Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Tarix va falsafa fakulteti moxt yo’nalishi 2-kurs xitoy-ingliz guruh talabasi Sharipov Avazning Markaziy Osiyo madaniyati tarixi Fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi


Download 1.68 Mb.
bet1/3
Sana04.06.2020
Hajmi1.68 Mb.
#114345
  1   2   3
Bog'liq
Sharipov Avazbek


Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Tarix va falsafa fakulteti

MOXT yo’nalishi 2-kurs xitoy-ingliz guruh talabasi Sharipov Avazning Markaziy Osiyo madaniyati tarixi

Fanidan tayyorlagan

Mustaqil ishi :

Topshirdi: Sharipov Avaz



Qabul qildi: Abirov Valisher

Mavzu:

Auritom madaniyati

Reja:

  • 2. AYRITOM MADANIYATI O’RGANILISHI

  • 3. AYRITOM MADANIYATI MANZILGOHLARI

Ayritom madamiyati


Friz.
Marmarsimon ohaktosh.
Ayritom mil. I-II asrlar

Markaziy Osiyoda buddaviylik va buddaviylik badiiy madaniyatini o’rganish 1932 yilda, 1 termizdan 7 kilometr yuqorida joylashgan Ayritom hududida Amudaryo tubidan akant barglari orasida arfa, do’mbira va ud chalayotgan belbog’li uchta haykal tasvirlangan tosh relyef topilganidan so’ng boshlangan. Ushbu frizning topilishi O’zbekistonda buddaviylik va buddaviylik ba diniy madaniyatini urganishga turtki berdi.

1933 yili Ayritomda o’tkazilgan arxeologik ishlar davomida olimlar bo’rtma tasvirli yana yettita tosh bloklarni aniqlashga erishdilar. Bu bloklar Amudaryoning ba­land qirg’og’ida joylashgan va uch tomondan mudofaa devorlari hamda minoralari bilan o’ralgan mahobatli bino bezaklari bo’lgan. Bino milodning I asriga oid imorat xarobalari ustida qurilgan. Tasvirli bloklar bino peshtoqlarining tepasini va ibodatxonaga kirish yo’lini bezagan bo’lishi mumkin. 1964 yilda Ayritom ibodatxonasidan sharqiy tomonga qarab 1 kilometr uzoqlikda sirti tosh bloklar bilan qoplangan stupa kavlab olingan. 1979 yilda esa budda ibodatxonasi binosi yonida arxeologlar ikki personaj tasvirlangan va tagsupasida o’yib yozilgan olti satrdan iborat Baqtriya yozuvi bor juda qiziqarli yodgorlik toshini qayd qildilar.



Ayritomdan topilgan sakkizta gorizontal koshindan iborat friz burchaklarida volyutalar va ikki qator akant barglari tasvirlangan bo’lib, ularning o’rtasida ko’kragigacha bo’rtirib ishlangan va go’yoki akant barglari orasida uchib yurgan odam shakillari joylashgan. Sahnaning barcha ishtirokchilarining etnik mansublik xususiyatlari dumaloq yuzi, biroz qiymoch ko’zi, chakkaga tortilgan qoshlari, qirraburni, kichkina og’zi va o’ziga xos iyagi alohida ko’rsatilgan. Ularning hammasi chiroyli liboslar, hashamatli bosh kiyim kiygan va qimmatbaho taqinchoqlar taqqan. Shu bilan birga, tasvirlangan siymolar yuzida hayajon, yoshini ko’rsatuvchi va alohida belgilari yo’q, tarkidunyo qilgan kishi qiyofasi aks ettirilgan, gavdasi jonsiz xolatda. Akant barglarining aks ettirilishi esa hajmli shakllar umumiylashtirilganidan darak beradi. Ehtimol, bu kabi tasvirlash Baqtriyaning badiiy-madaniy uslublarni ko’rgani tufayli qo’llangandir.


Haykal parchasi.
Marmarsimom ohaktosh.
Ayritom. Mil. II asr

Ayritom – o‘zbek xalqining qadimiy tarixi va madaniyatidan guvohlik beruvchi ko‘hna shahar-xarobasi. Termiz shahridan 18 km sharqda, Amudaryo qirg‘og‘ida joylashgan. Dastlab Ayritom yaqinida Amudaryo tubidan odam haykalchalariishlangan friz (piramon) parchalari topilgan (1932), 1933 yil M. Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi Ayritomda qazish ishlari olib borib, yana 7 ta friz bo‘laklari hamda budda ibodatxonasi xarobasini topgan. Frizlar I-II asrlarga oid bo‘lib, ularda qo‘shnay, chiltor, ud, nog‘ora chalayotgan sozandalar va gulcham-barlar, meva solingan idishlar ko‘tarib olgan yigit-qizlar ifodalangan. Bundan tashqari Ayritomdan miloddan avvalgi II-asr oxiri va IV-asrlarga oid ikkita qabr topilib, ularning biridan qurol-yarog‘lari bilan birga dafn qilingan jangchining, ikkinchisidan idish-tovoqlar hamda zeb-ziynatlari bilan ko‘milgan ayolning skeletlari chiqqan. 1963–66 yillarda Ayritomda O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi (B. Turg‘unov) ham qazish ishlari olib. Devorlarining kalinligi 1,5 metr, balandligi 2–2,5 metr bo‘lgan 15 ga yaqin eshik va derazasiz xonalar (diniy marosimlar o‘tkazilgan xonalar) topilgan. Xonalarga yuqoridan maxsus zinalar orqali tushilgan. 1978 yilda olib borilgan qazilmada yunon alifbosida 6 qator qilib bitilgan yozuvi bor haykal tagkursisi topilgan. Ayritom moddiy-madaniy yodgorliklari o‘zbek xalqining kushonlar davridagi tarixini madaniy merosini, urf-odatlarini va boshqa o‘rganishda ahamiyatga ega.


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling