Eftaliylar sulolasi


Download 99 Kb.
Sana16.05.2020
Hajmi99 Kb.
#106958
Bog'liq
Eftaliylar sulolasi


EFTALIYLAR SULOLASI.

Eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot
Eftaliylar (oq xunlar) — o'rta asrlarda yashagan qadimgi turkiy ko'chmanchi xalq(IVVI asr). Eftaliylar xozirgi O'rta OsiyoAfg'oniston va shimoli Hindistonda ulkan turkiy an'anlarga asoslangan imperiya tuzishgan. Hindistondagi Gupta imperiyasiga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan
Eftaliylar so'zi asli yunoncha bo'ib Viznatiyaliklar ularni shunday deb atashgan. Ularning haqiqiy nomi Oq Xunlar bo'lgan va ularqadimgi turkiy xalqlardan biri bo'lishgan
Eftaliylar davlati parchalanib ketgan hududining bir qismida tashkil topgan. Aholisining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg`ul bo`lgan, qolgani esa ko`chmanchi chorvachilik hayot tarzini davom ettirgan. Eftaliylar to`g`risidagi dastlabki ma'lumotlar yozma manbalarda 457 yildan buyon, ya'ni ularning podshosi Vaxshunvar Chag`aniyonToxariston va Badaxshonni o`ziga bo`ysindirganidan so`ng qayd etila boshlagan. Turli manbalarda Eron sosoniylar davlati bilan eftaliylar o`rtasidagi bo`lib o`tgan jangu jadallarning yorqin, biroq bir-biriga zid manzarasi tasvirlangan. Sosoniylar podshosi Peroz eftaliylar davlatining tobora kengayishidan xavfsirab, ularga qarshi harbiy harakatlar boshlab yuboradi, biroq asirga tushib qoladi. Sosoniylar podshosi yordam so`rab Vizantiyaga murojaat qiladi va ko`chmanchilar huruji bu davlat uchun ham tahdid ekanini uqtiradi. Vizantiya hukmdori tovon to`lab, Perozni tutqinlikdan xolos etadi. Peroz eftaliylarga Tolqon chegara shahrini topshirishni va'da qiladi, biroq o`z va'dasini ustidan chiqmay, ikkinchi marta harbiy yurish uyushtiradi. Peroz bu safar ham mag`lubiyatga uchraydi va eftaliylarga o`zining go`dak o`g`lini tutqun etib qoldiradi hamda ikki yil davomida katta tovon to`lab turadi. 484 yili Peroz o`zining uchinchi harbiy yurishini amalga oshiradi. Bu gal u o`z qo`shini bilan birga eftaliylar tayyorlagan maxsus bo`ri o`rasiga tushib qolib halok bo`ladi. Eftaliylar Peroz qo`shinini batamom tor-mor qilgach, Eron xalqi zimmasiga katta miqdorda o`lpon to`lash majburiyatini yuklatadilar hamda Marv shahrini ishg`ol etadilar. So`ngra ular Kobul vodiysi va Panjobni egallashadi, Qoroshor, Kuchu, Qashqar va Xotanni istilo qilishadi. Shu tariqa ular Markaziy Osiyo, sharqiy Eron, Hindistonning shimoliy qismi va Sharqiy Turkistonni o`z ichiga olgan yagona qudratli davlat barpo etadilar. O`z bolaligini eftaliylar qo`l ostida tutqunlikda o`tkazgan Peroz o`g`li Kavade zamonida Eron eftaliylarga o`lpon to`lashda davom etgan. Vizantiyalik tarixchi Prokopiyaning qayd etishicha, eftaliylar "yagona podsho tomonidan boshqarilgan va o`zaro hamda qo`shni davlatlar bilan bo`lgan munosabatlarda vizantiyaliklar va forslardan qolishmagan holda adolat mezoniga amal qilishgan". "Ipak yo`li" egalari bo`lgan eftaliylar xalqaro savdoda faol ishtirok etishgan. Ular Eron, Vizantiya, Hindiston va Xitoy bilan savdo-sotiq qilishgan. Eftaliylarning Peroz askarlariga qarshi urushiga oid epik rivoyatlar "Shohnoma" asarida keltirilgan. Asarning eftaliylar podshohi Gatferd haqidagi hikoyatida eftaliylarning turkiy xalqlarga qarshi kurashi aks etgan. Akademik V.Bartoldning taxmin qilishicha, Gatferd timsolida Vizantiya manbalarida keltirilgan tarixiy shaxs - Katulfni ko`rish mumkin. Katulf podsho tomonidan o`z xotiniga yetkazilgan haqorat uchun intiqom baxonasida Eronga qochgan. Eftaliylar ko`plab xalqlarni siyosiy jihatdan birlashtirishgan va bu hol mazkur davlat tarkibida ko`pgina diniy yo`nalishlar va mashablar mavjud bo`lganini izohlaydi.Rasmiy davlat dini- Tangritanlik bo'lgan. Zardushtiylik va Buddaviylik ham keng tarqalgan.
V asrning o'rtalarida diyorimizga shiddat bilan kirib kelgan bu yangi ko'chmanchi aholi yozma manbalarda eftal, xaftal, xaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. Eftaliylar, ularning etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari xususida tarixiy manbalarda turli xil qarashlar mavjud. Rim va Vizantiya tarixchilari Martselin (IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari Lazar Parbskiy (V asr), Favst Buzand (IV asr), xitoy solnomalaridan Bey-shi (VI asr) bergan ma’lumotlar shular jumlasidandir. Masalan eftaliylar Xitoy manbalarida «i-da », « s-da », armanlarda idal, xeptal, arablarda haytal, Suriya va lotin manbalarida eptal, abdal deb nomlanadi. Bunday turlicha atamalar har bir til va yozuvning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan. Rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati eftaliylari turkiy qabila-massagetlarning so`nggi bo`g`indan kelib chiqqan deb fikr bildiradilar. Muqaddas « Avsto »da esa ular tatlar nomi bilan tilga olinadi. F. Vizantiyskiy esa eftallar nomini V asrning ikkinchi yarmida podshoxlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog`laydi. Biroq nima bo`lganda ham shu narsa faktki, Eftaliylar Turkiston mintaqasida yashab kelgan turkiy qavmlardandir.. Qisqa vaqt ichida Chag'oniyon, Toxariston va Badaxshon bo'ysundiriladi. Bir zarba bilan Sug'dda xiyoniylar hukmronligi barham topadi. V asrning 50-yillarida Eftallar davlati nihoyatda kuchayadi. Hatto ular o'zaro aloqa o'rnatish maqsadida 456 yilda Xitoyga elchi yuboradilar. Eftallarning tobora kuchayib borayotgan tajovuzidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Ikki o'rtadagi) jang-u jadallar Pero'z hukmronlik qilgan davrda (459-484 ayniqsa avjiga chiqadi. Sosoniylar shohi eftallarga qarshi uch marta yurish qiladi. Dastlabki janglardayoq u mag'lubiyatga uchrab, asir tushadi. Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yuborilgan o'lpon evaziga u asirlikdan ozod etiladi. Bir oz vaqt o'tgach, ikkinchi marta eftallarga qarshi qo'shin tortadi. Pero'zning ikkinchi yurishida ittifoqdosh Vizantiyaning elchisi ishtirok qiladi. Ikkinchi yurish ham muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ikkinchi marta asirlikka olingan Pero'z 30 xachir o'lpon to'lash majburiyatini oladi. Biroq uning deyarli bo'shab qolgan xazinasidan faqat 20 xachirga yuk bo'ladigan mablag' topiladi, xolos. Shohning Kubod ismli yosh o'g'li eftallar yurtiga garovga yuborilib, Pero'z tutqunlikdan ozod etiladi. Ikki yil davomida eftallarga katta o'lpon to'lab turiladi. O'lponni shoh aholi boshiga og'ir soliq solish yo'li bilan to'playdi.
Belgilangan o'lponni to'lab bo'lgach, Pero'z eftallar bilan aloqani yaxshilashga harakat qiladi. Ular bilan quda-andachilik ipini bog'lash maqsadida, raqibiga singlisini xotinlikka taklif etadi. Eftallarning iltimosiga binoan 300 nafar harbiy mutaxassislar yuboriladi. Ammo eftallar hokimi Kunxa Eron mutaxassislarining bir qismini o'ldirishga, qolganlarini esa urib mayib qilishga buyuradi. Chunk! shoh singlisi o'rniga cho'rilardan birini yuborib, eftallar hukmdorining izzat-nafsiga tekkan va bunday hiyla-nayrangi bilan uni nihoyatda ranjitgan edi. Shu boisdan Pero'z 484-yilda eftallarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu galgi urush sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Marv ishg'ol qilinib, Eron ustiga juda og'ir o'lpon yuklanadi. Garchi Pero'z vorislari Kubod (488- 531), Anushervon (531-579) hukmronlik qilgan davrlarda eftallar bilan munosabatlar ancha yumshab tinchlik tusini olgan, hatto ayrim vaqtlarda Vizantiyaga qarshi eftallarning ittifoqdoshi sifatida harakat qilingan bo'lsa-da, ammo sosoniylar yil sayin kumush hisobida muayyan bojni muttasil to'lab turadi.
Shunday qilib, V asrning ikkinchi yarmi va VI asrning boshlarida O'rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va sharqda Turkiston yerlarini birlashtirgan ilk o'rta asrlarning yangi qudratli Eftallar davlati tashkil topadi. Garchi bu davlat siyosiy jihatdan Kushon podsholigiga nisbatan unchalik mustahkam bo'lmasa-da, ammo maydoni jihatidan undan katta edi. Bu buyuk davlat Sharq mamlakatlari, ayniqsa O'rta Osiyo xalqlari tarixida muhim rol o'ynadi.

Eftaliylar hukmdori Vaxshunvor Eftalon 457- yilda Chag`aniyon (hozirgi Surxon yerlari) Toxariston va Badaxshonni o`ziga bo`ysundiradi. So`ngra Eftaliylar Sug`dda ham mustahkamlanib oladi. Ular ko`p o`tmay o`z hududiy yerlarini kengaytirishda davom etib, Kobul va Panjob vodiysini, Kuchu, Qashqar va Xutonni (Sharqiy Turkiston) zabt etadilar. Xullas, ular avvalda Kusholar sulolasi egallagan hududlarni birin-ketin qo`lga kiritib, o`z siyosiy hokimiyatini yanada mustahkamlaydilar.

Eftaliylar bor necha bor bir necha bor o`zlarining g`arbiy-janubdagi qo`shnisi va eng kuchli raqib – Eron sosoniylari bilan ham urushlar olib boradilar. Xususan Eron shoxi Peroz bilan bo`lgan urushlarda ularning qo`li baland kelib, Eron hukmdori ikki bor asrlikka tushadi. Katta to`lov va majburiyatlar o`rniga arang kutilgan Peroz o`g`li Kovadni uzoq muddat Eftaliylarga garovga berishga majbur bo`ladi. Perozdan so`ng hokimiyatga kelgan ivad 94880551) davrida ham Eron Eftaliylarga xiroj to`lashga majbur bo`lgan. VI asr boshlariga kelib Eftaliylar sulolasi shu qadar kuchayib ketdiki, ular 502-yilda Vazantiyaga ham yurish qilib, unga katta talofat yetkazadilar. 506- yilda ikki o`rtada tuzilgan sulx shartnomasi bo`yicha Eftaliylar Vazantiyadan katta miqdorda o`lja olib qaytganlar. Kovadning o`g`li Xusrav I Anushirvon ham 554- yilga qadar Eftaliylarga har yili xiroj to`lab turgan. Keyinroq Turk xoqonligining Eftaliylarga bergan kuchli zarbasi natijasidagina Eron Eftaliylar ta’siridan qutilishga muvaffaq bo`lgan.

Eftaliylar davrida davlat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan, biroq taxt otadan bolag a qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Mamlakatni markaziy hokimlar noiblar orqali idora etgan. Davlatni boshqarish qonun-qoidalari bo`lgan. Mamlakart lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan.

Eftaliylar davrida asta-sekin yerga egalik qilish tartibida yangicha munosabatlar shakllanad boshladi. Bu davrga kelib sinfiy tabaqalanishning keskin kuchayishi orqasida ayrim mulkdorlarning mavqei ko`tarilib, ular jamoaning oddiy a’zolarini o`z qo`l ostiga kiritib, mulklarini ular hisobiga kengaytirib birganlar. O`zining chek yeridan ajralib, bu xil mulkdor dehqonlar ta’siriga tushib, ularning yerlarida ishlashga majbur bo`lgan kishilar kadivarlar, ya’ni ijaradorlar deb atalgan. Shuningdek erkin jamoa asosida dehqonchilik qiluvchi aholi – kashovarzlar ham mavjud edi. Kadivarlar boy dehqonlar foydasiga ma’lum tol`iv va majburiyatlar asosida ishlab berganlar. Shu bilan birgalikda bu davlatga hali patriarxad-qulchilik munosabatlarining qoldiqlari ham mavjud edi. Chunonchi, boy dehqonlar mulklarida juda kop`lab kullar bo`lganligi, ulardan turli yumushlarda keng foydalanilganligi tarixiy manbalarda tilga olinadi.

Bu davrda Eron va Turon hududlarida sinfiy ziddiyatlar kuchaya bordi. Yirik mulkdorlar, zodagonlar zulmi va asoratining ortishi, aholi quyi tabaqalari huquqining poymol etilishi, ularning ayovsiz ekspluotatsiya qilinishi pirovarida ijtimoiy adolat va haqqoniyat yo`lidagi xalq harakatlari, g`alayonlarining yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. VI asr birinchi choragida yuz bergan Mazdak qo`zg`oloni buning yaqqol ifodasidir. Mazdakchilar « Z » harfi bilan boshlanadigan 4 narsaning aholi o`rtasida teng baham ko`rilishini yoqlab chiqqandilar : Zamin (yer), Zar (oltin boylik), Zo`rlik (kuch-hokimiyat) va Zan (xotin). Mazdakchilar ilgai surgan bu xil go`yalardan shuni anglash mumkinki, ular ijtimoiy adolat tushunchasini birinchi o`ringa qo`yib, bunda yer-mulk, boyliklarni aholi o`rtasida barovar taqsimlash talabini ilgari surganlar. Ular davlat hokimiyati tomonidan fuqarolarning dahlsizligi va qonuniy huquqlarni himoya qilinishini, ayollar tengligini yoqlaganlar. Biroq, o`sha davrda sinfiy tabaqalanishtobora kuchayib, mulkiy tegsizlik avj olayotgan bir paytda mazdakchilik go`yalarini tantana qilish yoxud hayotga tadbiq etilishi mumkin emas edi. Shu bois ham mazdak qo`zg`oloni tez orada hukmron tuzum kuchlari tomonidan bostirildi. Mazdak va uning ko`plab tarafdorlari qo`lga olininb qatl etildi. Shunga qaramay Eron va Turon aholisining keng qatlamlari orasida mazdak g`oyalari uzoq vat saqlanib, ularning haq, adolat yo`lidagi kurashlariga xizmat qildi.

Eftaliylar davrida aholining bir qismi ko`chmanchi chorvadorlar bo`lib, ular chorvachilik, yilqchilik bilan shug`ullangan. Suv xavzasi, daryo bo`ylariga yaqin hududlarda dehqonchilik rivoj topib bordi. Jumladan, Xorazm, Sug`d, Chag`aniyon va Toshkent vohasida dehqonchilik madaniyati salmoqli o`rin tutgan. Darg`om kanali, Eski Angor, Zang kanallari singari suv inshootlari dehqonchilik tarmoqlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Bu davrda yangi tipdagi ko`rkam va gavjum shahar-qal’alar vujudga keladi. Xorazmdagi Berkutqal’a, Bozorqal’a, Toshkentdago oqtepa shular jumlasidandir. Bir necha oilalardan tashkil topgan mazkur manzilgohlar qalin paxsa devorlar bilan o`ralgan.



Eftaliylar davri madaniyati xususida gap borganda shuni qayd etish lozimki, bu paytlarda o`lkada juda ko`p moddiy va ma’naviy yodgorliklar bunyod etiladi. Bu davrning moddiy madaniyatiga oid yodgorlik sifatida Xorazmdagi Tuproqal’a to`g`risida ma’lumot keltirib o`tish joizdir. Uning tuzilishi to`g`ri burchakli bo`lib (500 x 360m), gumbazsimon yo`lakli va burjli mudofaa bilan o`ralgan.

Shuningdek, Eftaliylar davri qo`shiqlari va epolari Firdavsiyning mashhur « Shohnoma »sida ham o`z ifodasini topgan. Eftaliylarda kishilar turli dinlarga e’tiqod qilganlar. Eng keng tarqalagan din-zardushtiylik bilan bir qatorda budda dini ham ancha rasm bo`lgan. Xullas Eftaliyla davrida o`lkamiz odamlari o`ziga xos boy madaniy va ma’naviy turmush tarzini yaratib, undan bahramand bo`lishga harakat etganlar. Ayni chog`da ular o`zlaridan keyingi avlodlari uchun ham munosib iz qoldirganlarki, bunga ularning davriga oid turli hududlardan topilgan ko`plab noyob topilmalar, asori atiqalar guvohdir.
Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling