Agrosanoat majmuasi va uni rivojlantirish


Download 55.48 Kb.
bet1/6
Sana12.10.2023
Hajmi55.48 Kb.
#1701066
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 мавзу


AGROSANOAT MAJMUASI VA UNI RIVOJLANTIRISH
2.1.Agrosanoat majmuasi tushunchasi, tarkibi va tuzilmasi
Agrosanoat majmuasi (ASM) – bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, sotish, inson omilini aktivlashtirish va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beruvchi, yagona maqsadlarga bo‘ysundirilgan tarmoq va xizmatlar yig‘indisidir.
ASM asosiy vazifasi - qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishni ta’minlash, ularni xarid qilish, rejalarini bajarish va saqlashni ta’minlash, sifatli qayta ishlash va oziq-ovqat mollari assortimentini kengaytirishdan iboratdir.
Respublika agrosanoat majmuasining asosiy maqsadi - aholini sifatli oziq-ovqat va xalq iste’moli tovarlari bilan talab darajasida ta’minlashdir. Bu muammo siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, uning talab darajasida hal etilishi aholi turmush darajasini yaxshilashni ta’minlaydi. Bu masalaga respublika hukumati tomonidan agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlarni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Hozirgi sharoitda qishloq xo‘jalik xom-ashyosidan oziq-ovqat mahsulotlari va iste’mol buyumlari ishlab chiqarish o‘zicha rivojlana olmaydi. Unga ko‘pgina omillar ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, mahsulotni saqlash, moddiy ta’minot, servis xizmatlari, mahsulotni sotish bilan faoliyat ko‘rsatuvchi tarmoqlar qatnashmoqda.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish, ularning sifatini yaxshilash, shuningdek ASM tarmoqlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha ish yuritiladi.
Xo‘jalikni yuritishda industrial yo`nalish asosida ish olib boriladi. Bu borada tuman ASM turli ishlab chiqarish shakllari mavjud bo‘lib:
1.xo‘jaliklararo kooperatsiyalash - qishloq xo‘jalik kooperatsiya yo‘nalishini rivojlantirib, qishloq xo‘jaligini sanoat asosida integratsion yo‘naltirib yoki ASM integratsiya usulining yaqinlashtirish demakdir.

Download 55.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling