Iqtisodiyot – cheklangan Iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bogliqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi Iqtisodiy tizim.
Ehtiyoj – insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyat.
Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to‘plangan va mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar, qo‘r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir
Iqtisodiy rivojlanish - ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, Iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy o‘sish - YAMM (IMM, SMM, MD) miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda Iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatning yaxshilanishida ifodalanadi
Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi va siyosati fanining predmeti – iqtisodiy rivojlanishning sharoitlarini, omillarini va ahamiyatini aniqlash maqsadida iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini o‘rganishdan iboratdir.
Uslubiyat – Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning printsiplari, yo‘llari, qonun – qoidalari, aniq hadislari tizimidir.
Ilmiy abstraktsiya – Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqea – hodisalarni e’tibordan chetlashtirib, asosiy o‘rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga fikrni qaratishdir.
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |