Toshkent shahar Yunusobod tumani 246- maktabning o‘zbek tili o‘qituvchisi Sayyora Anvarovna Suyumovaning 9- sinflarda “Gap bo‘laklari. Ega va kesimning ifodalanishi” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
“Tasdiqlayman”
246-maktab direktori
Yuzlikayeva E.R.
_____________
Ega haqida - Gap kesimining qo‘shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo‘lak egadir. Ega asosan, kim? nima? qayer? so‘roqlariga javob bo‘lib keladi. Bu – Karim. Bu – daftar. Atrof – go‘zal. Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi, egalik va ko‘plik shakllarini qabul qilishi mumkin.
Ega quyidaga so‘z turkumlari bilan ifodalanadi - Ot bilan: Aziz o‘sha kitobni o‘qidi. Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so‘ng o‘chdi. Olmosh bilan: Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin.
- Otlashgan sifat bilan: Mard maydonda bilinar.
- Otlashgan son bilan: Biri – olim, biri – zolim.
- Harakat nomi bilan: Yugurish – foydali.
- Otlashgan sifatdosh bilan: Birlashgan – o‘zar, birlashmagan – to‘zar.
- Otlashgan ravish bilan: Ko‘pi ketib, ozi qoldi.
- Otlashgan undov bilan: Birdan qo‘shnimizning voy-dodi eshitildi.
- Otlashgan taqlid so‘z bilan: Aravaning taqir-tuquri eshitildi.
- Otlashgan modal so‘z bilan: Bor boricha, yo‘q holicha.
- Ibora bilan: Aravani quruq olib qochish sizga yarashmaydi.
- Ajralmas birikma bilan: Birlashgan Millatlar Tashkiloti qayerda joylashgan?
Sodda gaplar quyidagicha
Egali gaplar
Egasiz gaplar
- Egali gaplarda ega mavjud bo‘ladi: Qobil kitobni o‘qidi.
Egali gaplar ikki xil bo‘ladi
Egasi (shaxsi) ifodalangan gap
Egasi yashiringan (ifodalanmagan) gap
1. Egasi (shaxsi) ifodalangan gap. Bunda ega berilgan, ya’ni ega ifodalangan bo‘ladi: Men mashg‘ulotga boraman. Ahmad kitob o‘qiyapti. - 1. Egasi (shaxsi) ifodalangan gap. Bunda ega berilgan, ya’ni ega ifodalangan bo‘ladi: Men mashg‘ulotga boraman. Ahmad kitob o‘qiyapti.
- 2. Egasi yashiringan (ifodalanmagan) gap. Bunda egasi mavjud bo‘lsa ham, ifodalanmagan, ya’ni yashirin bo‘ladi: Qalamingni berib tur (sen). Mashg‘ulotga boramiz (biz).
Egasi yashiringan gaplarning o‘zi ikki xil bo‘ladi
egasi (shaxsi) ma’lum gap
egasi umumlashgan gap
Egasi ma’lum gap - Kesimi orqali egasini topish mumkin bo‘lgan gap egasi ma’lum gaplar deyiladi: Kutubxonaga bor (Sen) Mashg‘ulotga bordim. (Men). Hozir boradi. (U) Egasi ma’lum gaplarning kesimi ko‘pincha I va II shaxsda bo‘ladi. Ba’zan III shaxs shaklida ham bo‘ladi: Hozir uyga ketdi (u)
Egasi umumlashgan gap - Egasi umumlashgan gaplarda gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo‘ladi. Bunday gaplarga maqollar misol bo‘ladi. Bunday gaplarning kesimi II va III shaxs shakllarida keladi: Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. Avtobusga orqa eshikdan kiriladi (kirishadi). Ko‘rpangga qarab oyoq uzat. Jo‘jani kuzda sanaydilar. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.
- Maqol va matallar, hikmatli so‘zlar, odat tusiga kirgan rasm-rusumlarni bayon etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo‘ladi: Farg‘onada kichiklarni ham sizlashadi.
- Egasiz gaplarda ega umuman bo‘lmaydi va u gap ma’nosida anglashilmaydi ham. Masalan, Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi.
So‘z-gap - Bir so‘zdan iborat bo‘lib, tarkibiga ajralmaydigan gaplar so‘z-gaplar deyiladi. Ularda gap bo‘laklari ishtirok etmaydi. Ular tasdiq, inkor, so‘roq, taajjub, his-hayajon kabilarni ifoda etib, matn bilan bog‘liq bo‘ladi. So‘z-gaplar, asosan, modal va his-hayajon munosabatini ifoda etgani uchun ko‘proq diologik va ba’zan monologik nutqqa xosdir.
So‘z-gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi - a) modal so‘z gap: Afsus, albatta, attang, esiz.
- b) undov so‘z gap: Assalomu alaykum, rahmat, balli, tashakkur, yoqimli ishtaha, ofarin, salomat bo‘ling, xush ko‘rdik, yaxshi boring, osh bo‘lsin, labbay, jonim bilan, qulluq, xayr, bajonidil.
- d) tasdiq-inkor so‘z gap:
- – Kutubxonaga bordingmi?
- – Ha. (tasdiq)
- – Ovqatlanib bo‘ldingmi?
- – Yo‘q. (inkor)
- e) Taklif so‘z gap: Marhamat, qani, ma.
§ Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar. - Faqat ega va kesimdan iborat bo‘lgan gap sodda yig‘iq gap deyiladi. O‘qidim. Men o‘qidim.
- Ega va kesimdan boshqa bo‘laklar bilan kengaygan gap sodda yoyiq gap deyiladi. Men kitobni o‘qidim.
Ikkinchi darajali bo‘laklar
To‘ldiruvchi
Aniqlovchi
Hol
Gap bo‘laklari 5 ta - 1. Kesim ( )
- 2. Ega (_______)
- 3. Hol (……………)
- 4. To‘ldiruvchi ( - - - -)
- 5. Aniqlovchi ( )
-
- Kiritmalar va undalmalar uchun shartli belgilar qabul qilinmagan.
Uy ishi: Yaxshilik haqida 10 ta maqol topish va ega va kesimini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |