Agrosanoat majmuasi va uni rivojlantirish
O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi
Download 55.48 Kb.
|
2 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. ASM tarmoqlari o‘rtasida ishlab chiqarish va uning iqtisodiy aloqalar
O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi
ASM tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi soha ASM tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi soha Qishloq xo‘jaligi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va sotuvchi soha Infratuzilma Ishlab chiqarish infratuzilmasi Ijtimoiy infratuzilmasi 2.3. ASM tarmoqlari o‘rtasida ishlab chiqarish va uning iqtisodiy aloqalar Agrosanoat majmuasining bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy salmog‘ini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. ASM tarkibiga barcha tarmoqlar qatori qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq barcha korxonalar kiradi. Qishloq xo‘jaligiga dehqonchilik qilib mahsulot yetishtiruvchi bir guruh ishlovchilar faoliyati tushuniladi. ASM qishloq xo‘jalik korxonalariga shirkat, fermerlar, dehqon xo‘jaligi va davalat tasarrufidagi qishloq xo‘jalik korxonalari kiradi. Respublika iqtisodiyotining eng yirik tarmog‘i qishloq xo‘jaligi bo‘lib, ikki tarixiy vazifani bajarib kelmoqda. Avvalo, aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirishga; ikkinchidan sanoatni xom-ashyoga bo‘lgan talabini qondirmoqda. Bugungi kunda mamlakat yengil va to‘qimachilik sanoatida ishlatilayotgan tolaning 60 foizi paxta tolasi va qolgan qismi jun, kanop, pilla va kimyoviy tolalarga to‘g‘ri keladi. Meva, sabzavot, poliz va yog‘-moy mahsulotlarini, sut va go‘shtni qayta ishlash sanoatlari ham mamlakatda yetishtirilgan mahsulotlar hisobiga faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublika iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, aholining turmush darajasining yaxshilanishi, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi sohasi ko‘p moliyaviy resurslarni talab qilmaydigan yuqori samara beradigan tarmoqlardir bu endi bozor munosabatlarida rivojlanish uchun asosiy omildir. Agrosanoat majmuasining barcha tarmoqlarini rivojlantirishda iqtisodiy mexanizmni ya’ni shartnoma munosabatlarini, ish haqi va ish haqi to‘lash tizimin, rejalashtirish va boshqarishni, pul-kredit, moddiy rag‘batlantirishni hamda pirovard natijaga qarab baho va baholash tizimlarini qayta ko‘rib chiqish va uni to‘g‘ri o‘z mehnatiga yarasha tashkil qilishdan iboratdir. Respublika hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda qabul qilingan qonunlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlar huquqiy sharoit bo‘lib xizmat qilmoqda. Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkiy munosabatlarni shakllantirish to‘g‘risida ham katta ishlar qilindi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti erkin xususiy mulk asosida rivojlanishga asosiy e’tibor kuchaytirilib, mulkdorlar sinfi shakllandi. Qishloqda xususiy mulkka asoslangn tadbirkorlr sinfi shakllanib, qishloq xo‘jaligida bevosita erkin faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublika qishloq xo‘jaligida shirkat, fermer va dehqon xo‘jaliklari sub’ektlari shaklida mahsulot yetishtirilmoqda. Shu bilan birgalikda qishloq joylarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bevosita va bilvosita xizmat qiladigan sohalarda ham tadbirkorlik rivojlanmoqda. Hunarmandchilik, kosiblik, maishiy xizmat va boshqalardir. Infratuzilmaning rivojlanishi qishloq xo‘jaligi, mamlakat xalq xo‘jalik iqtisodiyotining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligi kelajakda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun asosiy manba bo‘lib qolmasdan balki, agrosanoat majmuasining barcha tarmoqlarini qo‘shib olib borish va ularni rivojlantirish asosi bo‘lib xizmat qiladi. Download 55.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling