Egamberdiyeva Odinaxon 101-guruh. Tarix Umumiy psixologiya. Xotira Xotira


Download 14.72 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi14.72 Kb.
#1739135
Bog'liq
Egamberdiyeva Odinaxon 101-guruh. Tarix


Egamberdiyeva Odinaxon 101-guruh. Tarix
Umumiy psixologiya. Xotira
1. Xotira - biz tajribalarimizga aloqador har qanday maʼlumotni eslab qolish,esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan bogʻliq murakkab jarayondir.
2. Kontrastlik - shovqin-suronli shaharga kelib qolsam tinch qishloq hayotini eslash.
3. Izdoshlik- (yoki ketma-ketlik ) assotsiatsiyasi; masalan : biror hodisa esda keltirilgan paytda, shu davrda yuz bergan boshqa faktlar ham xotirada gavdalanadi.
4. Oʻxshashlik- tanishimni portretini koʻrsam ,uni oʼzini ham eslash.
5. Uqib olish- muayyan bilimlarni egallash uchun sistematik va ixtiyoriy ravishda esda qoldirishdir.
6. Xotira tasavvurlari - ilgari idrok qilingan , yaʼni ilgari oʻz shaxsiy tajribamizda boʻlib oʻtgan , lekin hozir koʻz oʻngimizda boʻlmagan narsalarning obrazlarini ongimizda gavdalantirish.
7. Yakka tasavvur - birorta yakka narsa yoki hodisaning obrazini tasavvur qilishga aytiladi.
8. Umumiy tasavvur - bir jins ,bir tur , bir guruhni tashkil etgan narsalarning obrazlarini tasavvur etishga aytiladi.
9. Mexanik esda olib qolish - faqat takrorlash bilan esda olib qolishga aytiladi.
10. Tanish - ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni qayta idrok qilishda esga tushirish.
11. Esga tushirish - narsaning oʻzini shu paytda idrok qilmay turib esga olish.
12. Xayoliy tasavvur - ongimizdagi bilimlarimiz , tajribalarimiz asosida ilgari idrok qilinmagan , shu paytgacha turmush tajribamizda uchratmagan narsalarning obrazlarini yaratish demakdir.
13. Mantiqiy ( logik ) tarzda esda olib qolish - maʼnosiga tushunib esda olib qolinadigan narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini , ular oʻrtasidagi sababiy hamda natija bogʻlanishni anglash demakdir.
14. Ixtiyorsiz esga tushirish - biz oʻz oldimizga maʼlum bir maqsad qoʻymasdan va irodaviy kuch sarf qilmasdan esga tushirish deyiladi.
15. Ixtiyoriy esga tushirish - biron bir maqsad bilan esga olish kerak maʼlumotlarni tanlab, harakat qilib , maxsus esga tushirish tushuniladi.
Download 14.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling