Axborotlarni ishlab chikarish vositalari har XIL kuvvatga EGA bo`lgan va xilma XIL
Download 22.42 Kb.
|
Essey
Essey: Te’xnik ta’minot Axborotlarni ishlab chikarish vositalari – har xil kuvvatga ega bo`lgan va xilma xil turlardagi elnktron hisoblash mashinalari, hisoblash tarmoklari, ish stantsiyalari, mini va mikro kompyuterlar hamda turli vazifalarni bajaruvchi serverlar axborot texnologiyalari texnik ta’minotining asosini tashkil kiladi. Bu texnik vositalarning turlari hamda imkoniyatlari jamiyatni avtomatlashtirish darajasi bilan mos xolda doimiy ravishda va uzluksiz rivojlanib bormokda. Agarda shaxsiy kompyuterdan kichik maxalliy tarmokning avtomatlashtirilgan ish joyi sifatida foydalanilsa, ishlash uchun zarur barcha axborotlar markazlashtirilgan xolda saklansa, unda ishlab chikarilayotgan axborotlarning xajmi katta bulmaydi. Bunda ishning tezligi kompyuterning tez ishlashi bilan emas, balki operator va mashina dialogining tezligi bilan belgilanadi. Bundan kelib chikadiki, ushbu xollarda nisbatan kichikrok tezlikka ega bo`lgan va urtacha tezkor xotira xajmiga ega bo`lgan EHMni kullash mumkin. Boshka xollarda, agar kompyuter katta xajmli xujjatlarni muntazam tayyorlash uchun muljallansa va buning uchun axborotlarning katta massivlaridan foydalanilsa, unda tashki va ichki xotiraning katta xajmiga ega kudratli mashinalardan foydalanish lozim buladi. Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti tarkibiga kuyidagilarni kiritish mumkin: -Ma’lumotlarni yigish va kayd kilish vositalari; -Ma’lumotlarni uzatish va kabul kilish vositalari: -Datchiklardan ma’lumotlarni kabul kilish vositalari; -Analog-rakamli va rakam-analogli uzgartirgichlar; -Kommutatorlar va multipleksorlar; -Tarmok adapterlari; -Selektor va marshrutizatorlar; -Ish stantsiyalari va abonent punktlari; -Serverlar; -Ma’lumotlarni saklash vositalari (xotira kurilmalari); -.Mini va mikro EHM hamda mikroprotsessorlar; 12.Boshkaruvchi kompyuterlar; -.Pechatlovchi kurilmalar va uskunalar; -.Skanerlar; -Plotterlar; -kuzatuvchi videokurilmalar; .turli xil audio kurilmalar; .turli xil aloka vositalari; nusxa oluvchi kurilmalar; -turli xildagi ma’lumot tashuvchilar; .ma’lumotlarni kiritish va chikarish vositalari; .ups kurilmalari;elektrogeneratorlar (tashki tok manbai uzilib kolganda); ma’lumotlar xavfspzligini ta’minlovchi kurilmalar; .ximoya kurilmalari;kerakli bo`lgan dasturlar hamda kurilmalar bilan ta’minlangan shaxsiy kompyuterlar. Ushbu texnik vositalar kuyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: -Ishonchlilik; -Resurslardan foydalanishning samaradorligi; -Texnik kursatgichlar jixatidan bir-biriga mos kelishlik; -Tarkibiylik va modellilik; -Harajatlar buyicha samaradorlilik; -Foydalanuvchiga nisbatan dustonalik; -Xozirgi zamonda eng keng miqyosda ishlatiladigan kompyuterlardan biri xususiy yoki shaxsiy kompyuterlardir. Ularning ko`rinishi kichik va ixcham bo`lishigi qaramay, iqtisodiyot va texnikaning deyarli barcha soxalarida muvaffaqiyatli ravishda qo`llanilib kelmoqda. Lekin ular qachondan boshlab va nima sabablarga ko`ra paydo bo`lgan? Qanday printsiplarning qabul qilinishi va qaysi texnik yechimlar ularning ommabop bo`lishiga va keng miqyosda qo`llanilishiga sabab bo`lgan? Ushbu muammolarni to`g`ri xal qilish uchun Xususiy kompyuterlarning iqtisodiyotning turli soxalarida ishlatilishi va u foydalanuvchiga qanday imkoniyatlar yaratib berishi xaqida biroz fikrlash lozim bo`ladi. Yarim o`tkazgichli bir necha minglab elementlardan tashkil topgan yaxlit mikrosxemalarning kristal plastinkaga integratsiya qilish texnologiyasining rivojlanishi mikroprotsessorlarning, xotirasi katta integral sxemalarining, kiritish- chiqarish katta integral sxemalarining paydo bo`lishiga olib keldi. Demak, arifmetik-mantiqiy qurilma, ichki registrlar va boshqaruv qurilmasidan tashkil topib, bitta yoki bir necha katta integral sxemalarda bajarilgan, hamda funktsional jihatdan tamoman to`liq bo`lgan qurilmani mikroprotsessor deb tushuniladi, yoki, oddiy qilib aytganda, EHM-da qayta ishlanayotgan axborotlar elektr signallari ko`rinishida tasvirlanib, ular elektron qurilmalar orqali qayta ishlanadi. Xususan ushbu elektron qurilmalar ming va xatto minglab bahamjihatlik bilan ishlaydigan elementlardan iborat bo`ladi. Mana xuddi shunday qurilmalar mikrosxemalar deb ataladi. Mikrosxema deb, bir butun protsessorni tushunish ham mumkin. Agar protsessorning barcha zarur elementlarini bitta mikrosxemaga joylashtirishga erisholmasa, u holda bir qancha mikrosxemalar bitta plataga o`rnatiladi. Plata- plasmassali plastinka bo`lib, uning ustki qismida mikrosxemalar ko`rinishda bog`langan metalli o`tkazgichlar bo`ladi. Mikroprotsessorlarning paydo bo`lishiga asosiy sabab nimada degan tabiiy savol ko`ndalang bo`ladi, unga javob berishga harakat qilamiz. Yarim o`tkazgichli katta integral sxemalarning - mikrokalkulyatorlar va xotirlovchi qurilmalarni tayyorlashdagi to`plangan boy tajriba hamda mukammal o`zlashtirilib olingan texnologiyalarda mikroprotsessorlarning asosiy element bo`lishi katta integral sxemalarning yaratilishiga va zudlik bilan o`zlashtirilishiga sharoit yaratib berdi. Buning oqibatida hisoblash texnikasining rivojlanish tarixida birinchi marta shunday holat qaror topdi, ya’ni mikroprotsessor o`zini qabul qilishga tayyor bo`lmagan bozordan oldin yuzaga keldi, shuning uchun foydalanuvchilar ularga nisbatan talablarini shakllantira olmadilar. Yuqoridagi tarzda EHMning rivojlanish taraqqiyoti xususiy EHM-larning yaratilishiga olib keldi. Uning 1-chi qaldirg`ochi 1975 yilda AKSH-da ishlab chiqildi (ushbu xususiy kompyuter MITS firmasi tomonidan INTEL-8080 protsessori asosida ishlab chiqilib, Altair 8800 deb nomlangan) va tarixan qisqa muddat ichida, ya’ni 1987 yilga kelib, jahonda xususiy kompyuterlarning soni 30 mln. donaga o`sgan. Xususiy EHM hamma harid qilish narxidagi qudratli universal instrument bo`lib, har xil sohadagi mutaxassislar aqliy mehnatining ish unumini bir necha marta oshiradi. EHM-ni xususiy EHM deb atash uchun u quyidagi asosiy talablarni qondirishi shart: 1976 yilda Pol Allen va Bill Geyts Beysik tili uchun interpretator ishlab chiqqandan so`ng, xususiy kompyuterga bo`lgan talab keskin ravishda ortgan hamda uning xilma-xil turlari va ularga mos bo`lgan programmaviy ta’minotlar xosil bo`la boshlagan. 1981 yilda esa hozirgi paytda keng miqyosda tarqalgan IBM PC turidagi xususiy kompyuterlarning birinchisi ishlab chiqarilgan. Kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning asosiy turlari. Dasturlarning turli xillari mavjud boʻlib, ularning har biri ma’lum bir ishni bajarishga moʻljallangan. Lekin insonlarga oʻxshab, EHM lar ham qandaydir koʻrsatmalarga yoki dasturviy ta’minotga muhtoj boʻladi, chunki busiz ularning ishini, ichki va tashqi hotiralar bilan ishlashni, qoʻshimcha qurilmalarga murojaat qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas. Bu muammolarni xal qilish uchun qanday turdagi dasturlar ishlatilishi mumkin deb oʻylaysiz? Kompter hotirasida juda katta miqdordagi qoʻshimcha joy egallaydigan ushbu dasturlarsiz u bilan samarador ishlashni amalga oshirish mumkinmi yoki yoʻqmi? Agarda shunday turdagi dasturlar mavjud boʻlmasa kompyuter bilan muloqot qanday ravishda oʻzgaradi? Bunday turdagi dasturlarni qanday asosiy guruhlarga ajratgan boʻlar edingiz? Kompyuterdan foydalanish samaradorligini oshirishga, uni ishlatishni engillatishga va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashni osonlashtirishga moʻljallangan dastur vositalari kompleksiga dastur ta’minoti tizimsi (PTS) deb yuritiladi. Kompyuterning PTS oʻz ichiga turli xil dasturlar toʻplamini oladi (3.1 rasm). Dasturlashni avtomatlashtirish tizimsi (PAS) foydalanuvchilar dasturlarini yaratish jarayonini engillashtirish va avtomatlashtirishga moʻljallangan boʻlib PTS ning bir qismi hisoblanadi. Rivojlangan PASlar dasturlashtirish tillari, translyatorlar va sozlash dasturlarini oʻz ichiga oladi. Sozlash dasturlari tuzilgan dasturlar ishining toʻgʻriligini tekshirish va xatolarni topish uchun ishlatiladi. Kompyuterda masalalarni echish jarayonini ta’minlash va uni osonlashtirish uchun operatsion tizim deb ataluvchi dasturlar kompleksi ishlatilib, u boshqaruvchi va qayta ishlovchi dasturlar guruhidan iborat. Boshqaruvchi dasturlar kompyuter qurilmalari ishini boshqaradi, ya’ni kompyuter qurilmalari ishini, kiritish, tayyorlash va boshqa dasturlarning bajarilishini tashkil qiladi va boshqaradi. Qayta ishlovchi dasturlar ma’lumotni qayta ishlash bilan bogʻliq yangi dasturlarni EHMda ishga tushirib, masalalarni echishga va boshlangʻich ma’lumotlarni tayyorlash ishlarini bajarishga xizmat qiladi. Texnik xizmat qilish dasturlari kompyuterning profilaktika ishlarida, diagnostika masalalarini echishda va undagi nosozliklarni aniqlashda hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Amaliy dastur paketlari tarkibiga insonning kundalik amaliy faoliyatida vujudga keladigan ilmiy, texnik, moliyaviy va turli-tuman iqtisodiy masalalarni echishga mo‘ljallangan, operatsion tizim imkoniyatlarini va funktsiyasini kengaytirishga hamda boshqa bir qancha konkret maqsadlarga moʻljallangan dasturlar kompleksi kiradi. Yuqorida tasvirda koʻrsatilgan translyatorlar amaliy dasturlarni algoritmik tillardan mashina tiliga oʻgiruvchi tarjimon dasturlardir. Ular ikki xil boʻladi: kompilyatorlar va interpretatorlar. Interpretatorlar dasturlashtirish tilida yozilgan dasturni bosqichma-bosqich (yoki qatorma- qator) mashina tiliga oʻgirib va darhol bajarib borsa, kompilyatorlar esa butun dasturni birdaniga mashina tiliga oʻgiradi va agarda uning xatosi yoki kamchiligi boʻlmasa, uni bajarishni amalga oshiradi. Bir marta kompilyatsiya qilingan dastur boshqa kompilyatsiya qilinmaydi, negaki uning natijasi ishlovchi dasturni xosil qiladi. Interpretatorda esa dastur har bir bajarilishida qaytadan mashina tiliga oʻgiriladi va bosqichma-bosqich bajarila boradi. Xususiy kompyuterning ham foydalanuvchi uchun qulay va samarador boʻlishi unda qanday dasturviy ta’minot mavjudligi bilan aniqlanadi. Lekin dasturviy ta’minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur boʻlishi uning qaysi soxada faoliyat koʻrsatishi bilan aniqlanadi. Endi oʻzingizni iqtisod soxasida faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassis sifatida faraz qilgan holda qaysi turdagi dasturviy ta’minot Sizning kundalik ishlarni bajarishingiz uchun kerak boʻlishini oʻylab topishga xarakat qiling. Kompyuter ishlaganda uni boshqarish uchun kerak boʻladigan dasturlar bilan amaliyotda qoʻllaniladigan dasturlar orasida qanday farq boʻlishi mumkin? Kompyuterning dasturviy ta’minoti ularning qoʻllash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun moʻljallangan dasturlar tizimsidan iborat. Kompyuter dasturlar ta’minotining toʻplami quyidagi guruhlarga ajraladi: - tizimviy dasturlar – xilma-xil qoʻshimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qoʻyish, kompyuter haqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni boshlangʻich ishga tayyorlash va xakozolar; - amaliy dasturlar – foydalanuvchilarga zarur boʻlgan ishlarni bajarishga imkon beruvchi dasturlar, matn taxrirchilari, jadval protsessorlari, rasmlar chizishga imkon beruvchi dasturlar, informatsion massivlar va bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi dasturlar va xokazolar. - dasturlashtirish tizimlari yoki instrumental tizimlar – ular kompyuter uchun yangi amaliy dasturlar yoki foydali ilovalar yozish uchun xizmat qiladilar. Tizimviy dasturlarga operatsion tizim, drayverlar, qobiq dasturlar va operatsion qobiqlarni kiritish mumkin. Operatsion qobiqlar ishga tushiriladigan dasturlar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin: - grafik interfeys – ma’lumotlarni chiqarish va ular bilan samarador ishlashga imkon beradigan vositalar toʻplamini xosil qilish mumkin, ya’ni aloxida turdagi menyular, darchalar, oynalar, ma’lumotnomalar va xokazolar; - multidasturlashtirish – bir vaqtning oʻzida bir qancha dasturlarni ishlatish imkoniyati; - dasturlararo ma’lumot almashinishnig kengaytirilgan vositalarini ishlatish. Dastur ta’minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa masalalarni echishda, shuningdek, boshqaruv ma’lumotlarini qayta ishlash uchun hisoblash tizimlari qurishda kompyuter texnik vositalarining imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. Kompyuter dastur ta’minotining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat: - dasturlashni avtomatlashtirish vositalari yordamida masalani EHMda echishga tayyorlash; - operator bilan kompyuterning eng qulay koʻrinishlardagi aloqasini tashkil qilish; - kompyuterni nazorat qilish, unga diagnoz qoʻyish va yuzaga kelgan nuqsonlarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslik. Kompyuterning dastur ta’minoti strukturasida dasturlashning modulli tomoyili amalga oshiriladi, bu tomoyil, odatda funktsional bogʻliq boʻlmagan dasturlar yoki ularning qismlari standart modullar koʻrinishida shakllanadigan va sozlanadigan boʻlishini talab qiladi. Bunday struktura yoki ularning oʻrnini almashtirish, yoxud qoʻshimcha modullar kiritish yoʻli bilan EHMning dastur ta’minotini nisbatan oddiy kengaytirish va takomillashtirish imkonini beradi. Kompyuter dastur ta’minotining eng muhim tarkibiy qismi, operatsion tizim boʻlib, u turli tartiblarda kompyuterning eng samarali ishlashini, shuningdek, masalani kompyuterda echishga tayyorlashdagi mehnat sarfining kamayishini ta’minlaydigan dasturli vositalar majmuidan iborat. Personsl kompyuter funktsional maqsadiga bogʻliq holda kompleks monitor imkoniyatlari foydalanuvchi tomonidan displey kiritiladigan katta sonli boʻlmagan oddiy buyruqlarning bajarilishidan tortib, to aniq vaqt davomida har xil qurilmalar bilan boshqarishgacha oʻzgarib turadi. Monitorning odatdagi vazifasi Personsl kompyuter bilan foydalanuvchi oʻrtasida oʻzaro aloqadorlikni tashkillashtirish, resurslar taqsimlashni boshqarish va Personsl kompyuter faoliyatida talab etilgan tartibni ta’minlash, tizimli va boshqa dasturlarni ishga tushirish va bajarilishini nazorat ostiga olish, ma’lumotlar almashinish jarayonning bajarilishini boshqarishdir. Tizimli dasturlar va ma’lumotlar guruhiga tashqi tashuvchilarga xizmat qiluvchi dasturlar, servis dasturlar va dasturlar kutubxonasi kiradi. Axborotlarning tashqi tashuvchilarga xizmat koʻrsatadigan dasturlar tashuvchilardagi mavjud axborotlarni tenglashtirish va nazorat qilishga, shuningdek tashuvchilar bilan va alohida fayllar bilan boshqa jarayonlarni bajarishga tayyorlash, saqlashni tashkillashtirish va dasturlarni qoʻllash ishlarini engillashtiradi. Ular oʻzlarining funktsional maqsadlari nuqtai-nazaridan turli-tumandir, lekin qoidaga koʻra, ularning tarkibida matnni taxrirlash dasturlari va kutubxonalar boʻladi. Displeydan yoki boshqa bir qancha tashuvchilardan kiritilayotgan matnlar tahrir dasturlari orqali Personsl kompyuterning operativ yoki tashqi hotirasiga yoziladi, bunda ular maxsus tahrir buyruqlari yordamida oʻzgartirilishi mumkin. Koʻplab tahrir dasturlari mavjud, ular bir biridan bajaradigan imkoniyatlari bilan farqlanadi va matnlarda oʻzgarishlar qilish uchun ishlatiladi. Dasturlashtirish tillarining tasnifi. Hozirgi paytda yuzlab algoritmik tillar mavjud boʻlib, ularga Fortran, Algol, Kobol, RL/I, Assembler, Paskal, SI, LISP, Beysik va boshqa koʻpgina tillarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Bu algoritmik tillar universal dasturlash tillari hisoblanib, ular injener-texnik, hisoblash, iqtisodiy va boshqa xarakterdagi koʻplab masalalarni echishga, shuningdek ma’lumotlar toʻplamini qayta ishlash, matnli axborotlarni taxlil qilish va shularga oʻxshash boshqa koʻpgina masalalarni echishga moʻljallangandir. Masalalarni dasturlash uchun kompyuterda dasturlash tillari deb ataluvchi sun’iy tillar qoʻllaniladi. Masalani echishning ishlab chiqilgan algoritmi shu tillar yordamida bir ma’noli qilib va kompyuterda qabul qila oladigan formada tavsiflanadi. Hozirgi vaqtda dasturlash tilini u yoki bu belgisi boʻyicha tavsiflash mumkin. Ishlatilish sohasiga koʻra dasturlash tillari universal, ya’ni barcha sohalarda ham ishlatish mumkin boʻlgan tillar va ma’lum soha yoki muammolarni echishga moʻljallangan tillarga boʻlinadi. Universal tillarga yuqori darajadagi tillardan PL/I, ADA, SI kabilar kirsa, ilmiy- texnika sohasida ishlatiladigan tillarga Fortran, Algol kabilar, iqtisodiy masalalarni echishga esa Kobol, RPG, LISP, Prolog kabi tillar misol boʻladi. Foydalanuvchilar saviyasiga koʻra esa yuqori darajali va quyi darajali tillarga boʻlinadi. Yuqori darajali tillar keng foydalanuvchilar ommasiga moʻljallangan boʻlib, tabiiy tilga ancha yaqin va tushunarli boʻladi. Bunday tillarga PL/I, ADA, Beysik, Paskal, Kobol, RPG, Fortran kabilar misol boʻladi. Quyi darajadagi tillar mashina tiliga yaqin boʻlib, bu tildan foydalanuvchi mashinaning tuzilishi boʻyicha ma’lum darajadagi bilimga ega boʻlishi kerak. Quyi darajadagi til mashinaning imkoniyatlaridan toʻlaroq foydalanish imkonini berib, u operatsion tizimlar, translyator va kompilyatorlar yaratish hamda shu kabi murakkab dastur vositalarini yaratishda ishlatiladi. Hozirgi vaqtda dasturlash tilini u yoki bu belgisi boʻyicha tasniflash mumkin. Odatda, dasturlash tilining EHMga koʻra bogʻliqlik darajasi boʻyicha klassifikatsiyalash eng umumiy hisoblanadi. Ushbu belgisiga koʻra barcha tillar ikkita katta guruhga: mashinaga bogʻliq va mashinaga bogʻliq boʻlmagan tillarga boʻlinadi. Dasturlash tilining mashina tiliga yaqinligi darajasini ta’riflash uchun til darajasi tushunchasi qoʻllaniladi. Darajasi 0 boʻlgan mashina tili darajalarni sanash boshi etib qabul qilingan. Odamning tabiiy tili eng yuqori darajadagi til deb qaraladi. Mnemokodlar birinchi darajadagi tillar hisoblanib, ular mashina tillariga eng yaqindir. Lekin mnemokod mashina tilidan shu bilan farqlanadiki, unda amal kodlari mos harfli belgilar bilan, operandlarning raqamli adreslari esa harfli yoki harf-raqamli belgilar bilan almashtirilgan. Download 22.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling