Egizaklar
Download 325.49 Kb.
|
Egizaklar
Egizaklar Egizaklar — ona organizmida bir vaqtda rivojlangan 2, 3 yoki undan ortiq homila. egizak tugʻilishida irsiy omillarning ham roli katta (qarang Irsiyat). E.ning bitta tuxumdan (bir tuxumli ) yoki 2 ta (baʼzan undan ham koʻp) tuxumdan rivojlanadigani maʼlum (ikki tuxumli). Bir tuxumli egizak2 yadroli tuxumhujayraning spermatozoid bilan otalanishidan yoki 2 yadroli spermatozoid bir yadroli tuxum-hujayrani otalantirishi natijasida rivojlanadi. Baʼzan tuxumhujayralar 3 ta, 4 ta (va undan ortiq) yadro tutsa, uchta toʻrtta va h.k. Egizak rivojlanishi mumkin. Bir tuxumdan rivojlanadigan Egizak platsentasi bitta, ularning jinsi (faqat qiz yoki faqat oʻgʻil bolalar), qon gruppalari bir va tashqi qiyofasi bir-biriga juda oʻxshash boʻlib, hatto eng yaqin kishilari ham ularni bir-biridan aniq ajrata olmaydi. Ikki tuxumli, yaʼni har xil tuxumdan rivojlanadigan egizak bir vaqgda yetilgan va alohida urugʻlar bilan otalangan 2 va undan ortiq tuxumhujayradan hosil boʻladi; platsentasi alohida-alohida, bir yoki har xil jinsli boʻlishi mumkin. Irsiy jihatdan ular "akauka", "opasingil", "akasingil" dek oʻxshash boʻlib, ikki va koʻproq tuxumlar bir vaqtda yetilgandagina paydo boʻladi. Ona qornida egizak rivojlanayotganligini asosan homiladorlikning ikkinchi yarmidagina homilada yurak urishi eshitilishi vaqtida aniqlash mumkin; homilador organizmida bir qator oʻzgarishlar, koʻpincha toksikoz belgilari, vaqtidan oldin tugʻib qoʻyish kabi holatlar ham kuzatiladi. Shuning uchun egizak tugʻish ehtimoli boʻlgan ayollar tez-tez ayollar konsultatsiyasiga borib turishlari va tugʻishdan 7—10 kun ilgari tugʻruqxonaga kelib yotishlari lozim. Koʻp homilalik normal kechganda tugʻruq vaqtida deyarli hech qanday asoratlar kuzatilmaydi (qogʻonoq suvining vaqtdan ilgari ketib qolishi, sust dard tutishi va boshqalar noxushliklar bundan mustasno). Koʻpincha E.ning vazni va boʻyi bir-biridan farq qilishi mumkin, bu, asosan, platsentadan kelgan oziq moddaning teng taqsimlanmaganligi bilan bogʻliq. Vaqtidan oldin tugʻilgan EGIZAKni avaylab parvarish qilish talab etiladi (Goʻdak, Chala tugʻilgan bola). Egizaklar haqida Odatda egizaklarni quyidagicha tavsiflaymiz: ular qancha tuxumdan rivojlanadi – bir yoki ikkita ular onasining qornidagi platsentani baham ko’radimi. Download 325.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling