Egri chiziqli harakatda ko'chish tezlik va tezlanish. Aylana bo'ylab tekis harakatni tavsiflovchi kattaliklar orasidagi bog'lanishlar


Download 34.83 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi34.83 Kb.
#1204819
Bog'liq
egri chiziqli harakatda kochish tezl



Egri chiziqli harakatda ko'chish tezlik va tezlanish.Aylana bo'ylab
tekis harakatni tavsiflovchi kattaliklar orasidagi bog'lanishlar.

1. Egri chiziqli harakatda ko'chish , tezlik. tezlanish.


2. Aylana bo'ylab tekis harakatni tavsiflovchi kattaliklar orasidagi bog'lanish.
5. Yangi mavzuning bayoni.
1. Traektoriyasi to'g'ri chiziq bo'lmay, balki egri chiziq bo'lgan harakatlar tabiatda ham, texnikada ham uchrab turadi. Bunday harakatlar egri chiziqli harakatlar deb aytiladi. Kosmik mfazoda sayyora va suniy yo'ldoshlar, Yerga esa xilma-xil transport vositalari, mashina va mexanizimlarinng qismlari, daryo suvi, atmosfera havosi va ba xokozolar . Egri chiziqli traektoriyalar bo'ylab harakat qiladi.
To'g'ri chiziqli harakatda tezlik vektorining yo'nalishi hamma vaqt ko'chish yo'nalishi bilan bir xil bo'ladi. Egri chiziqli harakatda ko'chish va tezlik vektorlarining yo'nalishi to'g'risida nima deyish mumkin?
Ko'chish vatar bo'ylab yo'naladi. (1) -rasmda egri chiziqli traektoriya tasvirlangan . Jism bu traektoriyada A nuqtadan B nuqtaga harakat qilayapti deb farazetaylik. Bunda jism bosib o'tgan yo'l AB yoyning uzunligi bo'lib jismning ko'chishi AB vatar bo'ylab yo'nalgan vektordir.
Albatta,endi biz harakat davomida jismning tezligi ko'chish vektor bo'ylab yo'nalgan deb ayta olmaymiz. Ava B nuqtalar orasida bir qator vatarlar o'tkazamiz va jism ayni mana shu vatarlar bo'ylab harakat qilayapti,deb tasavvur etamiz. Bu vatarlarning har birida jism to'g'ri chiziqli harakat qiladi va tezlik vektori vatar bo'ylab ya'ni ko'chish vektori bo'ylab yo'nalgan bo'ladi.
Oniy tezlik urunma bo'ylab yo'naladi. Endi to'g'ri chiziqli qismlarini (vatarlarni) qisqaroq qilamiz. . Avvalgicha ularni har birida tezlik vektori o'sha vatar bo'ylab yo'naladi. Lekin bu siniq chiziq endi silliq egri chiziqqa o'xshaydi. To'g'ri chiziqli qismlarning uzunligini qisqartira borib (albatta ularning sonini ortira bora) biz ularni nuqtaga keltirgandek bo'lamiz vabunda siniq chjiziq silliq egri chiziqqa aylana-
di. Bu egri chiziqning har bir nuqtasida tezlik egri chiziqqa shu nuqtada o'tkazilgan urunma bo'ylab yo'naladi.
Tezlikning moduli o'zgarmas bo'lganda ham egri chiziqli harakat hamma vaqt tezlanuvchan harakat bo'ladi. Biz tezlikning moduli o'zgarmas bo'ladigan egri chiziqli harakatni ko'rib chiqish bilan chegaralanmaymiz.Bunday hatrakat egri chiziqli tekis harakat deb ataladi. Egri chiziqli tekis harakatda tezlanishi tezlik vektorining yo'nalishi o'zgarishigagina bog'liq.
Harakat traektoriyasi egri chiziqdan iborat bo'lgan harakat egri chiziqli harakat deyiladi.
Egri chiziqli harakatda ko'chish (S) burchak (φ) bilan belgilanadi.
Tezlik V esa (W) tezlik bilan belgilanadi.
Tezlanish a esa (E) quyidagicha belgilanadi.
S=Vo’rt*t φ =ωo’rt*t
ωo*ω
S=φ ω=-----
V=ω 2 ω=ωo+ ε t
ε t2
φ =ωot+-------
- ε t2 2
ω= ε t φ =---- ε t2
2 ω=ωo- ε t φ=ωot- -----
2
Quyidagi formulalar twekis o'zgaruvchan harakat (E-const)
Biz yuqorida takidlab o'tganimizdek istalgan harakatga ikki xil; hamilgarilanma, ham aylanma harakatlarning yig'indisi sifatida qarasimiz mumkin . Biz ilgarilanma harakat bilan tanishib o'tdik . Endi navbat aylanma harakatga.
Bu harakatlarni xarakterlovchi kattaliklar bir-biriga juda o'xshash bo'lmog'i kerak
Harakat traektoriyasi egri chiziqdaan iborat bo'lgan harakat egri chiziqli harakat deyiladi.
Aylana bo'ylab harakat egri chiziqli harakatning xususiy holidir. Bizga ma'lumki, egri chiziqli traektoriyaning har bir nuqtasining jismning oniy tezlik vektori shu nuqtaga o'tkazilgan urunma bo'ylab yo'nalar edi. Demak, egri chiziqli harakatda jism tezlik vektori yo'naluishi o'zgarib turar ekan.
Jismning aylana bo'ylab harakatini ko'rib chiqaylik. Bunday harakatlanayotgan jismning holatini aylananing mmarkazidan uning harakati kuzatilayotgan nuqtaga o'tkazilgan radius vektor xarakterlaydi. Bu radius vektorning moduli esa aylananing radiusiga tengdir.
Jismlarning aylana bo'ylab harakatini xarakterlash uchun quyidagi kattaliklar kiritiladi.
1. Burilish burchagi Y . Faraz qilaylik t=0 ga teng bo'lganda jism aylananing A nuqtada bo'lsin . t vaqt davomida aylananing AB =S yoyi bo'ylab harakat qilgan jism B nuqtaga keladi. Bunda radius vektor U burchakka buriladi.
Aylana bo'ylab harakat qilayotgan jismning boshlang'ich harakatini xarakterlovchi radius vektor bilan uning oxirgi harakatini xarakterlovchi radius burchak orasidagi burchak jismning burilish burchagi deyiladi. Odatda u radian (rad) yoki gradius birliklarda o'lchanadi. Aylana uzunligi aylananing radiusiga teng bo'lsa yoyni ajratuvchi ikki radius vektor orasidagi burchak 1 rad deyiladi. 1rad=57, 18'
2. Burcak tezlik. Aylana bo'ylab harakatda radius vektorning birlik vaqt ichidagi burilish burhagi burchak tezlik deyiladi.
ω =φ/t (1) Burchak tezlikning SI sistemasidagi birligi.
ω =φ/t=1rad/1sek=1*1/s=1s
Radius vektori 1 s ichida 1rad burchakka buraladigan jismning burchak tezligi 1rad/s ga teng bo'ladi.
Aylana bo'ylab tekis haraklatda teng vaqtlar orasida radius vektor teng burchaklarga burilganligi uchun aylana bo'ylab tekis harakatda jismning tezligi vaqt o'tishi bilan o'zgarmaydi.( W=const)
φ = ω/t
3. Aylanish chastotasi n. Jismning birlik vaqt ichidagi aylanishlar soni aylanish chastotasi deyiladi.
n=N/t bu yerda N-aylanishlar soni
SI sistemasida aylanish chastotasi ayl/s=1/s=s birliklarda o'lchanadi.
4. Aylanish davri T. Jismning aylana bo'ylab bir marta to'liq aylnib chiqishi uchun ketgan vaqt aylanish davri deyiladi. (masalan , soat)
T=t/N bu ifodani T=1/t/N=1/n deb yozish mumkin.
Demak aylanish davri aylanish chastotasiga teskari bo'lgan kattalik ekan. T=1/n.
SI sistemasida aylanish davri sekund (s) birligida o'lchanadi.
5. Chiziqli tezlik V. Aylana bo'ylab harakat qilayotgan jismning birlik vaqt ichida aylananing yoyi bo'ylab o'tgan yo'liga son jihatdan teng bo'lgan va aylanaga urunma bo'ylab yo'nalgan kattalik chiziqli tezlik deyiladi.
V=l/t l-jismning aylana yoyi bo'ylab o'tgan yo'li.
9. O'quvchilarning tushunganlik darajasini tekshirish. O'quvchilarning
tushunganlik darajasini savol va masalalar orqali tekshirish.
Savollar.
1. Egri chiziqli harakat deb qanday harakatga aytiladi?
2. Bir radian nimaga teng?
3. Burchak tezlik formulasi va SI sistemasidagi birligi?
4. Aylanish chastotasining SI sistemadagi birligi?
5. Aylanish davri deganda nimani tushunasiz?


Download 34.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling