Egilishdagi ichki kuch faktorlari va ularni aniqlash


Download 371.2 Kb.
Sana01.05.2023
Hajmi371.2 Kb.
#1418287
Bog'liq
Ziyodjonov A. 94-21 Materiallar qarshiligi

Egilishdagi ichki kuch faktorlari va ularni aniqlash

Ziyodjonov A.

94-21 ARX

Reja:

egilish

  • Agar to’g’ri o’qli sterjenga uning o’qidan o’tuvchi tekislikda yotuvchi juft kuch yoki kuchlar sistemasi qo’yilsa, sterjen egiladi. Egilishga ishlaydigan sterjenlar balka deb ataladi. Balkaning bunday egilishiga tekis balka deyiladi.

Tekis egilishda balkaning ko’ndalang kesimlarida ichki kuchlardan bo’ylama kuch N, ko’ndalang kuch va eguvchi moment hosil bo’lib qolgan kuchlar nolga teng bo’ladi.

  • Tekis egilishda balkaning ko’ndalang kesimlarida ichki kuchlardan bo’ylama kuch N, ko’ndalang kuch va eguvchi moment hosil bo’lib qolgan kuchlar nolga teng bo’ladi.
  •  

Agar tekis egilishda tashqi kuchlar balkaning bo’ylama o’qiga perpendikulyar qo’yilgan bo’lsa, bu holda balkaning ko’ndalang kesimlarida faqat ko’ndalang kuch va eguvchi moment hosil bo’ladi.

  • Agar tekis egilishda tashqi kuchlar balkaning bo’ylama o’qiga perpendikulyar qo’yilgan bo’lsa, bu holda balkaning ko’ndalang kesimlarida faqat ko’ndalang kuch va eguvchi moment hosil bo’ladi.
  • Agar tekis egilishda tashqi kuchlar ta’siridan balkaning ko’ndalang kesimlarida faqat eguvchi moment hosil bo’lib qolgan ichki kuchlar nolga teng bo’lsa, bu holda balkaning egilishiga sof egilish deyiladi.
  •  

Ko’ndalang kuch va eguvchi moment

  • Balkaning ixtiyoriy kesimidagi ko’ndalang kuch balkaning olib qolingan qismidagi tashqi kuchlarning balka vertikal o’qiga proyeksiyalarining yig’indisiga teng.
  • Balkaning ixtiyoriy kesimidagi eguvchi moment balkaning olib qolingan qismidagi tashqi kuchlardan ko’rilayotgan kesim markaziga nisbatan olingan momentlarning yig’indisiga teng.

Ishoralar qoidasi

  • Balka kesimidagi ko’ndalang kuch balkaning muvozanati tekshirilayotgan qismini soat strelkasi harakati yo’nalishi bo’yicha aylantirishga intilsa musbat ishorali deb, aksincha soat strelkasi harakati yo’nalishiga qarshi aylantirishga intilsa manfiy ishorali olinadi.

Balka kesimidagi eguvchi moment balkaning muvozanati tekshirilayotgan qismini pastki tolalarini cho’zsa musbat ishorali deb, aksincha ustki tolalarini cho’zsa manfiy ishorali deb olinadi.

  • Balka kesimidagi eguvchi moment balkaning muvozanati tekshirilayotgan qismini pastki tolalarini cho’zsa musbat ishorali deb, aksincha ustki tolalarini cho’zsa manfiy ishorali deb olinadi.

Kuch faktorlarini aniqlash

  • Balkaning biror kesimidagi eguvchi moment va ko’ndalang kuch larni aniqlash uchun kesish usulidan foydalaniladi. Bu holda balkani ushbu kesimida bo’ylama o’qiga perpendikulyar bo’lgan tekislik bilan fikran qirqib ikki qismga ajratiladi. Har bir qism kesimiga musbat ishorali eguvchi moment va ko’ndalang kuch qo’yiladi. Ular bir-biriga teng va qarama-qarshi tomonga yo’nalgan bo’ladi. Ko’ndalang kuch va eguvchi moment larni tashqi kuchlar deb qarab, balkaning qaralayotgan qismi uchun muvozanat tenglamalarini tuzamiz:
  •  

- muvozanati tekshirilayotgan balka chap qismiga qo’yilgan kuchlarning balka o’qiga perpendikulyar bo’lgan o’qqa proyeksiyalari yig’indisi;

  • - muvozanati tekshirilayotgan balka chap qismiga qo’yilgan kuchlarning balka o’qiga perpendikulyar bo’lgan o’qqa proyeksiyalari yig’indisi;
  • - muvozanati tekshirilayotgan balka chap qismiga qo’yilgan barcha tashqi kuchlarning kesim markaziga nisbatan olingan momentlarning yig’indisi.
  • Balkaning o’ng qismi uchun muvozanat tenglamasi ham shunday tuziladi, faqat bir-biridan ishoralari bilan farq qiladi.
  •  

E’tiboringiz uchun rahmat

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Materiallar qarshiligi (Hamzayev I. H., Umarov S. E.) – Farg’ona 2022;
  • Materiallar qarshiligi (Hobilov A. B., To’ychiyev J. N.) – Toshkent 2008.

Download 371.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling