Mavzu: Sug‘orish usullari va ularni asoslash. Ichki sug‘orish tarmoqlarini hududda joylashtirish


Download 22.98 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi22.98 Kb.
#1379798
Bog'liq
3 mavzu


Mavzu: Sug‘orish usullari va ularni asoslash. Ichki sug‘orish tarmoqlarini hududda joylashtirish.
Sug‘orish usuli - bu qishloq xo‘jalik ekinlarining suvga bo‘lgan talabini qondirish yoki sug‘orish meʼyorini tuproqning faol qatlamiga singdirish uslubi demakdir. Har bir sug‘orish usuliga maʼlum bir sug‘orish texnikasi mos keladi.
Melioratsiya amaliyotida hozirgi kunga kelib, 6 xil sug‘orish usuli farqlanadi:
1)yer ustidan; 2) yomg‘irlatib; 3) tuproq ichidan; 4) tomchilatib; 5) tuproq ostidan;
6) purkab sug‘orish usullari.
Sug‘orish usuli va sug‘orish texnikasining turlaridan qatʼiy nazar ularga qo’yidagi talablar qo‘yiladi:
-sug‘orish suvining sug‘orish dalasi uzunligi va tuproq faol qatlam chuqurligi bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi;
-sug‘orish suvining tuproq faol qatlam ostiga sizilishiga, havoga bug‘lanishiga va tashlamalarga tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-tuproq donadorligini saqlash, tuproqning botqoqlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, sug‘orishni to‘liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, sug‘orishda yuqori ish unumi va sifatiga erishish;
-qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va muntazam hosil olishga erishish. 5-Mavzu: Sug‘orish usullari va ularni asoslash. Ichki sug‘orish tarmoqlarini hududda
Sug‘orish usuli va sug‘orish texnikasining turlaridan qatʼiy nazar ularga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-sug‘orish suvining sug‘orish dalasi uzunligi va tuproq faol qatlam chuqurligi bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi;
-sug‘orish suvining tuproq faol qatlam ostiga sizilishiga, havoga bug‘lanishiga va tashlamalarga tashlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-tuproq donadorligini saqlash, tuproqning botqoqlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, sug‘orishni to‘liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, sug‘orishda yuqori ish unumi va sifatiga erishish;
-qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va muntazam hosil olishga erishish.
Sug‘oriladigan tuproqlarning sharoitlari
bo‘yicha sug‘orish usullarini tanlash tavsiyanomasi

Sug‘orish usullari Sho‘r tuproqlarda Yengil qumoq
tuproqlarda Og‘ir tuproqlarda Murakkab yer
tuzilishida Katta
nishablikda Sho‘r sizot suvi
yaqin joylashganda Suv zaxiralari
yetishmaganda Sho‘r suv bilan sug‘orishda Kuchli shamolda
Yer ustidan X x + x x + x x +
Yomg‘irlatib - + x + + - + - -
Tuproq ichidan - x x x + - + - +
Tomchilatib - x + + + - + - +
Subirrigatsiya - x + - - - - - +
Tuman hosil qilib + + + + + + + - -

Ichki sug‘orish tarmoqlarini hududda joylashtirish
Xo‘jaliklararo kanalning plandagi o‘rnini aniqlash uchun dastlab ikki gorizontal orasidagi kanal uzunligini (l) aniqlab olamiz:
, м
Bu yerda: -2 ta gorizontallar orasidagi balandliklar farqi.
Bir xil otmetkalarni birlashtiruvchi chiziq gorizontal deyiladi.
- xo‘jaliklararo kanalning nishabligi.
Xo‘jaliklararo kanalni plandagi «A” nuqtadan boshlanib berilgan =0,000__ nishablikda o‘tib xo‘jalikni shimol tomondan chegaralaydi.
Xo‘jaliklararo kanalning o‘rnini belgilash uchun aniqlangan l masofani «A” nuqtadan boshlab gorizontallar orasiga ketma-ket joylashtiramiz va xo‘jaliklararo kanalni o‘rnini belgilaymiz.
«A” nuqtadan chiziq tortamiz va xo‘jalikning bir tomondan chegarasini belgilab olamiz.
Xo‘jalikni yana bir tomonini chegarasini aniqlashda d masofa o‘lchab olinadi: d=12-14 sm
Shuningdek, l masofani aniqlaymiz Xo‘jalikning chegaralari aniqlangach, 5 ta uchastkalarga ajratamiz va ularni rejada joylashtiramiz
Download 22.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling