Egamberdiyeva Salima Rayimovna moliyaviy va boshqaruv hisobi


  Moddiy xarajatlarni hisobini yuritish


Download 4.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/346
Sana02.12.2023
Hajmi4.13 Mb.
#1780217
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   346
Bog'liq
Дарслик МБХ 2021й

14.1. 
Moddiy xarajatlarni hisobini yuritish.
 
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli 
bо‘ladi: 
- Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib, uning 
tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, 
xizmatlar kо‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib 
olinadigan xom ashyo va materiallar. 
-Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni о‘rash 
uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish 
ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa 
asosiy vositalar sinovini о‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va 
ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan 
xarid qilinadigan materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish 
uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xо‘jalik buyumlarining va asosiy 
vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarining qiymati. 
- Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xо‘jalik yurituvchi subyektda 
montaj qilinadigan yoki qо‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar 
va yarim tayyor mahsulotlar. 
-Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xо‘jalik yurituvchi 
subyektning ichki tarkibiy bо‘linmalari tomonidan bajariladigan 
faoliyatning asosiy turiga tegishli bо‘lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga 
ega bо‘lgan ishlar va xizmatlar. 


386 
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bо‘lgan ishlar va xizmatlarga 
mahsulot tayyorlash bо‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo va 
materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar 
sifatini aniqlash uchun sinovlar о‘tkazish, belgilangan texnologik 
jarayonlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish 
fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bо‘ladi. 
Xо‘jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning 
transport xizmatlari (xom ashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, 
tanavorlar, yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga 
keltirish va tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham 
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan xizmatlarga tegishli bо‘ladi. 
-Tabiiy xom ashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashti- 
rilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultiva- 
tsiya qilish ishlariga haq tо‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxt- 
ga haq tо‘lash, korxonalar tomonidan suv xо‘jaligi tizimlaridan beriladigan 
iste’mol qilinadigan suv uchun haq tо‘lash. Sanoatning xom ashyo 
tarmoqlari uchun yog‘och, taxta materallaridan yoki foydali qazilmalardan 
(rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati 
yoki atrof muhitni tiklash xarajatlari. 
- Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab 
chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib 
olinadigan barcha turlari, xо‘jalik yurituvchi subyektlarning transporti 
tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha 
transport ishlari. 
- Xо‘jalik yurituvchi subyektning texnologik transport va boshqa 
ishlab chiqarish va xо‘jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi 
xarid qilinadigan energiya. (Xо‘jalik yurituvchi subyektning о‘zi tomoni- 
dan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa 
turlariga, shuningdek, xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha 
transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli 
elementlariga kiritiladi). 
-Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va 
kam chiqishi. 


387 
-Xо‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan 
moddiy resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish 
ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli 
elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq tо‘lash xarajatlari, asosiy 
fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar). 
- Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni 
yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurs- 
lar qiymatiga kiritiladi. 
- Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatla- 
ridan qaytariladigan chiqitlar qiymati va idish va о‘rash-joylash material- 
lari qiymati ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga 
kirim qilinishi narxi bо‘yicha chiqarib tashlanadi. 
- "Moddiy xarajatlar" elementi bо‘yicha aks ettiriladigan moddiy 
resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan, barter bitishuv- 
larida, qо‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar 
tomonidan tо‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari 
xizmatlari qiymatidan, shu jumladan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar va 
yig‘imlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masa- 
lan, qо‘shilgan qiymat solig‘i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), 
transportda tashishga haq tо‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan 
amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq tо‘lashdan kelib 
chiqib shakllanadi.
13
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar – Moliyaviy natijalar 
tо‘g‘risidagi hisobotning 020-satrida aks ettiriladigan ishlab chiqarish 
tannarxining tarkibiy qismlaridan biri. 
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarni va mahsulotlarni 
(ishlarni, xizmatlarni) tannarxini qanchalik tо‘g‘ri aniqlansa, foyda va 
foyda solig‘ini shunchalik aniq hisoblanadi. 
13 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy 
natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risida NIZOM. Vazirlar Mahkamasining 
1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori 


388 

Download 4.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling