Ek sper im en ta L


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/38
Sana03.12.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1801231
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Bog'liq
Eksperimental psixologiya. Nishonova Z kurs ishi

Tabiiy 
eksperimentda 
tekshiriluvchining 
faoliyati 
tabiiy 
holatlarda o‘rganilib, eksperiment ta’sirida esa faqatgina tashqi 
sharoitlar o'rganiladi xolos, y a’ni tashqi sharoitlar o'zining tabiiy 
tartibida emas, balki tadqiqotchi xohlaganidek o'zgartiriladi.
T a’limiy eksperiment ham o ‘ziga xos ravishda qiziqarli rivoj- 
lanishga egadir. U psixologik tadqiqotda genetik prinsipni joriy 
etilishiga sabab bo'ladi. Ta’limiy eksperimentda tadqiqotchining 
holati mohiyatan o'zgarib turadi. Holat o ‘zgarishi mavjud dalil va 
qonuniyatlarga sodda psixologik ta’rif berishdan boshlab, zarur 
bo'lgan psixik jarayonlarni reja asosida rivojlantirishdan iborat. 
O'rganilayotgan hodisa eksperimentator tomonidan yaratiladi va 
chetdan uning kelib chiqishi hamda rivojlanishi kuzatiladi. Tadqi­
qotchi yangi paydo bo'lgan psixologik hodisani xossalarini qanday 
bo‘lish kerakligini bilishi va shunga qarab harakat qilishi kerak. 
Shunga ko'ra tashqaridan eksperimental shart-sharoitlar aniq tizimda 
tashkil etiladi va tashqi ko‘rinishga ega bo'lgan jarayon ichki 
psixologik jarayonga bosqichma-bosqich ravishda o'tishi (interio- 
rizetsiya) ta’minlanadi. Jarayon ichkiga o'tgandan so'ng boshqa 
ko'rsatkichlar tizimi bo'yicha o'rganiladi.
T a’limiy eksperimentga qarama-qarshi bo'lgan bir usul borki, u 
testla r metodi deb ataladi. Agar har qanday eksperiment o'zining


metodik jihatidan yo'nalganligiga ko‘ra qonuniyatlarni o'rganishga 
qaratilgan b o isa , testlar aynan hozirgi kuzatilayotgan jarayonni 
o ‘lchab yoki sinab ko‘rilishidir. Test yordamida psixologik jarayon- 
ning o'lchovi yoki bahosi beriladiki, shunga ko‘ra keyingi tadqi- 
qotlar uchun yo‘nalishlar belgilanadi. Demak, testdan olingan natija 
istiqbol uchun zamin, lekin oMchov natijasi aynan hozirgi sharoitda 
to‘g ‘riligi bilan isbotlanib turadi.
Testning ahamiyati shundan iborat bo‘Iadiki, u psixologiya 
fanining inkor etib b o im a s katta yutug‘i bo‘ldi. Chunki o ‘zining 
qisqa standartlashgan va matematik tahlilga qaratilgan metodikalari 
bilan odamlar orasida, yoki odamning o‘z-o‘ziga munosabatiga tar- 
tiblilik va ilmiylikni kiritdi. Bu bilan stixiyali ravishdagi subyek- 
tivizm va kundalik inkor hukmlaridan odamlarni xalos etadi. Lekin 
testni tuzuvchi tadqiqotchidan yuqori kasbiy mahoratni va yuqori 
axloqiy javobgarlikni talab etadi. Chunki kapitalistik tuzilishdagi 
davlatlarda testlarning amaliyotda qo‘llanilishi shuni ko‘rsatmoq- 
daki, bunda odamlarning sinfiy va irqiy tengsizligini go‘yoki oqlab 
chiqishyapti. Agar testlar kam malakali va mahoratga ega bo'lmagan 
mutaxassislar tomonidan qo‘llanilsa, tekshiriluvchilarning eksperi- 
mentda va amaliyotdagi faoliyatini oMchash va solishtirish qivin 
boMadi.

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling