 ml (2 tomchi) moy tomiziladi. Xuddi shu usulda boshqa filtr qog’ozga standart efir moyi tomiziladi. So’ngra ikkalasining hidini 1 soat davomida har 15 minutda solishtirib turiladi.
Efir moylarining mazasini moyni filtr qog’ozga tomizib va tilga tegizib ko’rib, standart moy mazasi bilan solishtirib, aniqlanadi. Bundan tashqari, bir tomchi tekshiriluvchi efir moyi 1 g qand kukuni bilan aralashtiriladi. So’ngra tayyorlangan aralashma mazasini ta’tib ko’rib aniqlanadi va xuddi shu usul bilan tayyorlangan standart moy mazasiga taqqoslanadi.
EFIR MOYLARI TARKIBIDA ARALASHMALARNI ANIQLASH
Efir moylari tarkibida ba’zan turli aralashmalar (spirt, yog’lar, mineral moylar, suv va boshqalar) uchraydi. Bunga efir moylarini olish vaqtida suvdan yaxshi tozalanmaganligi va qisman falsifikatsiya qilish maqsadida ularga ba’zi moddalar qo’shib yuborish sabab bo’ladi. Shuning uchun efir moyining sifatini aniqlashda tarkibida bo’lgan spirt, mineral moylar va suvga reaksiyalar qilish kerak.
Efir moylaridagi spirt aralashmasini aniqlash (XI DF bo’yicha). Soat oynasiga qo’yilgan suv ustiga bir necha tomchi efir moyi tomizib, qora buyum ustida (fonda) ko’rilganda moy tomchilari atrofida loyqalanish bo’lmasligi kerak. Efir moyi loyqalansa, unda spirt aralashmasi borligi ma’lum bo’ladi.
Quruq probirkaga 1 ml efir moyi quyiladi so’ngra paxta tampon bilan probirka yopiladi (paxtani efir moyiga yaqinroq tushiriladi). So’ngra
Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling