Mehnat salohiyati - jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilardir.
Ilm-ma’rifat salohiyati- ilm-ma’rifatga xizmat qiluvchi moddiy va insoniy resurslar fan erishgan darajadir.
Texnika- texnologiya salohiyati- jamiyatdagi mashina –mexanizmlar miqdori, ularning tarkibi, texnikaviy darajasi va texnologik tizimlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Tabiiy salohiyat- tabiiy resurslar miqdori va sifati ishlab chiqarishning ob-havo sharoiti.
Fan-texnika taraqqiyoti - fan va texnikaning muttasil ravishda va o‘zaro bogliq holda rivojlanishidir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) - qonunchilik, ijro va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
IDTTS maqsadi - Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, Iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirishga qaratiladi.
Davlatning Iqtisodiy vazifalari - Iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-sharoit yaratish va Iqtisodiyotni tartibga solish hamda Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo‘ladi.
IDTTS usullari - tartibga solishning ma’muriy va Iqtisodiy vositalari birligi.
Bevosita usullar - Iqtisodiyotni tartibga solishning ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakteridagi ma’muriy vositalari.
Bilvosita usullar - Iqtisodiyotni tartibga solishning Iqtisodiy vosita va dastaklari.
Xalqaro mehnat taqsimoti - alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi.
Xalqaro Iqtisodiy integratsiya - jahon mamlakatlari o‘zaro Iqtisodiy aloqalarining chuqurlashtirish va barљaror rivojlanishi hamda milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xo‘jalik aloqalarining birlashish jarayoni.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |