Egilish usuli orqali yung modulini aniqlash


Download 75.41 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi75.41 Kb.
#1604447
  1   2   3
Bog'liq
3 labaratoriya


3 – laboratoriya ishi.
EGILISH USULI ORQALI YUNG MODULINI ANIQLASH


Ishning maqsadi: maxsus qurilma yordamida turli moddalardan yasalgan tŏg’ri tŏrtburchak kesimli sterjenlarning yuk ta’sirida egilishini ŏlchab, egilishdan Yung (elastiklik) modulini aniqlash.
Kerakli asbob va jihozlar: 1. Elastiklik modulini aniqlash uchun qurilma. 2. Uzayish indikatori. 3. Elastiklik moduli aniqlanuvchi sterjenlar (material). 4. Shtangentsirkul. 5. 1 m uzunlikdagi masshtabli chizig’ich. 6. 2kg gacha bŏlgan har xil massali yuklar.
Nazariy ma’lumotlar:
Bu mashqda alyuminiy va yog’ochdan yasalgan sterjenlardan foydalanib, shu moddalarning elastiklik mo­dulini tajribada aniqlanadi.
Agar tŏg’ri elas­tik sterjenning bir uchini devorga kirgizib qattiq mahkamlab, uning ikkinchi uchiga R yuk qŏyilsa,u holda sterjenning yuk qŏyilgan uchi pasayadi, ya’ni sterjen’ egiladi.
Ravshanki, bu holda sterjenning ustki qatlamlari chŏziladi ostki qatlamlari siqiladi, neytral qatlam deb ataluvchi ŏrtadagi biror (OO1) qatlamning uzunligi esa ŏzgarmaydi u faqat salgina egiladi. Ster­jen erkin uchining siljishi λ - egilish strelasi deyiladi. Yuk qancha katta bŏlsa, egilish strelasi ham shuncha katta bŏladi, bundan tashqari egilish sterjen­ning shakli va ŏlchamlariga hamda uning elastiklik moduliga bog’liq bŏladi. Hisoblashlarning kŏrsatishicha, ikkala uchi qattiq tayanchlar ustiga erkin qŏyil­gan tŏg’ri tŏrtburchak kesimli sterjenning elastiklik moduli
ga (1)
teng ekan, bunda P = mg - sterjenning ŏrtasiga qŏyilgan yukning og’irligi,
L - sterjenning tayanchlarga qŏyilgan nuqtalari orasidagi masofa,
b - sterjen­ning qalinligi, a - sterjenning eni, λ materialning (sterjenning) egilishi (1) formulaga kirgan kattaliklarni bevosita tajribada ŏlchab, elastiklik modulini hisoblab topish mumkin. Bu maqsadda tuzilishi rasmda keltirilgan qurilmadan foydalanamiz. Qurilma ikki uchida vertikal ustuni bŏlgan SS' massiv taglikdan iborat bŏlib, ustunlarning ustiga qirralarini parallel qilib pŏlat prizmalar qŏyilgan. Tekshirilayotgan materialdan yasalgan sterjen’ ustunlar ustidagi prizmalarga shunday qŏyiladiki, uning ŏrtasi A va V nuqtalar orasi­dagi masofaning ŏrtasiga tŏg’ri kelsin. S nuqtada sterjenning λ egilish strelasi tik ustunlarni birlashtiruvchi N gorizontal sterjenga ŏrnatilgan M uzayish indikatori yordamida ŏlchanadi.
Indikatorni K vintni bŏshatib, tik yŏnalishda siljitish mumkin. Indikatorning strelkasi doiraviy shkala sirtida siljish imkoniga ega. Doiraviy shkaladagi bŏlimlarning soni 100 ta bŏlib har bir bŏlimning qiymati 0,01 mm ga teng. Binobarin, sterjen yuk ta’sirida egilganda indikator strelkasi shkala bŏyicha bir marta tŏla aylansa λ egilish strelkasi 1 mm ga teng bŏladi.

Download 75.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling