Ekish va o’tqazish mashinalarining asosiy qismlari, turlari va ishlashi


Download 0.93 Mb.
bet6/12
Sana01.11.2020
Hajmi0.93 Mb.
#139672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ekish va otqazish mashinalarining as

Teleskopik Urug’ o’tkaz gichning ichiga Urug’ va o’g’it yopishib, tikilib kolmaydi.

 

Urug’ning o’tkaz gich ichidagi harakati



 

Agar Urug’ o’tkaz gich tik yoki 10° gacha yon tomonga surilib o’rnatilgan bo’lsa, Urug’ning asosiy qismi (80% gacha) erkin tushayotgan jismdek harakatlanib, uning ichki devorlariga tegmasdan utadi. Agar Urug’ o’tkaz gich tik holatidan 15° dan ortiqrok burchakka burilgan bo’lsa, Urug’ kiya tekislik bo’ylab ishkalanib harakatlanadi. Urug’ kiya devorda tuxtab kolmasligi uchun uning kiyalik burchagi  ishkalan ish burchagidan katta bo’lishi.

Amalda, Urug’ o’tkazgich ichida Urug’lar erkin tushadi deb va havo­ning aerodinamik qarshiligini hamda Urug’larning o’zaro tuknashuv­larini tegishli koeffitsientlarni xisobga olgan hol da qabul qilinadi. Ikki uk buyicha erkin tushayotgan jism harakatining differentsial tenglamasi md2=yG’dt2=mg ko’rinishida bo’ladi, uni integrallab, dy/dtqgt + c deb olinadi. Bu yerda, s — integrallash doimiy koeffitsienti bo’lib , miqdorlagich Urug’ irKitish tezligining vertikal qismi Uv ga tengdir. S ning urniga Uv ni kuyib, yuqoridagi ifodani integrallab, q dt 2G’2 Q Uvt olinadi. Urug’ o’tkaz gich uzunligi Nu ga U ni tenglab 2 Q UUv t G’g – 2NuG’q 0 kvadrat tenglamasi kelib chiqadi. Bu yerdan:



 

 Miqdorlagichning Urug’ga beradigan tezligini Uv 0 deb qabul qilish mumkin. t = taG’, Urug’ning amalda tushish vaqti. Katorlab ekadigan seyalkada  =1,30ѕ1,45.

Galtaksimon miqdorlagich ajratib tashlagan urug’lar, urug’ o’tkaz gichning ichki devoriga tegishi xisobiga yerga tekisrok tushadi.
Ekkichlar

 

Ekkich tayinlangan chuqurlikdagi arikchani kazi, u yerga urug’ o’tkaz gichdan tushayotgan urug’ni joylashtiradi va mayin tuproq bilan qisman kumadi.



Ish jarayonini bajarishiga qarab, ekkichlar yumalovchi va sirpanuvchi turlarga bulinadi. Sirpanuvchilarga: omon tishisimon, yorgich­simon, sirpanKichli, kuvursimon, yumalovchi turiga disksimon ekkichlar kiradi. Sirpanuvchi ekkichning tumshuKi bilan tuproqqa o’tkir, tik va utmas burchaklar ostida botishi mumkin. TumshuKi o’tkir burchakli ekkich tuproqni pastdan yuqoriga siljitadi, arikcha tubi yumshok bo’ladi. Utmas tumshukli ekkich esa tuproqni yuqoridan pastga qarab siljitib, zichlaydi. Tik tumshukli ekkich arikcha tubini zichlamaydi, tuproqni yon tomonlarga surib ketadi.

Omoch tishisimon ekkich (75- a rasm), asosan, don seyalkalarida ishlatiladi. Bunday ekkich yaxshi yumshatilgan, mayin tuproqli, o’simlik qoldiqlari bulmagan yerlarda kullaniladi. Omoch tishisimon ekkich tumshuk 1, tarnov 2 va xomut 3 lardan iborat. Omoch tishisimon ekkich kurg’okchilik mintakalarida ishlatilmagani ma`kul. Chunki, u tuproqning nam bo’lgan pastki qatlamini yer yuzasiga chiqarib tashlaydi.

O’simlik qoldiqlari unga ilinib, tuplanib kolishi mumkin. Omoch tishisimon ekkichning tuproqqa botish chuqurligini (4ѕ7 sm) jilov 3 ga osib kuyiladigan yuk miqdorini o’zgartirish bilan sozlanadi.

Yorgichsimon ekkich (75- rasm) ziKir, pichanbop o’simliklarning urug’ini ekishda ishlatiladi. O’simlik qoldiqlarini yanada pastga, tuproqqa botirib utadi, tikilib kolmaydi. Ayrim kesakchalarni maydalaydi, ammo yirik kesaklarni uchratsa, ularning ustiga siljib chikib, urug’ni ekish chuqurligini



75-rasm. Ekkichlar

kamaytirishi ham mumkin. Shu sababli, bunday ekkichli seyalka ishlatishga mo’ljallangan daladagi tuproq uta mayin holatga keltirilgan bo’lishi zarur. O’rgichsimon ekkich o’tkirlangan kirrali tumshuk 1, kengaytirilgan kuvur 2 va xomut 3 dan iboratdir. U tuproqni yuqoridan pastga bosib, arikcha tubini zichlaydi. Zichlangan yerdagi kapillyarlik tiklanib, tuproqning chuqur qatlamidagi namlik ko’tariladi va urug’ning unib chikishini tezlashtiradi. Shu sababli yorgichsimon ekkichlar kurg’ok­chilik mintakalarida ishlatilgani maksadga muvofikdir. Ekkichning tuproqqa botishi (1…6 sm) xomut 3 ga ilintiriladigan yuk (zanjir) miqdorini o’zgartirish xisobiga sozlanadi.

Sirpangichli ekkichdan (75- v rasm) chigit, makkajuxori, lavlagi, sabzavot va ayrim poliz ekinlari urug’larini ekishda foydalaniladi. Sirpangichli ekkich katta pichoqsimon tishining orqasi kengayib, bir-biriga parallel bo’lgan ikkita uzun jag’ 7 larga aylantirilgan. Sirpang’ichli ekkich ishkalan ish koeffitsienti katta bo’lgan (misol uchun, tukli chigit) urug’larini yaxshi kumib ketadi, chunki uning pichoqi tilib, ikki tomonga surib kuygan tuproqni arikcha tubiga tushishiga ekkichning uzun jag’lari uzokrok tusik bo’lib turadi. Natijada, pichoq tayyorlagan arikchaning tubiga hamma urug’lar joylashib ulguradi. Chigit seyalkasining sirpang’ichli ekkichi ramaga parallelogrammli mexanizm yordamida o’rnatiganligi tufayli, doimo uziga-uzi parallel ko’tarilib tushishi mumkin.

Uning asosiy qismlari pichoq 4, ung va chap jag’ 7 lar, arikcha tubini zichlagich 8, ekkichni tuproqqa botishini cheklovchi sirpanchich 9, ekish chuqurligini rostlash moslamasi 10 dan iborat. Tusik 11 bevosita ekkichning ustiga o’rnatiladigan miqdorlagichni tuproqdan saklaydi. Ekkich orqasiga o’rnatilgan maxsus Kildirakcha arikchaga tashlangan chigit ustidagi tuproqni bosib zichlaydi.

Urug’ni 2ѕ12 sm chuqurlikka kumish uchun sirpangichni jaglarga nisbatan past-yuqoriga surib kuyish (chigit seyalkasida) yoki g’ildirakcha balandligini o’zgartirish (makkajuxori seyalkasida) xisobiga amalga oshiriladi.

Kuvursimon ekkich (75- g rasm) shamol eroziyasi xavfi bo’lgan joylarda, qisman ishlov berilgan angizga donli ekinlar urug’ini ekishda foydalaniladi. Bu ekkichning tumshugi 1 tik holatda kuvur 2 ga o’rnatilgan. Kuvur esa egiluvchan kilib seyalka ramasiga o’rnatiladi. Shu sababli ish jarayonida u dirillab turadi va yopishgan tuproqdan tozalanadi. Tumshuk 1 tayyorlagan ensiz arikchaga kuvurdan tushgan urug’lar, arikcha yonlaridan tukilayotgan tuproq xisobiga kumiladi.

Uk-yoy tumshukli ekkich (75- d rasm) shamol eroziyasiga uchragan yengil tuproqli yerlarga, ishlov berilmagan angiz ustiga don urug’larini ekishda kullaniladi. Bunday ekkich bir vaqtda urug’ ekiladigan ensiz joydagi tuproqni yumshatadi, begona utlarni kesib ketadi, urug’ ekadi va o’g’it soladi. Ekkich tumshuk 1, kuvur 2 va uk-yoysimon tish 5 dan iborat.

Bir diskli ekkichdan (75- ye rasm) don urug’larini ishlov berilgan va ishlov berilmagan angizli joylarga ekishda foydalaniladi. Sferik disk tuproqni yumshatib, urug’ uchun joy tayyorlaydi.

Ekkich sferik disk 6 va kuvur 2 dan iborat. Kuvur diskka kancha yakin o’rnatilsa, urug’lar shuncha kam sochilib, ensiz katorga aniq tukiladi. Bir diskli ekkich kushdiskliga nisba­tan yerga chuqurrok botadi, o’simlik qoldiqlarini to’liqrok kesadi, natijada yopishib kolgan nam tuproqdan uzi tozalanadi. Bunday diskni qattiq tuproqli, o’simlik qoldiqlariga boy bo’lgan va nam yerlarda ishlatilishi maksadga muvofikdir. Ammo bunday ekkich urug’larni nisbatan bir xil chuqurlikda kumib keta olmaydi.



Kushdiskli ekkichdan don urug’ini ekishda foydalaniladi. Disklar seyalka yurish tomoniga bir-biriga 10° burchak ostida o’rnatilgan bo’ladi. Disklar bir-biriga gorizontal diametrdan birmuncha pastrok, ammo dala yuzasidan yuqorirok joyda tutashtirilgan bo’ladi. Aks hol da, disklar tutashgan joyda, ularning orasiga tuproq sikilib kolishi mumkin.

Ish jarayo­ni­da, disklar aylanayotib, tuproq va o’simlik qoldiq­larini kesadi, ponaga uxshab ularni ikki chetga suradi va arikcha tayyorlaydi.

Disksimon ekkichlar omoch tishisimon ekkichga nisbatan murakkabrok va sudrashga qarshiligi kuprokdir. Shunga karamay, ular serkesak, o’simlik qoldiqlari ko’p bo’lgan yerlarda konikarli darajada ishlaydi. Nam tuproq yopishgan bo’lsa, aylanish jarayonida ulardan tozalanib turadi.

Tor katorli don seyalkalariga o’rnatilgan kushdiskli ekkichning disklari bir-biriga kattarok (18°) burchak ostida o’rnatilgan bo’lib ular yuqorirokda tutashadi. Natijada har bir disk uzi arikcha ochadi, arikchalar urtasida tuproq dungchasi hosil bo’ladi. urug’lar har bir arikchaga aloxida yo’l bilan kelib tushadi.

Disksimon ekkichlardagi urug’ni ekish chuqurligi, ularni yerga bosib turadigan jilovlardagi prujinaning siqilishini o’zgartirish xisobiga sozlanadi.

Ekkichning ish jarayoni kuyidagi uch boskichdan iborat: arikcha tayyorlash, arikchaga urug’ni joylashtirish va urug’ni kumish.

Arikcha tayyorlash. Arikchaning shakli va o’lchamlari ekkichning tumshugi tashkil kilgan ponaning parametrlariga bog’liq. Arikchaning eng asosiy o’lchami tubining eni xisoblanib, u kancha keng bo’lsa, urug’ tayinlangan chuqur­lik­da shuncha kulay joylashadi.

Kuyida eng keng tarkalgan kushdiskli ekkich tayyorlaydigan arikcha tubining eni (75- rasm) bilan disk o’lchamlarini boglanish taxlili keltirilgan. Disklar tutashgan A nuktasidan o’tkaz ilgan radius vertikalga nisbatan burchagini tashkil kiladi. Disklar orasida burchagi hosil bo’ladi. Arikcha tubining enini, ya`ni disklar tigining eng pastki nuktalari oraligini V deb belgilab, uni A — A kesimdagi disklar oraliKining xakikiy o’lchamiga kuyilsa va uning chetlari V, S deb belgilansa,

v = VS q 2 AV sin /2 kelib chiqadi.

AV =OAOV = RR qcosR) bo’lganligi sababli,

(1 – cos v = 2 RG’2) sin (1 – cos aniqlanadi. (88)



(88) formuladagi va burchaklari ortsa, arikcha tubining eni v q10° qabul  =50°, ham ortadi. Amalda, qilinadi. Agar a > 50° bo’lsa, disklar aloxida-aloxida arikcha  q18°, q100°,tayyorlaydilar. Tor katorli seyalka ekkichida q350 mm bo’lganligi sababli, oralari 65 mm bo’lgan ikkita arikcha tayyorlash imkoni bo’ladi.

Urug’larni joylashtirish chuqurligi kupincha, ekkichning tuproqqa botishiga teng bo’lmaydi. Harakatlanayotgan ekkichning jaglari arikchadan tumshuk olib chikkan tuproqni uning ichiga tukilib tushishiga tusik bo’lib turadi. Ekishga tayyorlangan mayin tuproq tukiluvchan bo’lib , tusik tugagan joyidan arikcha ichiga tushadi.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling