Biznes boshqaruvi


Download 47.95 Kb.
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi47.95 Kb.
#1763756
  1   2   3
Bog'liq
TADBIRKORLIK SHAKLLARI VA RAQOBATNING KUCHAYISHI — копия


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MILLAT UMIDI

"BIZNES BOSHQARUVI" FAKULTETI



Tadbirkorlik shakllari va raqobatning kuchayishi

Abdurahmanov Shahriyor Shokir o’g’li


BA 02

Toshkent 2023
Kirish:
Tadbirkorlik va raqobat biznesning muhim aspektlaridir. Tadbirkorlikning, yangi ideyalarni amalga oshirish, biznesni boshqarish, risklarni baholash, mavjud imkoniyatlardan foydalanish va muvaqqiyatga erishishga qaratilgan jarayonlardan iboratdir. Tadbirkorlikning, yangi ideya va yechimlarni topish, innovatsiyalarni yaratish biznesning barcha aspektlarini boshqarish uchun menegment va liderlik bilan ta’minlashadi.
Raqobat esa tadbirkorlikning asosiy qismidir. Raqobat, biror sohada faoliyat ko’rsatuvchi kompaniyalar, mahsulotlar yoki xizmatlarni sotish uchun o’zaro kurashishni ifodalaydi.
Tadbirkorlik va raqobat, biznesning muvaffaqiyati va rivojlanishi uchun muhimdir. Tadbirkorlar, tadbirkorlarning shakllari va raqobatning kuchayishi uchun strategiyalarni belgilashlari kerak, bu esa ularning kompaniya mahsulotlarini boshqalaridan farqini ko’rsatishga yordam beradi.
Hozirgi kunda tadbirkorlik va raqobat O’zbekistonda jadal tarzda rivojlanib kelmoqda nafaqat O’zbekistonda balki butun jahon bozorida raqobat rivojlanmoqda,bu esa insoniyat uchun sifatli va xamyonbop mahsulotlarni taqdim etmoqda.
Tadbirkorlik va uning turlari Barcha ko'rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-igtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo'yicha. Bulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Turi yoki qo'llanilishi bo'yicha tadbirkor lik faoltyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat konsultativ va boshqa turlarga bo'linadi, Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyatko'rsatishi mumkin.
Mulkchilik shakli bo'yicha korxona mulki xususiy, davlat, munitsipal bo'lishi shuningdek, Jamoa birlashmalari (tashkilotlari) ixtiyorida bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik qilish huquqini belgilashda, mulkni xususiy, davlat, munitsipal yoki Jamoa ixtiyorida ekanligidan qatiy nazar turli cheklamalarga yoki imtiyozlarga davlat tomonidan ko' rsatma berilishiga yo'l go'yilmaydi.
Mulkdorlar soni bo yicha tadbirkorlik faoliyati yakka tartibli yoki Jamoa shaklida bo'ladi. Y akka tartibli tadbirkor likda mulk bir Jismoniy shaxsga tegishli bo'ladi. Jamoa tadbirkorligida esa mulk bir necha subyektga tegishli bo'lib, ularning mulkka egalik hissalari aniqlangan yoki aniqlanmagan bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik, undan foydalanish va ishlatish barcha mulkka egalik qiluvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlikni shakllari bo'yicha: tashkiliy - huquqiy va tashkiliy igtisodiy
turlarga bo'lish mumkin. Tashkiliy - huquqiy shakldagi tadbirkorlik Jumlasiga
shirkatlar, Jamiyatlar, kooperativlar kiradi.
Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar
uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda go'shimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir. Bundan tashqari, mulk egasining bir nechta ekanligi, korxona ichida, egadorlaring bilimi, tajribasiga garab, bir necha ixtisoslashgan sohani tashkil.etish imkonini beradi. Lekin tadbirkorlikning bunday tashkiliy-huquqiy shakli kamchiliklarga ega bo'lib, ular quyidagilarda namoyon bo'ladi: har bir shirkat ishtirokchisi o'zining go'shgan hissasidan qatiy nazar. bir xil Javobgarlikka ega. Bundan tashqari bir sherikning harakati golgan sheriklar uchun, agar ular bunga qarshi bo'Isalarda, majburty bo' lishi mumkin.
Shirkatlar mas'uliyati cheklanmagan va, mas'uliyati cheklangan ikki guruhga bo'linadi. Jamiyatlar, kamida ikki fuqaro yoki huquqiy shaxs tomonidan, ularning mablag' larini birlashtirish orqali (pul yoki natura ko'rinishida) xo’jalik yuritish faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuziladi. Mas'uliyati cheklangan Jamiyat a'zolari uning majburiyatlari bo'yicha Javobgar hisoblanmaydi. Ular faqat o'zlari qo' shgan hissalari qiymati doirasida Javobgardirlar. Bulardan farqli o'laroq, qo'shimcha masuliyatli Jamiyat a'zolari o'zlarining barcha mulklari boyicha Javobgar hisoblanadilar.
Tadbirkorlikning eng ko'p tarqalgan ko'rinishi aksiyadorlik Ja-miyatidir. Ularning farqi shundaki, ular ga qimmatli gog' oz - aksiya chiqarish yo' li bilan zarur mablag'ni ishlab chigarishga Jalb etish huqugi berilgan. Bu borada aksiyadorlik Jamiyati a'zolari Jamiyat faoliyati yakunlari bo'yicha, o'zlari egalik qilayotgan aksiyalar qiymati chegarasida Javobgar hisoblanadilar. Ishlab chigarish yoki boshqa xo'Jalik yuritish faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida shaxslar guruhi tomonidan tuzilgan korxona kooperativ korxona deb ataladi.
Kooperativ a'zolari uchun, ularning shaxsan mehnat qilishlari yoki kooperativ faoliyatida qatnashishpari, shuningdek ular tomonidan badallarni birlashtirishi majburiydir. Tadbirkorlikning asosiy tashkilly-iqtisodiy shakllariga kon-sernlarni, assotsiatsiyalarni, konsorstumlarni, sindikatlarni, kartellarni, moliyaviy – sanoat guruhlarni kiritish mumkin.

Konsern - ko'p tarmoqli aksiyadorlik Jamiyati bo' lib, korxonalarni qatnashishi tizimi orgali nazorat giladi. r. Assotsiatsiyaga birlashKonsern tarmoqlanib chiggan sho'ba kompaniyalarning aksiyalari nazorat paketlariga egalik qiladi. O'z navbatida sho'ba kompaniyalar ham boshqa aksiyadorlik kompaniyalar (jumladan chet ellardagi) aksiyalari nazorat paketlariga egalik qilishi mumkin. Assotsiatsiya - iqtisodiy jihatdan mustagil bo' Igan korxonalar, tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmasidigan korxona va tashkilotlar ayni paytda boshqa tuzilmalar tarkibiga ham kirishi mumkin. Odatda, assotsiatsiya tarkibiga bir hududda joylashgan, bir sohaga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar kiradi. Assotsiatsiyaga birlashishdan asosiy magsad - ilmiy-texnika, ishlab-chigarish, igtisodiy-i]timoiy va boshqa muammolari birgalikda hal etishdir.


Konsorsium - yirik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan tadbirkorlarning uyushmasidir. Tadbirkorlarning bunday wyushmasi yirik loyihalarga mablag' sarflash imkoniga ega bo°lib, bunda tavakkalchilik bir muncha kamayadi, chunki javobgarlik ko'plab qatnashchilar o'rtasida taqsimlanadi.
Sindikat - ortigcha raqobatchilikni cheklash maqsadida, mahsulot sotish uchun tuzilgan bir tarmoqdagi korxonalar birlashmasidir.
Kartel - bir sohadagi korxonalarning, mahsulot, xizmat narxlari, bozorni taqsimlanishi, umumiy ishlab chigarish hajmidagi qissasi va boshqalar bo'yicha kelishuvidir. Tadbirkorlikning yangi tashkiliy – iqtisodiy shakli moliya-sanoat guruhidir (MSG). Ular sanoat, bank, sug'urta va savdo kapitalining shuningdek, korxona va tashkilotlarning intellektual potensiallari birlashmasini tashkil etadi,
Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tijorat korxonalarining asosiy shakllari:Bularga xususiy tadbirkorlik firmalari, hamkorlik korxonalari, kooperatsiyalar kiradi. «Firma» deganda xo'jalik mustaqilligiga ega bo'lgan, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat yurituvchi igtisodiy subyekt tushuniladi. Xususiy tadbirkorlik firma - shunday korxonaki, uning egasi o'z manfaatlari yo'lida mustaqil ish olib boradi. U firmani boshqaradi, olingan barcha daromadga egalik qiladi, firmaning barcha majburiyatlari bo'yicha Javobgar hisoblanadi.Firma egasi ishchilarni ishga yollash va ishdan bo'shatish huquqiga ega,shartnomalar tuzadi. Firmaning afzalligi shundaki, uning boshqaruvi sodda, xarakat faoliyati erkin, iqtisodiy mazmuni yetarlicha kuchli hisoblanadi (bir kishi barcha foydan ing egasidir.
Kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: moliyaviy va moddiy resurslarning cheklanganligi, rivojlangan ichki ishlab chiqarish ixtisoslashuvining va takomillashgan boshqaruv tizim ining yo'qligi, Javobgarlikning cheklanmaganligi. Hamkorlik korxonalar - hamkorlikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi bir necha shaxslar tomonidan tashkil etilgan firma yoki korxonadir. Bunda barcha hamkorlarga muhim huquqlar beriladi, biroq hamkorlik mas'uliyati cheklangan bo'lib, bu borada firma faoliyati bo'yicha to'liq Javob beruvchi asosiy hamkorlar bilan bir gatorda, faqat ishga go'shgan hissalari bilan Javobgar bo' luvchi hamkorlar (masuliyati cheklangan hamkorlar) ham bo'ladi.
Hamkorlik sharoitida moliyaviy masalalarnini hal etish nisbatan osondir. Bunday firmada, xususiy tadbirkorlik firmadan farqli ravishda mehnat taqsimoti, ishlab chigarish va boshqaruvni ixtisoslashtirilishidan foydalanish mumkin. hamkorlikning kamchiligi funksiyalar taqsimoti bo'lib, buning natijasida faoliyat yuritilishida kelishmovchiliklar va xatto manfaatlarning mos kelmasligi hollari yuzaga kelishi mumkin. Natijada kelishmovchiliklar sababli bir yoki bir necha hamkorning ishdan chigib ketishi, hamkorlikning barbod bo'lisht havfini tug'diradi. Korporatsiya deganda huquqiy shaxs shaklidagi yoki korxona tushu-niladi. Bunda har bir mulkdorning Javobgarligi mazkur korxonaga hissasi chegarasida cheklanadi. Korporatsiya - paychilik asosidagi Jamiyatdir. Jamiyatning aksiya-larini sotib olar ekan, alohida shaxslar koorporatsiya mulkdorlari qatoridan Joy oladi. Shu tariqa Jamiyatga ko'p miqdordagi aholining moliyaviy mablag' lari jalb qilinadi. Aksiya egalari foydaning bir qismint dividend sifatida oladilar, Ular fagat aksiva sotib olishda sarflangan mablag’lari bo' yicha tavakkal qiladilar. Korporatsiya aksiyalar - egalariga bog'liq holda mavjuddir. Shu boisdan korporatsiyalar nisbatan mustaqkam, ishonchli korxona hisoblanadi.
Korporatsiyaning kamchiliklaridan biri turli suiiste molchilik harakatlari uchun imkoniyat mavjudligi, shuningdek mayda va o'rtahol aksiya egalari tomonidan korporatsiya faoliyatini nazorat qiltsh imkonining yo'qligidir. Amerika Qo'shma Shtatlarida kapital tadbirkorlik assotsiatsiya-larida to'plangan bo'lib, ularning eng ko'p tarqalgani tarmoq assotsia-siyalaridir. A sotsiatsiyalar kompaniyalarga (alohida biznesmenlarga, korporatsiyalarga, firmalarga) moliyaviy hisobotlar qilishda, budjetni rejalashtirishda yordam ko'rsatadilar: narx tashkil bo'lishini o'rganadi, bozor konyukturasini tekshiradi, tiforat-reklama samaradorligini oshirishning yangi yo' llarini izlaydi. AQShda franchayzing deb ataluvchi yirik korxonalar ining kichik korxonalar bilan imtiyozli hamkor ligi keng taraqqiy etgan. Franchayzingni asosiy maqsadi kichik biznesni rivojlanishi uchun moliyaviy, moddiy, axborot va ishchi kuchi resurslaridan keng ko'lamda foydalanishdir..


Download 47.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling