Международный научный журнал №5 (100), часть 1 «Научный импульс» Январь, 2023


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1457825
  1   2   3   4
Bog'liq
Talantbek Tolibjonovich Madumarov



Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Научный импульс» Январь, 2023 
1901 
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol 
topishi uchun zarur bo'lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib 
berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog'liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit 
qilib, bir so'z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy 
shakli uy xo'jaligi doirasida ro'y bergan. Shuning uchun qadimgi yunon olimlarining 
(Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo'jaligi va uni yuritish qonunlari 
deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki 
islom diniga oid adabiyotlarda tejam korlikka alohida e’tibor berilgan. Masalan, Quroni 
Karim da shunday oyat bor: «Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, amm o isrof qilmanglar». 
Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo'jalik 
yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik xususiy xo'jalik, 
jamoa xo'jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo'jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, 
xo'jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo'shma korxonalar, 
davlatlar o'rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o'ta murakkab ijtimoiy tizimni 
anglatadi. [2] 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYASI 
Iqtisodiyot keng ma’noda – bu bir tomondan, o’ziga xos qonunlar asosida 
rivojlanadigan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarini birlashtirgan xo’jalik 
bo’lib, ikkinchi tomondan iqtisodiyot, yuqori mehnat unumdorligiga erishish, aholini 
turmush darajasini yaxshilash va cheklangan resurslardan unumli foydalanish maqsadida 
iqtisodiy qonunlarni o’rganish bilan shug’ullanadigan eng qadimiy fanlardan biridir. 
Iqtisodiyotning 3 xil tushunchasi bor: 
• Ishlab chiqarish munosabatlarining yig’indisi; 
• Tuman xo’jaligi, mamlakat yoki mamlakatlar xo’jaligi yoki dunyo xo’jaligi; 
• Iqtisodiy munosabatlarni tarmoqlararo yoki funktsional aspektlarini 
(tomonlarini) o’rganadigan fan tarmog’i. 
“Milliy iqtisodiyot” atamasi esa keyingi yillarda “mamlakat iqtisodiyoti”, 
“respublika iqtisodiyoti”, “milliy xo’jalik”, “xalq xo’jaligi”, “ijtimoiy ishlab 
chiqarish” tushunchalarining sinonimi sifatida ilmiy adabiyotga, boshqarish va 
xo’jalik amaliyotiga kirib keldi. [3] 
NATIJA 
Milliy iqtisodiyotning quyidagi xarakterli belgilari va shart-sharoitlari mavjud: - milliy 
va davlat suvereniteti; - hududiy yaxlitlik; - iqtisodiy maydon va huquqiy muhit birligi; - 
yagona to’lov vositasi – milliy pul birligi, moliya tizimi yaxlitligi; - ichki bozorning 
rivojlanganligi, tashqi iqtisodiy va geopolitik munosabatlarning barqarorligi va boshqalar. 
Milliy iqtisodiyot murakkab tizim sifatida tashkiliy, tuzilmaviy, resurs, institutsional va 
boshqa kichik tizimlar, komponentlardan tarkib topadi. Tashkiliy jihatdan – xo’jalik yuritish 
sub’ektlar yig’indisi – tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, ishlab chiqarish turlari, 
tarmoqlar, mintaqalar, ularning o’zaro aloqalari va munosabatlaridan iborat. Tarkibiy 
jihatdan – xo’jalik majmualari – sanoat, agrosanoat majmuasi, yoqilg’i-energetika 


Международный научный журнал № 5 (100), часть 1 
«Научный импульс» Январь, 2023 
1902 
majmuasi, qurilish majmuasi va boshqalar. Resurslar bo’yicha – imkoniyatlar yig’indisi – 
tabiiy xom-ashyo, demografik va mehnat, ilmiy va innovatsion, ishlab chiqarish, ekologik 
xususiyatlardan iborat. Institutsional jihatdan – bozor institutlari va milliy bozor 
segmentlari yig’indisi – ishlab chiqarish vositalari bozori, tovar va xizmatlar bozori, kapital 6 
bozori, ipoteka bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, fond bozori, mehnat bozori, intellektual 
mulk ob’ektlari bozori, uy-joy bozori va boshqalardan iborat. Xarakat qilish va boshqarish 
darajasi bo’yicha milliy iqtisodiyot makrodarajada (butun iqtisodiyot) mezodarajada 
(tarmoqlar, mintaqalar) va mikrodarajada (korxona, birlashchi ishlab chiqarish) tahlil 
qilinadi. Milliy iqtisodiyot mamlakat iqtisodiyotining faoliyat ko’rsatish shakli bo’lib, 
mamlakat hududida yashovchi asosiy millat (xalq)ning tarixan shakllangan va 
rivojlanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan belgilanadigan, mahalliy, o’ziga xos 
xususiyatlarga ega bo’lgan xo’jalik tarmoqlari, korxonalari, mehnat uyushmalari, xududlari 
va mintaqalari tizimidir. [4] 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling