Ehtiyoj – insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyat. Iqtisodiy resurslar


Download 19.72 Kb.
bet5/7
Sana24.02.2023
Hajmi19.72 Kb.
#1227232
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
глоссарий

Islohotlar kontseptsiyasi – ijtimoiy–Iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo‘llarining umumiy goyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – tanglik holatlariga barham berish asosida makroIqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Iqtisodiy muvozanat - Iqtisodiy jarayonlar, xodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelish holati.
Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o‘zaro bogliq bo‘lgan Iqtisodiy miqdorlar yoki Iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi.
Umumiy muvozanatlik - jamiyat extiyojlari bilan mavjud Iqtisodiy resurslar va ishlab chiqarish xajmining o‘zaro mos kelishi.
Retsession farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot xajmidan kam bo‘lgan miqdori.
Inflyatsion farq - yalpi sarflarning sof milliy mahsulot xajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori.
Multipliqator samarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o‘zgarishning yalpi sarflardagi o‘zgarishga nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik - Iqtisodiyotning turli tomonlari va soxalari o‘rtasida miqdor va sifat o‘lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Iqtisodiy manfaatlar - iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ular ishlab chiqarishning alohida qatnashchilari (individlar, ularning guruhlari, sinfiy birlashmalari) o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarida ifodalanadi.
Moddiy ragbatlantirish – insonni uning mehnat natijalaridan kelib chiqib, ish haqi, mukofot shakllarida taqdirlashdir.
Ma’naviy ragbatlantirish – insonni uning faoliyat natijalari asosida orden, medal, faxriy yorliq, hurmat taxtasiga kiritish kabi shiakllarda taqdirlashdir.
Yakka shakldagi manfaat- bir kishining ehtiyojlarini ifoda etuvchi manfaatlar majmuidir
Jamoa manfaati – kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir.
Ijtimoiy manfaat – bu barcha jamiyat a’zolarining birgalikda ro‘yobga chiqadigan manfaatlaridir.

Download 19.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling