Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanidan yakuniy nazorat variantlari
Variant №1
Binomial va Puasson taqsimot qonunlari.
Tanga 5 marta tashlandi. Gerb tomonining tushish soni – X tasodifiy miqdor. Bu miqdorning binomial taqsimot qonunini yozing?
Kitob 100000 tirajda bosib chiqarilgan. Kitobning varaqlari noto‘g‘ri yig‘ilgan bo‘lish ehtimoli 0,0001 ga teng. Butun tirajda rosa 5 ta yaroqsiz kitob bo‘lish ehtimolini toping?
Tuzuvchilar: S.Shodiyev
A.Meyliyev
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanidan yakuniy nazorat variantlari
Variant №2
Tasodifiy miqdorlar va ularning taqsimot qonunlari.
X diskret tasodifiy miqdor – tangani 2 marta tashlashda gerbli tomon tushish sonining binomial taqsimot qonunini yozing?
Agar har bir otishda nishonga tegish ehtimoli p=0,4 bo‘lsa, 3 ta otishda nishonga tegish soni X tasodifiy miqdorning matematik kutilishini toping?
Tuzuvchilar: S.Shodiyev
A.Meyliyev
Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanidan yakuniy nazorat variantlari
Variant №3
1. Diskret tasodifiy miqdorning sonli xarakteristikalari.
2. X tasodifiy miqdorning taqsimot jadvali quyidagicha berilgan:
Х
|
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Р
|
0,2
|
0,4
|
0,3
|
0,08
|
0,02
|
Matematik kutilish, dispersiya va o‘rtacha kvadratik chetlanishni toping?
3. Yashikda 20 ta shar bo‘lib, ular 1 dan 20 gacha nomerlangan. Yashikdan tavakkaliga bitta shar olindi. Bu sharning nomeri 20 dan katta bo‘lmaslik (A hodisa) ehtimoli qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |