Ehtimollar statistikasi


Download 447.18 Kb.
bet1/12
Sana19.06.2023
Hajmi447.18 Kb.
#1606984
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
4-amaliy mashg\'ulot


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti


EHTIMOLLAR STATISTIKASI
fanidan bajargan

4-AMALIY TOPSHIRIQ


Mavzu: Tasodifiy hodisalar va ularning ehtimolliklari (ehtimollikning klassik, geometrik va statistik ta’riflari). Murakkab hodisa ehtimolliklari (shartli ehtimollik, to‘la ehtimollik va Bayes formulalari)


Bajardi: Arslonov J
Qabul qildi: Saipnazarov J.M
Tasodifiy hodisalar va ularning ehtimolliklari (ehtimollikning klassik, geometrik va statistik ta’riflari). Murakkab hodisa ehtimolliklari (shartli ehtimollik, to‘la ehtimollik va Bayes formulalari)


Metodik ko’rsatmalar
Tajriba natijasida hodisalarning tola g‘uruhini tashkil etuvchi va tengimkoniyatli, birgalikda bo‘lmagan n ta elementar hodisalarning faqat bittasi ro‘y berishi mumkin bo‘lsin hamda A hodisaning ro‘y berishi uchun elementar hodisalardan m tasi qulaylik tug‘dirsin. U holda, klassik ta’rifga ko‘ra, A hodisaning ehtimoli



tenglik bilan aniqlanadi.


Faraz qilaylik, bizni qiziqtiruvchi va har bir tajribada teng imkoniyat bilan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan biror A hodisaga nisbatan bog‘liqsiz tajribalar(sinashlar) ketma-ketligi o‘tkazilayotgan bo‘lsin. U holda A hodisaning nisbiy chastotasi deb, hodisa ro‘y bergan tajribalar soni m ning o‘tkazilgan barcha tajribalar soni n ga nisbatiga aytiladi:



Tajribalar soni yetarlicha katta bo‘lganda hodisaning statistik ehtimoli sifatida nisbiy chastotani yoki unga yaqinroq sonni tanlanadi.


Klassik ta’rifdan foydalanib, masalalar yechishda kombinatorika formulalari keng qo‘llaniladi.Shuni e’tiborga olib, ba’zi kombinatorika formulalarini keltiramiz.
Masalalar:
1. Qutida 7 ta oq, 3 ta qora shar bor. Undan tavakkaliga olingan sharning oq bo‘lishi ehtimolini toping.
Yechish.Atavakkaliga olingan shar oq ekanligi hodisasi bo‘lsin. Bu tajriba 10 ta teng imkoniyatli elementar hodisalardan iborat bo‘lib, ularning 7 tasi A hodisaning ro‘y berishiga qulaylik tug‘diradi. Demak,




2. Telefonda raqamini terayotgan abonent ohirgi ikki raqamni unutib qo‘yadi va faqat bu raqamlar turlicha ekanligini eslab qolgan holda ularni tavakkaliga teradi. Kerakli raqamlar terilgan bo‘lish ehtimolini toping.
Yechish.B – ikkita kerakli raqam terilganlik hodisasi bo‘lsin. O‘nta raqamni ikkitadan o‘rinlashtirib, jami ta turli raqamlarni terish mumkin.

Demak,




3. Qurilma 5 ta elementdan iborat bo‘lib, ularning 2 tasi eskirgan. Qurilma ishga tushirilganda tasodifiy ravishda 2 ta element ulanadi. Ishga tushirishda eskirmagan elemetlar ulangan bo‘lishi ehtimolini toping.
Yechish.Tajribaning barcha mumkin bo‘lgan elementar hodisalari soni ga teng. Ularning ichida tasi eskirmagan elementlar ulangan bo‘lishi hodisasi (A) uchun qulaylik tug‘diradi.
Demak,




4. Tehnik nazorat bo‘limi tasodifiyravishda ajratib olingan 100 ta kitobdan iborat partiyada 5 ta yaroqsiz kitob topdi (A hodisa). Yaroqsiz kitoblar sonining nisbiy chastotasini toping.
Yechish.





Download 447.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling