1.Qishloq xo‘jaligi uchun sanoat korxonalari ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish va mahsulotga bo‘lgan talabini asoslash;
2.Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tarkibi va joylashuvi ularni tayyorlovchi va qayta ishlovchi korxonalarning rivojlanishini belgilaydi.
Qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risidagi qonun 1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, 7 bob 33 moddadan iboratdir.
Qishloq xo‘jalik - klaster va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari – tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish uchun pay usuliga va asosan oila (jamoa) pudratiga, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir.
Klasterlar va fermer xo‘jaliklari Respublika qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlardan biridir. Islohotlarning asosiy yo‘nalishi tarmoqni boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etish hamda samaradorligini oshirishdir. Fermer xo‘jaligi – o‘ziga uzoq muddatga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalanilgan holda tovar qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir.
“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun 1998 yil 30 aprelda O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, 7 bob 31 moddadan iboratdir.
Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi korxonalari orasida salmoqli o‘rinni egallaydi. Mustaqillikning birinchi kunlaridanoq fermer xo‘jaliklariga istiqbolli yo‘nalish sifatida e’tibor berildi. Rahbarlar, mutaxassislar va olimlar bu xo‘jaliklarning rivojlanishiga tabiiy sharoit yaratib berdilar. Natijada fermer xo‘jaliklari tarixan qisqa davrda qishloq xo‘jaligida o‘z faoliyati olib borishga haqli ishlab chiqarish shakllaridan biri ekanligini isbot qildi. 2021 yil 6262 mingta fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ularga 3708.6 ming gektar yer biriktirilgandi.
2.jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |