Egri shoxni bogʻbon ham
Download 63.56 Kb.
|
К.Мухаммадий
Bir umr kichkintoylarning katta adabiyotini yaratish uchun samarali ijod qilgan otaxon shoirlardan biri Quddus Muhammadiyda shunday misralar bor: Egri shoxni bogʻbon ham Kesib tashlar koʻrgan dam. Shu sabab toʻgʻri oʻzar Egri esa ozar, toʻzar. Ha, kimki bola tarbiyasida xuddi bogʻbon kabi yoʻl tutadigan boʻlsa, uning farzandi kelajakda oʻqimishli, aqlli, hushli boʻladi. Zero, Quddus Muhammadiyning ham maqsad-murodi shunday. Otaxon shoirning har bir asaridan kichkintoylarni to^riso^z, oʻqimishli boʻlishga chorlovchi misralarni topish mumkin. Kichkintoylarning buyuk shoiri Quddus Muhammadiy 1907 yilda, Toshkent shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Boʻlajak shoirning otasi Muhammad Alibek Abdurahmonbekov savodli kishi edi. U dastlabki maʼlumotni otasidan oldi. 1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy avval amakisinikida, soʻngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q. Muhammadiyning birinchi sheʼri – “Chuvalachi” maydonga keladi va bu yerda chiqadigan “Quyosh” nomli devoriy gazetada eʼlon qilinadi. Shu ilk mashqlaridayoq boʻlajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy idrok etish isteʼdodi hamda umumlashtirish mahorati yaqqol koʻrinadi. U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xoʻjalik texnikumiga oʻqishga kiradi. Bu yerda u bolalar uchun sheʼrlar yoza boshlaydi. Uning “Tong oʻyini”, “Paranji”, “Ahmad va asalari”, “Seleksiya stansiyasi” nomli sheʼrlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi. 1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika oʻqituvchisi boʻlib ishladi, shu bilan birga Oʻrta Osiyo davlat universitetining biologiya fakultetida oʻqiy boshladi. Bolalar uyidagi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va muallimlarning gʻamxoʻrliklari Q. Muhammadiy qalbida bir umr oʻchmas iz qoldiradi. Bu yerdagi oʻzaro doʻstlik boʻlajak shoir qalbini togʻdek koʻtarib yuboradi. Quddus Muhammadiy Oybek, H. Olimjon, Gʻ. Gʻulomlarni oʻzi uchun ustoz deb bilgan, ulardan oʻrgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda boʻlgan. Ilk sheʼrlaridan biri “Tong oʻyini” orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu isteʼdodli bolalar shoirini hamisha qoʻllab-quvvatlab, ijodiga gʻamxoʻrlik qilib kelgan. Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira boʻladi. Mushoiraga raislik qilayotgan Hamid Olimjon sheʼr oʻqish navbatini Quddus Muhammadiyga beradi. Q. Muhammadiy zavq bilan “Saʼva sayrarkan” sheʼrini oʻqiydi. Uning ijodiy qobiliyatini payqagan H. Olimjon sheʼr tugashi bilan yoniga chaqirtiradi. Qachondan beri sheʼr yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, sheʼr maʼqul tushganini aytadi. Soʻng bolalar uchun sheʼrlarning kamligi haqida toʻxtalib, shunday ajoyib sheʼrlarni koʻproq yozishni taʼkidlaydi. Quddus Muhammadiy ijodiga xos boʻlgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, aʼlo oʻqish, xulq-odobda boshqalarga namuna boʻlishga daʼvat etish, fan va texnikani oʻrganish masalalari asosiy mavzulardan hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom Shoirga adabiy kotiblik qiladi. Bu yerda u xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. Islom Shoirdan koʻp narsalarni oʻrganadi. Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1946 yilda “Oʻquvchiga esdalik” nomi bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari chop etiladi. Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir sheʼrni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizgʻin yozdi, soz yozdi. Bolalarni oʻqishga, hunar oʻrganishga, odobli boʻlishga, mehnatga chorlaydi, qiziqtirdi. Buni shoirning “Oʻquvchiga esdalik” sheʼrida koʻrish mumkin. Asarda maktab oʻquvchisining maʼnaviy qiyofasi va vazifalariga mufassal toʻxtalib, oʻqish, bilim oʻrganish zarurligini taʼkidlaydi: Boʻlay desang bogʻbon, Yo Vatanga posbon, Yo osmonda uchuvchi, Yo dengizda suzuvchi, Nimani qilsang tilak, Bariga oʻqish kerak. Sanʼatkorning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida hayotbaxsh ruh, bolani nimagadir chorlash, yaxshilik, aʼlo oʻqish, axloq-odobli boʻlishda boshqalarga oʻrnak koʻrsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon boʻlishdek ibratomuz maʼno va mazmun yotadi. Shoir oʻquvchi bolalar hayotining faqat eng muhim, hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan masalalarinigina qalamga oldi va ularni badiiy jihatdan yorqin va ifodali qilib tasvirlashga urindi. Bu esa u tomonidan ishlatilgan tasvirlash vositalarining naqadar oʻrinli va mazmundorligini tasdiqlaydi, obrazli ibora eng qisqa ifodali va mazmundor ibora ekanini isbotlaydi. Quddus Muhammadiy sofdil, aʼlochi oʻquvchi bolalarni samimiy sevadi, oʻz sheʼrlarida bunday bolalarni maqtaydi. “Aʼlochi Sodiq”, “Sinov”, “Mening orzum”, “Bizning uyda”, “Yasha, Omon!”, “Besh”, “Solijonning darsxonasi” va boshqa sheʼrlari aʼlochi oʻquvchilar haqida yaratilganligi bilan muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Shoir bu sheʼrlari orqali aʼlo oʻqish, tinmay mehnat qilish bilangina ilm-fan sirlarini egallash mumkinligini bolalar qulogʻiga quyadi. Quddus Muhammadiy ijodining yana bir qirrasi satirik va yumoristik asarlari bilan bogʻliq. “Nomsiz erkatoylar haqida”, “Dum”, “Ahmadjonga uyat”, “Lapashang”, “Ravshanjonning qoʻli tilga kirdi” kabi koʻplab sheʼrlarida bolalar xarakteridagi yaramas odatlar ayovsiz tanqid qilinadi. Ayniqsa, shoirning “Dum” sheʼri shu jihatdan eʼtiborlidir. Ulgurmovchi, uyga berilgan vazifani tayyorlamay “dum” bilan yuruvchi oʻquvchilar haqida nasr va nazmda yozilgan koʻpgina asarlarni bilamiz. Ammo Quddus Muhammadiy “dum” chilar ustidan kulish uchun mutlaqo yangi soʻz va qiyofa topgan. Sheʼr quvnoq misralardan tashkil topgan boʻlib, bolalarning ruhiga, pedagogik-ruhiy xususiyatiga mos tushadi: Bir maktabda gap mish-mish, Turgʻunning dumi bormish. Dum bilan yurish inson shaʼniga yarashmasligi, ikkichi, qoloq, ishyoqmas Turgʻunlarning bunday yaramas dumdan qutulib ketishi zarurligi asarning mantiqiy xulosasidir. Shoir ijodiga nazar tashlasak, mehnatga muhabbat mavzusi alohida oʻrin tutishini aytish mumkin. “Bobomning mehnati”, “GES qurilishi”, “Mirob”, “Bu binoni kim qurgan?”, “Etik”, “Madraim payvandchi”, “Mamajon shofyor” va boshqa shu kabi sheʼrlarda mehnat simfoniyasi jaranglab turadi. Bu yerda shuni ham taʼkidlab oʻtish zarurki, mehnat ahlini sevish, ularning bunyodkor faoliyatlarini qadrlash birinchi oʻrinda tasvirlanadi. “Etik” sheʼrining qahramoni Solijon degan bola. U hali kichkintoy boʻlishiga qaramasdan mushohadasi oʻtkir, odobli. U “Oʻrdak burunli kavkazcha etigiga gard yuqtirmaydi”. Shunga koʻra uni olifta bola ekan, deb oʻylash ham mumkin. Shoir Solijon bilan uning etigi orasidagi munozaraga diqqatni qaratadi. Etik oʻzining chiroyliligini koʻz-koʻz qilmoqchi boʻladi: Koʻp chiranma husningga, Rahmat deb qoʻy bir marta Seni tikkan ustangga. Solijonning “oʻrdak burunli kavkazcha”, etigini “puf-puflab” kiyib yurishi uning tikilishiga sarf qilingan mehnatni yaxshi bilishidan, eʼzozlashidan. Bolalar tabiatan olam sirlarini bilishga astoydil qiziqadilar. Shoirning “Dunyoda eng kuchli nima?” sheʼri ana shu qiziqishning badiiy ifodasi sifatida eʼtiborga loyiq. Shoir filni “togʻni ortsang koʻtaradi”, sherni “filni ham tikka yeydigan”, suvni “daryo, soy, irmoqlari, buloqlari koʻp”, sovuqni “daryolarni tosh qotirgan”, issiqni “qish, sovuqni qochirgan”, togʻlarni “togʻ-u toshni qulatar”, quyoshni “qarimaydi, uchmaydi” deb har xil mavjudot va hodisalarga xos eʼtiborli xususiyatlarni gʻoyat jonli, qiziqarli ifodalab, ularni bolalarning suhbati orqali sheʼriy ravishda ifodalaydi. Buni oʻqigan bola hodisalarning maʼnosi nimadaligini, ularning hayotdagi oʻrnini tushunib oladi. Bu bolaning fikrini, qobiliyatini, ongini, dunyo haqidagi tushunchasini oshiradi. Ayniqsa, yosh kitobxon dunyoda kuch-qudrat, aql-zakovatda insonga teng keladigan hech narsa yoʻq ekanligini bilib oladi: Oʻsha kuchli oʻzimiz, Borliqning egasimiz… Xotiringiz boʻlsin jam, Dunyoda kuchli odam! Maktab oʻquvchilari har yili necha ming tonnalab temirtersaklar yigʻib topshiradilar. Bu hol anʼanaga aylanib ketgan. Maktab oʻquvchilari bu ishga astoydil kirishib, “kim koʻp toʻplashadi” oʻynaydilar. Natijada musobaqalar qizib ketadi. Shoir temir-tersak yigʻish chogʻida oʻquvchilarning qizgʻin mehnatini, temir-tersaklarning xalq xoʻjaligidagi oʻrnini, ulardan nimalar tayyorlanishini “Temirlar oʻyini” sheʼrida ifodalaydi. Temirlar oʻyinini ifodalashda shoir bolalarbop vosita, ohang topgan. Sheʼrni oʻqir ekansiz, temir-tersaklarni jonlantirish asosida ularning har biriga oʻziga xos tasvir topishi va gʻoyani obrazli ifodalay olishini kuzatish mumkin: Temirlar jarang-juring, Oʻynashib diring-diring, Deyishar: “yuring-yuring”, Tushdilar qiziq – tansa, Sakrashar assa-assa. “Temirlar oʻyini”dagi “siniq pero”, “buzuq ruchka”, “eski chelak”, “choʻloq ketmon”, “zang bosgan mix”, “keraksiz kalit”, “uzuq zanjir”larning oʻz holiga achinishi, bolalar mehnati, tashabbusi tufayli ular ham xalq xoʻjaligini rivojlantirishda yaroqli boʻlishidan xushnudligi yanada aniq, jonli, loʻnda ifodalanadi: endi ular keraksiz boʻlib, har yerda sochilib yotmaydi. Zavodlarda eritilib, qayta quyilganidan soʻng mehnat qurollariga aylanadi, yana oʻz oʻrnini topadi. Shoir sheʼrning ikkinchi qismida maktab bolalari oʻzlari toʻplagan temir-tersaklarni zavodga topshirgach, undan nimalar boʻlishini tushuntirishga oʻtadi: …Elektr salqi simlar, Trolleybus, dizellar. Poyezd, vagon, poʻlat iz, Daryoni shart toʻsgan GES… Hattoki qisqich, chelak, Tegirmonda sim elak, Palovimiz kapgiri, Chovli, kastrul – bari. Quddus Muhammadiy sheʼrning qiziqarli, bolalarbop boʻlishi uchun jonlantirish usulidan ustalik bilan foydalanib, temir-tersaklar ahamiyatini ularning oʻzlari tilidan soʻzlatadi. Har qaysisiga xos va mos sifatlarni topadi. Deyishar: “Yuring, yuring”, “biz qachon boʻlamiz Z1L?”, “Traktorga vint boʻlib, paxta maydonin koʻray”, “Qurilishga boramiz”, “Temir mehnatkash doʻstim” kabi jonlantirishlar sheʼrning gʻoyaviy-badiiy tomondan yuksak boʻlishini taʼminlab, uning taʼsir kuchini oshirgan. Shoir sheʼrning yengil vaznda, ravon va ohangdor boʻlishi uchun yorqin qofiyadosh soʻzlar topa olgan: Siniq pero dikillab, Buzuq ruchka likillab… Temir ishin bilaman, Qayda koʻrsam ilaman, Maktabga topshiraman Zavodga oshiraman. Tabiat goʻzalligiga boʻlgan buyuk muhabbat shoirga hamisha hamrohdir. Maktabda muallimlik qilib yurgan paytida barg mavzusini oʻtar ekan “Bargjon” sheʼrini yozadi. Shu tariqa uning “Momaqaymoq”, “Qoqi oʻt”, “Bogʻimizda bir nok bor”, “Tut”, “Tolim gullaydi-yu nega meva tugmaydi?”, “Tok daraxti bir xil-u uzumi nega har xil?”, “Shaftoli doktor”, “Asalari va Ahmadjon” kabi sheʼrlari paydo boʻldi. Shu jihatdan shoirning Hamza nomidagi respublika davlat mukofotiga sazovor boʻlgan “Tabiat alifbosi” turkumiga kirgan beshta toʻplami eʼtiborlidir. Shoir bu toʻplamlarga kirgan sheʼrlarida tabiat hodisalari, narsa va buyumlar, koinot moʻjizalari haqida poyetik xulosalar chiqargan. Bu xulosalar gʻoyat bolalarbopdir. Chunonchi, zilzilani yerning gimnastika qilishi deb taʼriflasa, chuvalchangni “er traktori” deb ataydi, gilosning qizilligini kichkinaligidan uyalishidan degan xulosaga keladi. Xullas, tabiat mavzusidagi har bir sheʼrida shu tariqa bolalar xususiyati va tushunchasiga xos ibratli fikr ifoda etiladi. Quddus Muhammadiy yosh kitobxonlar qalbida tabiat va inson kuychisi sifatida har doim eʼzozli boʻlib qoladi. Начало формы
Конец формы Китоб қандай ўқилади? Сайтимиздаги электрон китобларни 3 усулда ўқиш мумкин: kitobxon мобиль android-иловаси орқали, kitobxon windows-дастури орқали ёки сайтда онлайн равишда Батафсил Китобни қандай сотиб олиш мумкин? Кетма-кетлик бўйича тавсия: сайтда қандай рўйхатдан ўтиш, сайтдаги шахсий ҳисобни қандай тўлдириш мумкин, керак бўлган китоб учун қандай тўловни амалга ошириш Батафсил Сиз муаллифмисиз? Ҳурматли муаллифлар: Сайтимизда асарларингиз жойлаштирилишини (ёки сайтдан ўчирилишини) истасангиз биз билан шартнома тузиш учун боғланишингизни сўраймиз Батафсил Савол-жавоблар Агар мен Ўзбекистонда бўлмасам, қандай қилиб китоб сотиб олишим мумкин? Нима учун PDF-форматини юклаб ололмайман? Интернетсиз китобни қандай ўқиш мумкин? ва бошқа саволларингизга бизнинг жавобларимиз Батафсил Қуддус Муҳаммадий ХХ аср ўзбек болалар адабиётининг йирик намояндаларидан бири Қуддус Муҳаммадий 1907 йили Тошкентда деҳқон оиласида дунёга келди. Ўрта мактабдан кейин қишлоқ хўжалиги билим юртида, сўнг Ўрта Осиё Давлат университетининг биология факультетида таҳсил олди. Қуддус Муҳаммадий ижоди 30-йиллардан бошланган бўлиб, илк асарлари “Шарқ ҳақиқати” газетаси ва “Ер юзи” журналида чоп этилади. Унинг 1936–1937 йилларда яратилган “Сандал ва печка”, “Ўз-ўзини танқид” каби достонларида одамлар феъл-атворидаги, хусусан, болалар характеридаги айрим нуқсонлар беғараз ҳажв қилинади. Қуддус Муҳаммадий 1941–1944 йилларда машҳур бахши Ислом шоирга котиблик қилиб, унинг терма ва достонларини ёзиб олиш билан машғул бўлди. Урушдан кейинги йилларда биринчи шеърий тўплами “Синов” (1947) номи билан нашр этилди. Шундан сўнг, “Ўқувчига эсдалик” (1947), “Шеър ва эртаклар” (1947), “Орзу” (1948), “Баҳор келди” (1950), “Дунёда энг кучли нима?” (1951), “Қирқ ўғил ва қиз” (1951), “Бизнинг дўстларимиз” (1952), “Сен туғилган кун” (1952), “Янги уй” (1953), “Меҳрибон дўстлар” (1953), “Қўнғизбой билан Сичқонбой” (1955), “Тугмача” (1956), “Танланган асарлар” (1957) каби ўттиздан ортиқ китоблари босилиб чиқди. Тўрт жилддан иборат “Табиат алифбоси” китоби, айниқса, “Очил дастурхон” (1970) каби халқ оғзаки ижоди анъаналари руҳидаги асарлари адибга катта шуҳрат келтирди. “Қанотли дўстлар” номли шеърий китоби 1970 йилда Республика Давлат мукофотига сазовор бўлди. 1977 йилда Қуддус Муҳаммадий “Ўзбекистон халқ шоири” унвони билан тақдирланди. Қуддус Муҳаммадий Ўзбек болалар шеъриятининг таниқли сиймоларидан бири Қуддус Муҳаммадий 1907-йилда Тошкент шаҳрида туғилди. Бўлажак шоирнинг отаси Муҳаммад Алибек Абдураҳмонбеков саводли киши эди. У дастлабки маълумотни ўз отасидан олади. Ўзбек болалар ёзувчиси Қуддус Муҳаммадий таваллудининг 105 йиллигига бағишланган ушбу услубий тавсиянома ёзувчи ижодини меросини чуқур ўрганиш, тарғиб қилишда кутубхоналар, ахборот кутубхона ва ахборот ресурс марказлари ходимларига ёрдам бериш мақсадида тузилган. Услубий тавсиядан турли ёшдаги китобхонлар фойдаланишлари мумкин. Ўзбек болалар шеъриятининг таниқли сиймоларидан бири Қуддус Муҳаммадий 1907-йилда Тошкент шаҳрида туғилди. Бўлажак шоирнинг отаси Муҳаммад Алибек Абдураҳмонбеков саводли киши эди. У дастлабки маълумотни ўз отасидан олади. 1925-йилда отаси вафот этгач, Қуддус Муҳаммадий аввал амакиси хонадонида, сўнгра эса мактаб-интернатда тарбияланади. Қуддус Муҳаммадийнинг “Чувалачи” номли биринчи шеърини интернатда чиқадиган “Қуёш” номли деворий газетада босилиб чиқади. Тўғри, “Чувалачи”ни чинакам шеърият намунаси деб бўлмайди. Чунки унда бадиийлик етишмас эди. Лекин Қ. Муҳаммадийда замонни тушуниш, даврни шеърга сола билиш қобилияти пайдо бўлаётганлигидан далолат берар эди. У етти йиллик мактабни муваффақиятли тамомлаб, Тошкент қишлоқ хўжалик билим юртига ўқишга киради. Шу даврдан бошлаб у болалар учун шеърлар ёза бошлайди. Унинг “Тонг ўйини” шеъри “Туркистон”, “Паранжи” шеъри “Шарқ ҳақиқати”, “Аҳмад ва асалари” шеъри “Маданий инқилоб” газеталарида босилиб чиқади. 1931-йилдан Қ.Муҳаммадий мактабда ботаника ўқитувчичси бўлиб ишлайди, шу билан бирга Ўрта Осиё Давлат Университетининг биология факултетида сиртдан ўқишни давом эттиради. Болалар уйи ва университетдаги ҳаёт, меҳрибон мураббий ва муаллимларнинг ғамхўрликлари Қ.Муҳаммадий қалбида бир умр ўчмас из қолдирди. Бу ердаги ўзаро дўстлик бўлажак шоир қалбини тоғдек кўтариб юборган эди. Қуддус Муҳаммадий Ойбек, Ҳ. Олимжон, Ғ. Ғуломларни ўзига устоз деб билган, улардан ўрганган, доимо ижодий мулоқотда бўлган ижодкордир. Илк шеърларидан бири “Тонг ўйини” орқали улкан адиб Ойбек билан танишади. Ойбек бу истеъдодли болалар шоирини қўллаб-қувватлаб, ижодига ғамҳўрлик қилиб турган. Бир куни ёзувчилар уюшмасида мушоира бўлади. Мушоирага раислик қилаётган Ҳамид Олимжон шеър ўқиш навбатини Қ Муҳаммадийга беради. Қ. Муҳаммадий завқ билан “Сава сайраркан” шеърини ўқийди. Унинг ижодий қобилиятини пайқаган Ҳ. Олимжон шеър тугаши билан уни ёнига чақиртиради. Қачондан бери шеър ёзишни, қаерда ишлашини суриштириб, шеъри маъқул тушганини айтади. Сўнг болалар учун шеърларнинг камлиги ҳақида тўхталиб, мана шундай ажойиб шеърларни кўпроқ ёзишни таъкидлайди. Қуддус Муҳаммадий 1941-1944 йилларда машҳур бахши-Ислом шоирга котиблик қилиб, унинг терма ва достонларини ёзиб олиш билан машғул бўлди. Шоирнинг биринчи шеърлар тўплами 1946-йилда “Ўқувчига эсдалик” номи билан босилиб чиқади. Шундан кейин унинг 60 дан зиёдроқ турли номдаги китоблари чоп этилади. Қуддус Муҳаммадий хар бир шеърини болаларнинг кундалик хаётидан олиб ёзади. Унинг шеърлари кичкинтойларни ҳунар ўрганишга, одобли бўлишга, меҳнатга чақиради, қизиқтиради, ёрдам беради. Қуддус Муҳаммадий софдил, аълочи ўқувчиларни самимий севади, ўз шеърларида бундай болаларни мақтайди. “Аълочи Содиқ”, “Синов”, “Менинг орзуйим”, “Бизнинг уйда”, “Яша, Омон”, “Беш”, “Солижоннинг дарсхонаси” ва бошқа шеърлари аълочи ўқувчилар ҳақида яратилганлиги билан муҳим тарбиявий аҳамият касб этади. Қуддус Муҳаммадий ижодининг яна бир муҳим қирраси ҳажв ва енгил кулги билан боғлиқ. “Номсиз эркатойлар ҳақида”, “Дум”, “Аҳмаджонга уят”, “Лапашанг”, “Равшанжоннинг қўли тилга кирди” каби кўплаб шеърларида болалар феълидаги ёмон одатлар аёвсиз танқид қилинади. Шоир ижодида меҳнатга муҳаббат мавзуси алоҳида ўрин тутади. “Бобомнинг меҳнати”, GES қурилиши”, “Мироб”, “Бу бинони ким қурган?”, “Этик”, “Мадраим пайвандчи”, “Мамажон шофёр” ва бошқа шеърларида меҳнат шукуҳи жаранглаб туради. Табиат гўзалликларига улкан муҳаббат шоирга ҳамиша ҳамроҳдир. У мактабда муаллимлик қилиб юрган пайтида “Баргжон”, “Момақаймоқ”, “Қоқи ўт”, “Боғимизда бир нок бор”, “Тут”, “Толим гуллади-ю нега мева тугмади?”, “Ток дарахти бир хил-у, узуми нега ҳар хил?”, “Шафтоли доктор”,”Асалари ва Аҳмаджон” каби шеърларини ёзди. Қуддус Муҳаммадий ёш китобхонлар қалбида табиат ва инсон куйчиси сифатида барҳаёт яшайди. Унинг “Қанотли дўстлар” номли шеърий китоби 1970 йилда Ҳамза номидаги Республика Давлат мукофотига сазовор бўлди. Шоир 1977 йили “Ўзбекистон халқ шоири” унвони билан тақдирланди. Қуддус Муҳаммадий фақат болалар шоиригина эмас, моҳир таржимон сифатида ҳам машҳурдир.Унинг С.Маршак, С.Михалков, К. Чуковский, А.Барто ва бошқа чет эл ёзувчиларининг асарларини ўзбек тилига таржима қилган. Қуддус Муҳаммадий ҳамиша болалар келажаги, уларнинг маънавий камолати ҳақида қайғурди. Уларнинг ўқимишли, ишбилармон ва етук мутахассислар бўлишини орзу қилди ва бундай деб ёзади: Бўлай десанг боғбон, Ё Ватанга посбон, Ё осмонда учувчи, Ё денгизда сузувчи, Нимаики қилсанг тилак, Барига ўқиш керак. Бу сатрлар унинг ёш авлодга насиҳатидир. Болаларнинг буюк ва камтарин шоири Қуддус Муҳаммадий 1997 йил 90 ёшида Тошкент шаҳрида вафот этди. “Болаларнинг улкан шоири” деб номланган тадбир сценарийси. Бу тадбирга болалар шоирлари, ўқитувчилар, ота-оналар ва ўқувчилар таклиф қилинадилар. Тадбирнинг таҳминий режаси. 1. 1. Тадбирнинг очилиши. 2. 2. Меҳмонлар билан таништириш ва уларнинг чиқишлари. 3. 3. Китоб кўргазмаси олдида шоирнинг шеърларини ўқиш ва шарҳлаб бериш 4. 4. Қуддус Муҳаммадий ёзган шеърларидан қисқа парчалар ёдлаб ва унинг мазмунини изоҳлаб, топишмоқларини топиш. 5. 5. Болаларнинг мусиқали чиқишлари. 1-Бошловчи: Ўзбек болалар адабиётини ривожланиришга катта ҳизматлари синган шоирлардан бири, Ўзбекистон халқ шоири, Хамза мукофотининг лауреати Қуддус Муҳаммадий таваллудининг 105 йиллигини нишонламоқдамиз. Қуддус Муҳаммадий ўзининг сермазмун, ўйноқи, давр нафаси билан йўғрилган бадиий баркамол асарлари билан болалар қалбига кириб бориб, уларнинг севимли шоирига айланган. 2-Бошловчи: XX аср ўзбек болалар адабиётининг йирик намояндаларидан бири Қуддус Муҳаммадий 1907 йили Тошкентда деҳқон оиласида дунёга келди. Тўлиқсиз ўрта мактабни тугатгач, аввал қишлоқ хўжалиги билим юртида, сўнг Ўрта Осиё Давлат университетининг биология факультетида таҳсил олди. Қуддус Муҳаммадий ижоди 30-йиллардан бошланган бўлиб, илк асарлари “Шарқ ҳақиқати” газетаси ва “Ер юзи” журналида чоп этилган. Унинг машҳур “Сандал ва печка”, “Ўз- ўзини танқид” каби достонлари 1936-1937 йилларда яратилган. Менинг Ватанимда туғилган инсон, Табиий ижодкор туғма ҳислати, Қонундир бизга ҳур инсон иззати. Шеър айтмоқ шу боис одатим менинг, Баланддир иқболим, қанотим менинг. 1-Бошловчи: Қуддус Муҳаммадий тўғрисида рус болалар адабиётининг машҳур намоёндаларидан бири Сергей Михалков бундай деб ёзган эди: “Қуддус Муҳаммадий улкан шоир, албатта. У фақат болаларнигина эмас, балки ёзувчиларнинг ҳам муҳаббат ва ҳурматини қозонган. Бунга осонликча эришиб бўлмайди. У жуда образли, ширали эсда қоларли қилиб ёзади. Шунинг учун ҳам унинг шеърлари ёш китобхонларга ҳам манзур бўлиши бутунлай табиийдир”. 2-Бошловчи: Дархақиқат, Қуддус Муҳаммадий болалар психологиясининг билимдони ҳамда катталар орасида машҳур шоир. Тажрибакор, табиатшунос, беқиёс педагог сифатида ном чиқарган. 1-Бошловчи: Ҳозир сўз навбатини тадбирга ташриф буюрган меҳмонларга берамиз. Улар Қуддус Муҳаммадий ҳақида, унинг ҳаёти, ижоди ҳақида гапириб берадилар. 1-Бошловчи: “Болалар шоири Қуддус Муҳаммадий 105 ёшда” деб номланган кўргазмани олдига келиб, Қуддус Муҳаммадийнинг “Қанотли дўстлар” китобини олади ва шеърдан парчалар ўқийди. Қуддус Муҳаммадий болалар учун ёзган “Қанотли дўстлар” шеърлар тўплами учун Хамза мукофотига сазовор бўлган. Ҳозир мактаб ўқувчилари ўзлари ёд олиб келган шеърларини айтиб беришади. 1-ўқувчи: Қуддус Муҳаммадий Шеърим, очил дастурхон Шеърим очил дастурхон, Шеърим – очиқ дастурхон. Эл ўғлин қилай меҳмон, Бўлайин улкан мезбон. Шоирингман меҳрибон. Қилгим келар улкан иш, Дунёда энг кўркам иш. Шеър булоғим қайна, жўш, Шеържоним, бўл оққуш, Шеърим ҳаёт боғбоним, Шеър аскарим –посбоним. 2-ўқувчи: Паҳлавон беозорим, Кўнгилларни ёзарим, Юрагим осмонисан, Эл-юртим посбонисан, Тинчлигим каптарисан, Ўқувчим дафтарисан. Қадирдон мактабимсан, Юрагим, рубобимсан. Сенсан қўшиқ, улкан куй, Сен кирмаган бирон уй, Сен бўлмаган байрам тўй, Қолмасин ҳеч бир элда. 3-ўқувчи: Янгра шеърим, минг тилда. Халқ юрагин макон эт. Ёқимли бўл ҳаводек, Жон озиғим наводек, Жон бағишла ўликка, Завқ бағишла тирикка. Шеър десам жоним эрир, Жону жаҳоним эрир. Онамнинг алласи шеър, Ҳофизлар ялласи шеър. Халқимга мададкорим. “Хайт” туяга мадорим. Шеърим очил дастурхон, Шеърим-очиқ дастурхон. 2-Бошловчи: Ўқувчиларга миннатдорчилик билдиради ва Қуддус Муҳаммадий китобларидан ташкил топган Китоб кўргазмасидан “Китоб офтоб” шеърлар тўпламини олади ва қуйидаги шеърни ўқийди. Табиат кенг улуғ китоб Ҳаммаёғи дарсхона Ҳар гул барги олтин варақ Китоб билсанг ягона. Дарҳақиқат, дунёдаги ҳамма илмларнинг боши ҳам, оҳири ҳам табиат. Шоир сўзлари билан айтганда, табиат бу улуғ мактаб, катта дарсхона, ягона китоб. Шоирнинг шеърларини ўқир эканмиз, гўё у ўзининг ҳар бир асари билан бизни шу улуғ мактаб дарсхонасига олиб кирдию ўша ягона китобдан бир саҳифа очиб беради. 2-Бошловчи: Қуддус Муҳаммадий қизлар ва болалрни нимани яхши кўриб ўқишларини билади. 1-Бошловчи: Шунинг учун сизларга атаб кўп топишмоқлар ёзган. 2-Бошловчи: Сизлар топишмоқ топишни яхши кўрасизлару, яхши кўрасизларми? 1-Бошловчи: Унда мархамат, Қуддус Муҳаммадийнинг “Қанотли дўстлар” китобидан олинган топишмоқларга мурожат қиламиз. Мен ўқийман, сиз топишмоқни жавобини топасиз. Жуда катта зонтик, Ранг-баранг чаман кўм-кўк, Миллион ўтовдан буюк, Ер кафтидан эмас, юк. Ушлай десам, сопи йўқ Бу гапнинг лофи йўқ. Остида ҳамма одам Сиғар унга кенг олам. (Осмон) 2-Бошловчи: Белга боғлаб олгим келди, Йиғиб ўраб олгим келди. Бош учига етолмадим, Илмоғини тополмадим. Кейин билсам, ер камари Ялтирайди тилла зари. (Ўрмон). 1-Бошловчи: Дум, оёқсиз, қулоқсиз Нор туялар саноқсиз. Тизилишиб қатор-қатор. Бир учи тоққа етар. Буларга биз оёқ-дум Ясашиб минсакмикин? Бирваракай ҳаммасин Нор туялар қилсакмикин? Бунга олим керак, Эмас бу темир-терсак (Темир йўл) 2-Бошловчи: Жуда катта сиёхдон, Нил сиёхтўла обдон. Юқмади перо суқсам Унга мен сиёх солсам. Яхши сиёх бўлардию, Дарсхонамга қандай қилиб Уни мен олиб қайтсам? Жуда катта дарвоза, Ёмғир ёққанда пайдо! Хусни товус ранг-баранг Нақшига ҳамма шайдо. Буни топинг, болалар, Айтиб берманг, оналар! ( Камалак) 1-Бошловчи: Навбатни ўқувчиларга беради. Улар чиқиб Қуддус Муҳаммадий шеърларини ёддан айтиб изоҳлаб берадилар. 1-Ўқувчи: Қандек қилиб пишириб, Сомсаларни шишириб, Паловни илик қилиб, Хамирни пилик қилиб Норин, лағмон, угралар, Чучвара ҳам дўлмалар, Жаркоп, шовла, ширгуруч, Холам қўли гул тоза. Шоир бу шеърида оддий касб эгаси пазандани олади. Шундай қарасак оддий бир касб бўлиб кўринади. Қуддус Муҳаммадий бу касбни шундай оддий қилиб таърифлаганки, бундай ҳислатларга эга бўлган пазандага ҳам хавасингиз келади. 2-Ўқувчи: Очилди тутқун бахти Чаккасига гул тақди. Ўрмонда ҳамма севар Ишлар қўнғизой чевар. Гулчи қиз бўлди номи Хизматда кундуз, шоми, Унинг улфати пари, Севган ёри болари. Қуддус Муҳаммадий эртагида бизга меҳнат, шон-шараф, шуҳрат ва қаҳрамонлик иши эканлигини биз болаларга дид ва савиямизга мос қилиб ифодалаб бера олган. Буни асаларининг қўнғизойга бўлган муҳаббатида ифодалайди. Гўзал қўнғизой ўрмонга қочиб боргач, ўзининг ҳалол меҳнати билан донг чиқаради. Асалари унга ботиниб сўзлай олмайди. У қўнғизойга ёқиш учун тер тўкиб меҳнат қилади, аммо қўнғизой ҳам меҳнатда ундан қолишмайди. Қўнғизой билан бирга Меҳнатда ботиб терга, Ишда синашар экан. Бирга ишлашар экан. 3-Ўқувчи: Темирлар жаранг-журинг Ўйнашиб диринг-диринг, Дейдилар:”Юринг-юринг. Тушдилар қизиқ танца, Сакрашар асса-асса. Бу шеърнинг номи “Темирчилар ўйини” деб номланади. Ундаги “Синиқ перо”, “Бузуқ ручка”, “Эски челак”, “Узуқ занжир”ларнинг ўз холича ачиниши, болалар меҳнати, ташаббуси туфайли улар ҳам халқ хўжалигини ривожлантиришда яроқли бўлишдан хушнудлигини янада аниқ ва лўнда ифодалайди. Энди улар кераксиз бўлиб ҳар ерда сочилиб ётмайди. 4-Ўқувчи: Директор-камандир бош, Муаллим-раҳбар йўлдош. Чиқма улар сўзидан, Бор кўрсатган изидан. Бу шеърда Қуддус Муҳаммадий бизларга таълим-тарбия беришда, орзуларимизни рўёбга чиқишида мактаб ўқитувчиларининг жамоасини айниқса директорларимизнинг роли ниҳоятда катта эканлигини ишонарли, образли, содда қилиб кўрсатиб берди. 1-Бошловчи: Қуддус Муҳаммадий инсон сифатида ҳам ўз асарларига ўхшаган оддий ва самимий. Шоир ўзининг ижодини эмас,балки ўзининг бутун ҳаётини болаларга, болалар адабиётига бағишлаган санъаткордир. 2-Бошловчи: Қуддус Муҳаммадий ўзининг ҳаёти ва ижоди билан ёшлар учун катта бир мактаб, тенги йўқ дарслик , қимматли бир китобки, бу мактабда ўқилмаган, бу дарсликдан сабоқ олмаган, бу китобни варақламаган ёшлар хозирда топилмаса керак. 1-Бошловчи: Шунинг билан Қуддус Муҳаммадий таваллудининг 105 йиллигига бағишлаб ўтказилган тадбиримиз ниҳоясига етди. Эътиборингиз учун раҳмат. 2-Бошловчи: Ҳайр, соғ бўлинглар. Фойдаланган адабиётлар рўйхати 1. . Муҳаммадий Қ. Бахтимиз қуёши. Шеърлар. Мактаб ёшидаги болалар учун,-Т.: Ёш гвардия, 1987.-128б. 2. 2. Муҳаммадий Қ. Бола бошидан, ўғлон ёшидан: Шеърлар ва эртаклар,-Т.: Ёш гвардия, 1964.-127б. 3. 3. Муҳаммадий Қ. Боғларда болалар: 2 китоб. Табиат алифбоси: Шеърлар ва эртаклар,-Т.: Ёш гвардия, 1976,-118б. 4. 4. Муҳаммадий Қ. Китоб-офтоб: Шеърлар.Т.: Ўқитувчи. 1986.-112б. 5. 5. Муҳаммадий Қ. Мен сизга бир ҳикмат айтаман: Шеърлар.Т.: Юлдузча, 1987,-144б. 6. 6. Муҳаммадий Қ. Табиат алифбоси. 1 китоб. Т.: Ёш гвардия, 1974,-229б. збекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги Республика болалар кутубхонаси. www.kitob.uz QUDDUS MUHAMMADIY QUDDUS MUHAMMADIY (1907-1997) Quddus Muhammadiy Toshkent shahrida dunyoga keldi. U dastlabki ma’lumotini otasi — Muhammad Alibek Abdurahmonbekovdan olgan. U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikumiga o‘qishga kiradi. Bu yerda bolalar uchun «Quddus» taxallusi bilan she’rlar yoza boshlaydi (1928). Uning «Tong o‘yini», «Ahmad va asalari» (1933) she’rlari gazetalarda chop etiladi. U 1931-yildan maktabda botani- ka o’qituvchisi bo‘lib ishlash bilan birga 0‘rta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oladi. Quddus Muhammadiy Oybek, Hamid Olimjon, G’afur G’ulomlarni ustoz’deb bilgan, ulardan o‘rgangan va doimo ijodiy muloqotda bo‘lgan. Quddus Muhammadiy ijodiga xos bolgan muhim xususiyatlardan biri hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, a’lo o‘qish, odob-axloqda boshqalarga namuna bo’lish asosiy mavzulardan hisoblanadi. 40-yillarda Quddus Muhammadiy Islom shoirga adabiy kotiblik qiladi. Shu asnoda u xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan tanishadi. Islom shoirdan ko‘p narsalarni o‘rganadi. Shoirning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi kitoblari nashr etilgan. Quddus Muhammadiy asarlarida bolalarni o’qishga, hunaro’rganishga, mehnatsevarlikka chaqiradi. Buni shoirning «0‘quvchiga esdalik» (1946) she’riy to’plamida ko‘rish mumkin. Asarda maktab o‘quvchisining ma’naviy qiyofasini chizadi, o‘qish, bilim o’rganishning zarurligini ta’kidlaydi: Bo’lay desang bog‘bon, Yo Vatanga posbon. Yo osmonda uchuvchi, Yo dengizda suzuvchi, Nimaki qilsang tilak, Bariga o’qish kerak. Uning qaysi turkumda yaratgan asarini olmang, barchasida da’vatkorlik, bolani nimagadir qiziqtirish, ezgulik, yaxshi o’qish, axloq- odobli bo’lish, boshqalarga o’rnak ko‘rsatish, qushlar va jonivorlarga mehribon bolishdek ibratomuz ma’no va mazmun yotadi. Quddus Muhammadiy sofdil, a’lochi o’quvchi bolalarni samimiy sevadi, ularning tabiatga, mehnatga bo’lgan muhabbatini ifodalovchi «Sinov», «Mening orzum», «Besh», «Salimjonning darsxonasi» «Temirlar o‘yini» kabi ko’plab she’rlar yozsa, «Dum», «Lapashang», «Ahmadjonga uyat» kabi bir qator hajviy she’rlarida yomon bolalarning yaramas odatlarini tanqid qiladi. Shoirga 1969-yil nashr etilgan «Qanotli do‘stlar» kitobi uchun Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti berilgan. Besh kitobdan iborat «Tabiat alifbosi»da bolalarni va Vatanimizning boy va go‘zal tabiatini sevishga, suv va havoni musaffo saqlashga chaqirgan. 1976-yili «Bog‘larda bolalar» kitobini yozgan. Asarlari bir qancha tillarga tarjima qilingan. haqida
1 Добавить комментарий Для отправки комментария вам необходимо авторизоваться. Рубрики
Вам также может понравиться ҚИСҚИЧБАҚА буржи (22 июнь — 22 июль) эркаклар ва аёллар характерлари мослиги Мос жуфти: Чаён, Паризод ва Балиқ. Тўғри келмайдиган 01.4к. ПАРИЗОД буржи (24 август — 23 сентябрь) эркаклар ва аёллар характерлари мослиги Мос жуфти: Тоғ эчкиси. Чаён, Бузоқ. Тўғри келмайлиган 01.3к. Burd izlab chiroyli sherlar Burd izlab chiroyli sherlar Burd izladim beburd 0284 Mingyamok chiroyli sherlar Yetmasalar mexnatingni qadriga,Quloq solmasalar arzning 0278 Bu dunyo bir bozor ekan chiroyli sherlar Bu dunyo bir bozor ekan chiroyli sherlar Jon sotilgay. 0512 У дунё-ю, бу дунё… чиройли шерлар У дунё-ю, бу дунё… чиройли шерлар У дунё-ю, бу 0347 Бир куни Бахт унга келтиради бахт севги шерла Бир куни Бахт унга келтиради бахт севги шерлар 0304 Бир кунн энг машҳур шоир бўламан чиройли шерлар Бир кунн энг машҳур шоир бўламан чиройли шерлар 0409 © 2022 HAQIDA Источник: https://haqida.su/quddus-muhammadiy Download 63.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling