Ega va uning ifodalanishi


Download 33.66 Kb.
bet9/10
Sana10.03.2023
Hajmi33.66 Kb.
#1258065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
01.EGA VA UNING IFODALANISHI

1. So‘z bog‘lamalari: bo‘lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq, ko‘rinmoq, tuyulmoq, edi, ekan kabilar.
2. Affiks bog‘lama-dir.
Affiks bog‘lama sodda ot kesim tarkibida qo‘llanib, doimiy sintaktik zamonni ifodalaydi. Masalan: Agar yolg‘iz esang hamdam kitobdir, Bilim subhidagi nur ham kitobdir,. (Abdurahmon Jomiy)
Ko‘pincha mazkur bog‘lama qo‘llanmasligi mumkin, nol shaklida ishlatilishi mumkin: Aqlning o‘lchovi – idrok Ø. (Maqol). Dono durdan a’lo Ø. (Maqol).
So‘z bog‘lama tarkibli ot kesimni shakllantiradi va turli mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan: Yomonga bosh bo‘lguncha, yaxshiga yo‘ldosh bo‘l. (Maqol). Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin. (Maqol). Shirboz qo‘zining tandir kabobi juda yaxshi bo‘ladi-da. (P.Qodirov). Avazning akasi Ortiq shu edi (P.Qodirov).
Tarkibli ot kesim harakat nomi + kerak, lozim, mumkin, shart, darkor kabi so‘zlar shaklida ham kelishi mumkin. Masalan: Endi jiyan panoh istab borsa, qanoti tagiga olishi mumkin. (P.Qodirov). Bu vatanni tashlab ketmoqchi bo‘lganlarga qat’iy zarba berilmog‘i lozim. (P.Qodirov).
Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi
Yozuvda ba’zan kesim bilan ega orasida tire ishlatiladi. Bu quyidagi holatlarda sodir bo‘ladi:
1. Kesim ot, olmosh, son bilan ifodalanib-dir affiks bog‘lamasi qo‘llanmaganda: Mehnat - hurmatning toji. (Maqol). Tashqaridagi gap – kir o‘radagi mag‘zava (Shuhrat). To‘rt karra to‘rt - o‘n olti.
2. Gapning egasi yoki kesimi, yo bo‘lmasa ham egasi, ham kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, -dir bog‘lamasi bo‘lmaganda: Bekor yurish – illatning onasi, g‘urbatning makoni. («Tafakkur gulshani»). O‘qish - ulg‘ayish. (Maqol). Tilni bilish – dilni bilish (Maqol).
3. Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanib, kesim tarkibida affiks bog‘lama ishlatilmaganda: Bular – ko‘m-ko‘k dov-daraxtlar. (K.Yashin).

Adabiyotlar:



  1. Ne‘matov H. va b. O’zbek tili struktural sintaksisi. -T.: Universitet, 2000.

  2. Mengliev B. O’zbek tilining struktur sintaksisi –Qarshi., 2003.

  3. G’ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Sintaksis. -T.: 1989.

  4. O’zbek tili grammatikasi. II tom. Sintaksis. - T.: Fan, 1975. - 548 b.

  5. www.ziyonet.


Download 33.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling